Gadoiy
Gadoiy (taxallusi; asl ismi hozircha nomaʼlum) (1403/04 – 15-asr oxiri) – oʻzbek shoiri.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gʻazal janri, aruz ilmi va sheʼriyat qoidalarini yaxshi bilgan. Asosan turkiy (oʻzbek) va qisman fors tilida gʻazal, qitʼa, tuyuq, mustazod, qasidalar yaratgan. Gadoiy oʻz ijodi bilan 15-asr oʻzbek mumtoz sheʼriyati rivojiga katta hissa qoʻshgan. Xususan, uning gʻazallari mazmunan hayotiyligi, badiiy va shaklan barkamolligi bilan ajralib turadi. Ayrim gʻazal va qitʼalarida shoirning oʻz hayoti lavhalari va ruhiy kechinmalari aks etgan. Sheʼriyatida „charx jafosi“, „roʻzgʻor javri“dan figʻon, „gʻurbat mehnati“ va „rohiblar tazyiqidan“ shikoyat ohanglari seziladi. Gadoiy sheʼrlari aruzning xalq qoʻshiqlariga yaqin ramal, hazaj bahrlarida yozilgan; tili xalqona sodda vazni yengil, shux va uynoqi.
„Devoni Gado“ asari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gadoiyning 15-asr 2-yarmi – 16-asr boshlarida nomaʼlum kotib tomonidan koʻchirilgan „Devoni Gado“ asari bor. Unga 2974 misradan iborat 230 gʻazal, 1 mustazod, 1 qasida, 5 qitʼa, tuyuq kirgan. „Devon“dagi qasida temuriy shahzoda Muhammad Jahongir Mirzoning oʻgʻli Halil Sulton madhiga bagʻishlangan. Devon qoʻlyozmasi Parij Milliy kutubxonasida (inv. № 981), mikrofilmi va fotonusxasi Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.
Gadoiyning forsiydagi sheʼrlari Fahri Hiraviyning „Radoyif ul-ashʼor“ tazkirasiga kiritilgan. Gadoiy sheʼrlari Turkiya (1960) va AQSH (1971) da bosilib chiqqan.
Nashr qilingan asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gadoiy. Sheʼrlar (nashrga tayyorl. S.Gʻanieva). – T.: 1965;
- Gadoiy. Devon (nashrga tayyorl. E.Ahmadxoʻjaev). – T.: 1973;
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- E. Ahmadxoʻjaev. Gadoiy hayoti va ijodi. – T.: 1978;
- E.Ahmadxoʻjaev. Gadoiy devonining nodir nusxasi haqida. „Adabiy meros“ jurnali − 1972, № 2;
- Gʻanieva S. Shoir Gadoiy. „Oʻzbekiston madaniyati“ gazetasi 1962-yil 1-sentabr.
- E. Rustamov. Uzbekskaya poeziya v pervoy polovine 15 veka. – M.:1963.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiiqtibosda Gadoiyga tegishli iqtiboslar mavjud. |