Avaz Oʻtar
Avaz Oʻtar – Avaz Polvonniyoz (Oʻtar) oʻgʻli (1884.25.8- Xiva-1919) – oʻzbek ma’rifatparvar shoiri. Dastlab maktabda, soʻng Xivadagi Inoqiy madra-sasida oʻqidi. 18 yoshlarida shoir sifa-tida xalq oʻrtasida tanildi. Muhammad Rahim Soniy (Feruz) A.Oʻ. iste’dodiga katta e’tibor bergan, uni saroyga taklif qilib Tabibiyni unga ustoz tayin etgan. Ammo, A.Oʻ. saroy hayoti bilan chiqisholmasdi Muhammad Rahimhonga mish-mishlar yetkazishadi va Avaz O'tarni 200 qamchin urishadi va u yerdan ketadi ota Kasbi sartaroshga qaytadi M R 2 o'lganidan so'ng uning o'gli uni chaqirtiradi 50 Darra urishadi Avazni sog'lig'i bo'lmay 35 Yoshida Vafot etadi 20-asr boshlarida koʻzga tashlanayotgan milliy uygʻonish, istiqlol gʻoyalari A.Oʻ. ijodiga kuchli ta’sir koʻrsatadi. A.Oʻ. ijodida erkparvarlik, ozodlik, ma’rifatparvarlik gʻoyalari, turmush illatlariga qarshi qaratilgan hajvlar paydo boʻla boshlaydi, bu davrda shoir yuksak insoniy fazilatlarni, chinakam insoniy muhabbatni taran-num etuvchi lirik she’rlar, qitalar, ruboiylar yezdi. A.Oʻ. ijodida alohida oʻrin tutgan hajviy she’rlar turku-mi – "Faloniy" ham shu davr mahsuli. A.Oʻ. "Millat", "Hurriyat"; "Topar er-kan, qachon", "Xalq", "Zamon" va boshqa she’rlarida millat taqdiri va kelajagini yangicha talqin etadi. Ayrim she’rlari oʻsha davr vaqtli matbuoti ("Oyina", "Vaqt", "Mulla Nasriddin" va boshqalar)da bosilgan. 2 devoni ("Saodat ul-iqbol", "Devoni Avaz") va qator bayozlarga ki-ritilgan gʻazallari yetib kelgan. Devonlarining qoʻlyozma nusxalari Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida (inv. № 942, 7102, 3451) saqlanadi. Respubli-kada maktablar, koʻcha va xiyobonlarga A.Oʻ. nomi berilgan. Xivada uy-muzeyi tashkil etilgan, haykali oʻrnatilgan. U haqda badiiy asarlar yaratilgan (E. Sa-mandar "Erk sadosi" dostoni, A. Bobo-jon "Fazal fojiasi" dramasi, S. Siyoev "Bir chora zamon istab" qissasi va boshqalar).As: Tanlangan asarlar, T., 1956; De-von, T., 1976; Saylanma, T., 1984.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |