Qumgʻon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qumgʻon — choy idish; ichi qalay bilan oqartirib misdan yasalgan dastali, qopqokli (baʼzan qopqoqsiz), joʻmrakli idish. Suv ichish, choy qaynatish uchun ishlatiladi. Ogʻzi (boʻyni) keng , joʻmragi qisqa (baʼzan yoʻq), qorni katta (ovalsimon); ogʻzi-boʻyni kattaligi bilan obdastadan farq qiladi. Kandakori oʻyma naqshlar bilan bezatiladi. Qadimdan sopol Q. keng tarqalgan, keyinchalik misdan bolgʻalab ishlangan. Sanoat rivojlanishi bilan quyib, temirdan ishlab, ustidan sirlab tayyorlana boshlangan. Hajmiga koʻra katta Q. (4—5 l suv sigʻadi), oʻrta Q. (2-3 l), Q.cha (1-1,5 l) deb nomlangan. Sharq mamla-katlari, Kavkaz va Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan. Q.ning jozibador qilib bezatilgan namunalari respublika muzeylari va xususiy toʻplamlarda saqlanadi.