Jahon otin Uvaysiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jahon otin Uvaysiy (taxallusi; ismi Jahon) (1779 – Margʻilon – 1845) — atoqli oʻzbek shoirasi, oʻzbek shoirlari murabbiysi, maʼrifatparvar.

Otasi Siddiq bobo ikki tilda sheʼrlar yozgan. Onasi Chinnibibi otinoyi boʻlib, akasi Oxunjon hofiz sifatida mashhur edi. Uvaysiy oilada xatsavodini chiqarib, avval xalfa, soʻngra onasining yonida maktabdorlik qilgan. Akasi Oxunjon hofizdan sheʼriyat ilmini oʻrgangan, tez orada shoira, otin sifatida tanilgan. U, ayniqsa, aruzni, muammo (sheʼrda fikrni yashirib ifodalash) sanʼatini mukammal egallagan. Qoʻqon adabiy muhiti bilan yaqinlashib, mushoiralarda qatnashgan. Saroyda Nodira va boshqa xotin-qizlarga sheʼriyat ilmidan dars berib, ustozlik qilgan. Dilshod otinning maʼlumot berishicha, Uvaysiy Nodira bilan Konibodom, Xoʻjand, Oʻratepa, Toshkent, Andijon kabi shaharlarga borgan. 1842-yilda Buxoro amiri Nasrullaxon Qoʻqonni egallagach, Margʻilonga qaytib, umrining oxirigacha shu yerda yashagan. 65 yoshida Margʻilonda vafot etagan.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uvaysiy 4 devon tuzganligi maʼlum. Lekin bu devonlarning asl qoʻlyozmalari topilmagan. Uvaysiy mumtoz oʻzbek sheʼriyatining barcha janrlarida ijod qilgan. Navoiy, Fuzuliy va boshqalarning asarlariga muxammaslar bogʻlagan. Shoiraning adabiy merosida 269 gʻazal, 29 muxammas, 55 musaddas, 1 murabba, chistoy, 3 doston, tugallanmagan bir manzuma bor. Ijodining gʻoyaviy mavzu doirasi teran va koʻp qirrali.

Shoira adabiyotda taraqqiyparvar namoyandalarning qarashlari asosida maydonga kelgan inson taqdiri, shaxs erki va maʼrifatparvarlik gʻoyalarida latif va dilkash asarlar yaratgan, asarlarida insonni eʼzozlash, odamlarni tabiat va xayot noz-neʼmatlaridan bahramand boʻlishga undash, doʻstlik, vafo va sadoqat haqidagi ulugʻvor niyatlarini Qurʼon oyatlari, hadislar va tasavvufiy talqinlar bilan asoslagan holda ijodiy barkamollikka erishgan. Uning sheʼrlarida tariqatning talab va qoidalariga taalluqli boʻlgan talqinlar koʻp uchraydi: Fano mardumlarini sirridin hech kimsa yoʻq ogoh,Qabih guftor mardumdin koʻngul dogʻ oʻldi, dogʻ oʻldi.

Uvaysiy oʻz asarlarida yuksak odamiylikni, shu odamiylikni qalb toʻrida avaylovchi vafodor yorni ulugʻlaydi, uni Quyosh bilan qiyos qiladi. Quyosh xar tong ufqdan bosh koʻtarib, oʻzining otashin nuri bilan olamga, odamlarga oʻz mehr va shafqatini sochadi. Shoira yor va oftob tashbihlaridan qarshilantirish sanʼati orqali eng goʻzal tuygʻular silsilasini yaratadi. Uning lirik qahramoni mushohadakor donishmand, vafoli oshiq.

Uning anor haqidagi mashhur chistoni oʻzining muhim mazmuni va yuksak badiiyligi bilan shoira ijodining yorqin bir sahifasi sifatida koʻzga tashlanadi: Bu na gumbazdur, eshigi, tuynugidin yoʻq nishon,Necha gulgun pok qizlar manzil aylabdur makon?Tuynugin ochib, alarning holidan olsam xabar,Yuparida parda tortugʻliq tururlar, bagʻri qon.

Liroepik asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uvaysiy xayotlik davridayoq nafis lirikasi bilan mashhur boʻlgan va zamondoshlarining eʼtiborini qozongan. Lirik sheʼrlaridan tashqari, uning „Shahzoda Hasan“, „Shahzoda Husan“ kabi liroepik asarlari va „Voqeoti Muhammad Alixon“ kabi tarixiy dostonlari mavjud. Shoiraning liroepik dostonlari islom tarixi bilan bogʻliq voqealar asosida yaratilgan.

Uvaysiy asarlari oʻzining latif mazmuni va dilkash badiiyligi bilan xalq ommasi orasida keng yoyilgan, hofizlar, xonandalar tomonidan maqom va xalq ohanglari yoʻlida kuylanib kelinadi. Uning xattotlar tomonidan koʻchirilgan 3 nusxa qoʻlyozma devoni Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti va Andijon universiteti kutubxonasida saqlanadi.

Uvaysiyning 15.000 misraga yaqin sheʼriy asarlari mavjud. Uning bir devoni OʻR Fanlar akademiyasi ShIda saqlanadi (inv.№ 1837). Unga shoiraning gʻazal, muxammas, musaddas, murabbaʼlari va „Shahzoda Hasan“ hamda „Voqeoti Muhammadalixon“ dostonlari kiritilgan. Shoira devonining 3 nusxasi topilgan. „Shahzoda Hasan“, „Shahzoda Husayn“ kabi dostonlari mavjud, „Voqeoti Muhammadalixon“ nomli tarixiy asari tugallanmagan.

Shoira ijodiga nazar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uvaysiy hayoti va ijodi haqidagi maʼlumotlar uning asarida, ayrim tazkiralarda yetib kelgan. „Majmuai shoiron“ tazkirasida (1821) ham shoira ijodiga munosabat bildiriladi. Ijodini izchil ilmiy yoʻnalishda oʻrganish 30-yillarda boshlangan. Uvaysiy ijodi A.Qayumov, T.Jalolov, I.Haqqulov, E.Ibrohimova v.b. tomonidan oʻrganilgan.

Gʻazallari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uvaysiyman

Mehnatu alamlarga mubtalo Uvaysiyman,
Qayda dard eli boʻlsa, oshno Uvaysiyman,

Istadim bu olamni, topmadim vafo ahlin,
Barchadin yumub koʻzni muddao Uvaysiyman.

Uz diling taalluqdin, band qil xudo sori,
To degil kecha-kunduz: «Mosivo Uvaysiyman!»

Kechalar figʻonimdin tinmadi kavokiblar,
Arz to samo uzra mojaro Uvaysiyman.

To koʻrib xarobotin taʼna etma, ey zohid,
Bir nafas emas xoli iqtido Uvaysiyman.

Faqr borgohiga qoʻysa gar qadam har kim,
Bosh agar kerak boʻlsa, jonfido Uvaysiyman.

Vaysiy beriyozat deb sahl tutma, ey orif,
Ishq aro nihon dardi bedavo Uvaysiyman.

Koʻngul dogʻ oʻldi…

Zamona kulfatidin bu koʻngul dogʻ oʻldi, dogʻ oʻldi,
Bu charxi bemuruvvatdin koʻngul dogʻ oʻldi, dogʻ oʻldi.

Jarohat boʻldi bagʻrim tigʻI bedodi raqiblardin,
Bu koʻtohfahm mardumdin koʻngul dogʻ oʻldi, dogʻ oʻldi.

Bu gulzori fano ichra mahali bexalal yoʻqtur,
Hamesha zaxmi xorodin koʻngul dogʻ oʻldi, dogʻ oʻldi.

Fano mardumlarini sirridin hech kimsa yoʻq ogah,
Qabihguftor mardumdin koʻngul dogʻ oʻldi, dogʻ oʻldi.

Koʻngul qoni farogʻI diydadin bir lahza band oʻlmas,
Vujudim iztirob aylab koʻngul dogʻ oʻldi, dogʻ oʻldi.

Turubdur bagʻrim ichra qon misoli gʻuncha, naylarman,
Ochilmay gulsifat ushbu koʻngul dogʻ oʻldi, dogʻ oʻldi.

Soʻzimdin xotiring uzra gumone oʻzga yetkurma
Ki, izhor aylamay naylay, koʻngul dogʻ oʻldu, dogʻ oʻldu.

Men rasvoyi olamdin mabodo eʼtiroz etma,
Takallum birla shod ayla, koʻngul dogʻ oʻldi, dogʻ oʻldi.

Koʻngulni otashin bejo qilibdur nutqi guftori,
Qayu bogʻ andalibidin koʻngul dogʻ oʻldi, dogʻ oʻldi.

Bu soʻzni ayladi barpo ajab gustohlik birla,
Maloli xotir oʻlgʻaymu, koʻngul dogʻ oʻldi, dogʻ oʻldi.

Ajab ash’ori mavzun bogʻladi Vaysiy hasaddinkim,
Umarxon zufununekim, koʻngul dogʻ oʻldi, dogʻ oʻldi.

Sogʻindim

Bugun, ey doʻstlar, farzandi jononimni sogʻindim,
Gado boʻlsam, ne ayb, ul shohi davronimni sogʻindim.

Musofirman, gʻaribman, bekasu ham benavodurman,
Vujudim darda toʻldi, emdi darmonimni sogʻindim.

Tilimning zikriyu koʻnglimni fikri, yaxshi farzandim,
Azizim, yolgʻuzim, davlatli sultonimni sogʻindim.

Kecha-kunduz yoʻligʻa muntazirdurman, tikarman koʻz,
Kelib holim soʻrubon ketsa, mehmonimni sogʻindim.

Nasibin uzmadi tangrim, ilojin topmagʻay kelsa,
Onam deb boʻlgʻusi bagʻri qizil, qonimni sogʻindim.

Qorongʻu boʻldi olam koʻzima ushbu judolikdin,
Koʻzu koʻnglum ziyosi, mohi tobonimni sogʻindim.

Meni bekas Uvaysiy yigʻlagʻayman roʻzi shab tinmay,
Uyimning ziynati, koʻz ravshani, xonimni sogʻindim.

Qabul etkil

Kelibman dargahingga, shohi xoʻbonim, qabul etkil,
Bagʻir qonim bila bul chashmi giryonim qabul etkil.

Umid aylab talab olmoqqa kirdim rohi pokingga,
Yoʻlingda aylagan faryodu afgʻonim qabul etkil.

Tushubdur boshima savdoyi ishqing, ey shahanshohim,
Alam bozorida bul dardi pinhonim qabul etkil.

Oʻtubdur gavhari noyobi umrim toki gʻaflatda,
Tazarru' zor ilan qilgʻon pushaymonim qabul etkil.

Tegibdur novakingdin necha oʻq jismim aro pinhon,
Shahidi ishq oʻlmoqqa oqan qonim qabul etkil.

Uvaysiy garchi noqobil, kelibdur ostoninggʻa,
Figʻonu ohi soʻzonini, sultonim, qabul etkil.

Chiqib ishq oʻti…

Chiqib ishq oʻti koʻksim chokidin, boshimdin oshibdur,
Quruq shoxeki, goʻyo oʻz ichidin oʻt tutoshibdur.

Koʻzing jon labga yetkurdi, labing jon qoʻshti jonimgʻa,
Bu ikki doʻstlar ul joni mahzunim taloshibdur.

Azal kunda asar etgandi sirri may qulogʻimgʻa,
Bugun, vah, dil bulogʻI joʻsh urmoqliqda toshibdur.

Visoling orzusi shiddati hijronni yiqmoqda,
Bu ikki pahlavon maydoni dil uzra kuroshibdur.

Uvaysiy, olma boshing zikru fikri yor yodidin,
Suluki ishq aro be yodi haq yoʻldin odoshibdur.

Munosib

Ey gul, jigarim qoni uzoringgʻa munosib,
Yuz porali koʻksum dagʻI xoringgʻa munosib.

Sarf aylama ham bexabara laʼli hadising,
To qahru gʻazab ham meni zoringgʻa munosib.

Tun sogʻarida sharbati bedorligʻ ichsang,
Mastonaligʻ ul chashmi xumoringgʻa munosib.

Bu soʻzni ayladi barpo ajab gustohliq birla,

Suluki ishq aro be yodi haq yoʻldin adoshibdur.

Munosib

Ey gul, jigarim qoni uzoringgʻa munosib,
Yuz porali koʻksum dagʻI xoringgʻa munosib.

Sarf aylama har bexabara laʼli qadising,
To qahru gʻazab meni zoringgʻa munosib.

Tun sogʻarida sharbati bedorligʻ ichsang,
Mastonaligʻ ul chashmi xumoringgʻa munosib.

To qildi muattar xati rayhoni sahargoh,
Xushholligim husni bahoringgʻa munosib.

Manʼ etma tarahhum etibon, yor, yoʻlungdin,
Ashkim yoʻl aro manʼI gʻuvoringgʻa munosib.

Dil manzarini pok etibon muntazir oʻldum,
Boʻlgʻoymu ekin tab’I gulzoringgʻa munosib?

Rashk otashini, Vaysiy, bugun ayla mukarrar,
Yuz sen kabi devona nigoringgʻa munosib.

Kokuling

Boʻlmasaydi to parishonligʻda zebo kokuling,
Qilmagʻaydim shona chogʻida tamosho kokuling.

Oʻrmasam erdim olib ilgimga ul mashshotni,
Qilmagʻay erdi meni olamga rasvo kokuling.

Yo xaridor oʻlmasam erdim junun bozorida,
Solmagʻaydi boshima yuz rangli savdo kokuling.

Huxni ruxsoring toʻyo koʻrgan edim qadr tuni,
Qilmasaydi yuzlaring ustida gʻavgʻo kokuling.

Qolmagʻaydim norasolar taʼnayi pinhonigʻa,
Etmasaydi sirrimi elga huvaydo kokuling.

Qoʻnmasaydi moh ruxsoringgʻa koʻnglumning qushi,
Tushmagaydi tori to boʻynumga yaldo kokuling.

Osmasayding jon olur vaqtinda zulfing dor etib,
Boʻlmagʻaydi muncha Vaysiyga mujallo kokuling.

Mendin oʻrgandi

Ki bulbul nola, afgʻon aylamakni mendin oʻrgandi,
Vujudin sham’I soʻzon aylamakni mendin oʻrgandi.

Borib sahroga, qon bagʻrimdin izhor ayladim bir kun,
Falak bagʻrin qizil qon aylamakni mendin oʻrgandi.

Shafaq xun boʻlgʻusi, dil, yor mehri gar nihon boʻlsa,
Samo gulguni domon aylamakni mendin oʻrgandi.

Koʻrub abroʻ hiloling, jon fido qildim jamolingga,
Ul oy husniga qurbon aylamakni mendin oʻrgandi.

Figʻonkim, gʻam tarogʻI xasta koʻnglum resh-resh etti,
Sanam zulfin parishon aylamakni mendin oʻrgandi.

Seni izlarman andoqkim, quyosh diydorin izlarda,
Kezib tun-kun, shitobon aylamakni mendin oʻrgandi.

Qanoat qildi Vaysiy, topti dildin gavhari nazmin,
Sadaf ham durri gʻalton aylamakni mendin oʻrgandi.

Chiston

Ul na gumbazdur: eshigi, tuynugidin yoʻq nishon,
Necha gulgunpoʻsh qizlar manzil aylabdur makon.
Sindurub gumbazni, qizlar holidin olsam xabar,
Yuzlarida parda tortigʻliq, turarlar bagʻri qon.

Nashr qilingan asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Uvaysiy. Devon. –T.: 1963;
  • Uvaysiy. Koʻngil gulzori. – T.: 1983.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • E.Ibrohimova. Uvaysiy. –T.: 1963;
  • T.Jalolov. Oʻzbek shoiralari. –T.: 1970;
  • I.Haqqulov. Uvaysiy she'riyati. –T.: 1982.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Devon, T., 1963; Koʻngil gulzori, T., 1983. /4 yil
  • Jalolov T., Oʻzbek shoiralari, T., 1970.