Sayfi Saroyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sayfi Saroyi (1321—1396) — Õzbek mumtoz adabiyotining isteʼdodli vakillaridan biri. Xorazm yaqinidagi Qamishli qishloģida tuģilgan. Oltin Õrda davlatining poytaxti Saroy shahrida yashagan, hayotining sõnggi yillarini Misrda õtkazgan va u yerda vafot etgan.

Bizgacha shoirning adabiy merosidan bir necha ģazallari, qasida, qitʼa, ruboiylari, „Suhayl va Guldursun‟ dostoni (1394) hamda Saʼdiy Sheroziyning asarining tarjimasi „Gulistoni bit-turkiy‟ (1390—91) yetib kelgan. Ayrim asarlari Istanbulda (1926) „Turk adabiyoti namunalari‟da berilgan.

„Suhayl va Guldursun‟ dostoni õzbek epik sheʼriyati taraqqiyotida õz õrniga ega. Doston xalq afsonasi „Guldursun‟ asosiga qurilsa-da, unda real tarixiy voqealar, yaʼni Amir Temurning Xorazmga yurishi ham aks etgan.

Sayfi Saroyi (1321, Xorazm viloyati Sariqamish qishloģi — 1398, Iskandariya) — shoir, tarjimon. Markaziy Osiyoda mõģullar istilosi davrida yashagan, õz vatanini tark etishga majbur bõlgan, umri darbadarlikda kechgan. Keyinchalik Oltin Õrda (Saroy sh.), Misr va Turkiyada yashagan. Fors, arab tili, adabiyoti, tarixi va xalq oģzaki poetik ijodini mukammal õrgangan, lirik shoir, qasidanavis, epik dostonchi va tarjimon sifatida tanilgan. Bizgacha uning 10 dan ortiq ģazal, qasida, qit’a, ruboiy, „Suhayl va Guldursun‟ dostoni, „Gulistoni bitturkiy‟ asari yetib kelgan. „Sindbodnoma‟ni õzbek tiliga qilgan tarjimasi saqlanmagan. She’rlarida vatanparvarlik, odamiylik, inson qadrqimmati, dõstlik, muhabbat motivlari bilan birga ijtimoiy mavzu ham kuylangan („Kungul‟, „Topilmas‟, „Erur‟ va b.).

S. S. Sa’diyning „Guliston‟ asarini õzbek tiliga birinchi bõlib tarjima qilib, yarim original, falsafiyaxloqiy „Gulistoni bitturkiy‟ asarini yaratgan (1391). Sa’diy asarining asosiy maģzini olib, uni zamona ruhini va mahalliy muhitni aks ettiruvchi yangi hikoyatlar, qit’a va baytlar bilan tõldirgan. Asar 8 bob, har bir bobda hikoyatlar bor. Hikoyatlarning kõpchiligi didaktik mazmunda. Shoir pandnasihat qilish yõli bilan adolat va osoyishtalik õrnatish, zolim podsho va amaldorlarni insof va adolatga chaqirish, davlatni qat’iy qonunqoidalar asosida boshqarish, kishilar xulq-atvorini yaxshilash mumkin, deb õylaydi. Shu maqsadda tuģrilik, rostgõylik, sadoqat va marhamat kabi fazilatlarni tarģib etadi. Asar katta adabiy yodgorlik, qad. turkiy tilni õrganishda ham muhim manbadir. Uning yagona qõlyozmasi Gollandiyadagi Leyden universitetida (inv. №1355), fotonusxasi, „Suhayl va Guldursun‟ dostoni qõlyozmasi Õzbekiston FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi[1].

Nashr qilingan asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sayfi Saroyi. Sheʼrlar, Guliston. — T.: 1968;
Sayfi Saroyi. Gulistoni bit turkiy. Kitobda: 14 asr Xorazm yodnomalari. — T.: Fan, 1973;
Sayfi Saroyi. Suhayl va Guldursun. Kitobda: Uch bulbul gulshani. — T.: Gʻafur gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1986.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Begali Qosimov. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • She’rlar, Guliston, T., 1968.
  • Mallayev N., Õzbek adabiyoti tarixi, 1-kitob, T., 1976;
  • Õzbek adabiyoti tarixi [5 j.li], 1j., T., 1977.
  • Õzbek adabiyoti tarixi. Besh tomlik. T.1. — T.: Fan, 1978.