Mahmud Qoshgʻariy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbek Adabiyoti

Milodiy VII asrgacha
VIII-XIII asrlar (Qadimgi)

XIV-XV asrlar (Temuriylar davri)
XVI-XIX asrlar (Mumtoz)

XIX-XX asrlar (Milliy uygʻonish)
1905-30 yillar (Jadid davri)
1930-80 yillar (Sovet davri)
1990 yillaridan keyin (Mustaqillik)

Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi

Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad al-Koshgʻariy, qomusiy olim, fiqh va hadis ilmining bilimdoni. Koshgʻarda tugʻilgan (sanasi nomaʼlum), qoraxoniylar davlatining poytaxti Bolasogʻunda yashagan. «Devoni lugʻotit-turk» asari (1068) bilan turkshunoslik faniga asos solgan. «Devon»da tilga olingan «Javohir un-nahvi fi lugʻatit-turki» («Turkiy tillarning nahv qoidalari») asari bizgacha etib kelmagan.

Izohli lugʻat tarzida tuzilgan asar muqaddimasida turk tilining grammatikasi (arab tilida) ilmiy asosda yoritilgan. Asarda 9-10 asrlarda Markaziy Osiyoda istiqomat qilgan qabilalar tarixi, madaniyati, mavqei va odatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar bor. Jumladan, oʻgʻuzlar, qarluqlar kabi yirik qabilalar tarixi alohida yoritilgan.

«Devonu lugʻotit-turk» adabiy manba sifatida turk qavmlari tomonidan yaratilgan qoʻshiq, maqol, matal va hikmatli soʻzlarni ham jamlagan, u parchalar qadimgi turkiy adabiyotda lirik va epik janrning rivojidan dalolat beradi. Keltirilgan adabiy parchalar mehnat, yor tavsifi, qahramonlik, ezgulikka daʼvat, vatanparvarlik mavzularida, ayrimlari xalq ogʻzidan yozib olingan. Devonda ayrim shoirlarning nomlari (mas. Choʻchu) uchraydi.

Oʻzbekistonda asar izoh va tarjimalari bilan toʻla nashr etilgan, u haqda Fitrat, S.Mutallibov, Gʻ.Abdurahmonov, E.Umarov ishlari eʼlon qilingan.

Nashr qilingan manbalar[tahrir]

Mahmud Qoshgʻariy. Devonu lugʻotit-turk (nashr, tarjima va izohlar muallifi S.Mutallibov). — T.: 1960-63;
Abdurauf Fitrat. Eng eski turk adabiyoti namunalari. — T.:1927.

Ilmiy adabiyot[tahrir]

Devonu lugʻotit turk. Indeks-lugʻat. Gʻ. Abdurahmonov, S. Mutallibov tahriri ostida. — T.: Fan, 1967; A. Qayumov. Qadimiyat obidalari. — Toshkent, 1971;
I.V. Stebleva. Stixotvornie formi XI veka. — M.: 1971.

Koshgʻariy, Mahmud Koshgʻariy ibn Husayn ibn Muhammad (II-a.) — turkshunoslik ilmining asoschisi. filolog olim. Ijtimoiy kelib chiqishi jihatidan qoraxoniylar sulolasiga mansub. Otasi Xusayn ibn Muhammad oʻsha davrdagi Baregan elining amiri boʻlgan. K. boshlangich maʼlumotni oʻz qishlogʻida, yuqori maʼlumotni Koshgʻar madrasalarida olgan, arab, fors, turkiy kabi 7—8 tilni puxta egallagan. Soʻng u Buxoro, Samarqand Marv Nishopur sh.larida bilimini oshirgan. 1056—57 y.larda mamlakatdagi ichki nizolar natijasida olim oʻz vatanini tark etib. 15 y. davomida atrofdagi qardosh xalqlar orasida yurishga majbur boʻlgan. Ana shu yillarla "u turkiy xalqlar yashaydigan oʻlkalarni kezib, bu yerlardagi turkiy qabila va urugʻlar, ularning kelib chiqishi va nomlanishi, joylashish oʻrinlari. urf-odatlari, ayniqsa, til xususiyatlarini sinchiklab oʻrganadi. Soʻng Bagʻdodga borib, ancha vaqt shu shaharda ijod qilgan, xususan, 1072 y. (baʼzi manbalarda — 1074 i. va undan ham keyin) dunyoga mashxur asari "Devonu lugʻotit turk" ("Turkiy soʻzlar devoni")ni yozib bitiradi va uni abbosiylardan boʻlgan Abulqosim Abdulloh binni Muhammadil Muqtado biamrillohga bagʻishlaydi. Ushbu asar turkiy xalqlar tarixidagi dialektologik, izoxli, etnografik, tarixiy-etimologik lugʻatlarning barcha unsurlarini qamrab oluvchi lastlabki universal lugʻat boʻlib, oʻz muallifini dunyoga ulugʻ adabiyotchi, tarixchi geograf va b. koʻp fanlarlan yaxshi xabardor boʻlgan yirik fan arbobi. qomusiy olim sifatida tanitdi. Bu asarida olim turkiy qabila va urugʻlar (xalqlar) tillaridagi soʻzlar maʼnosini arab tilida izoxlab beradi. Misol sifatida esa maqollardan va badiiy adabiyotdan parchalar keltirali. Bu xaqda K.ning oʻzi yozadi: "Men bu kitobni maxsus alifbe tartibida hikmatli soʻzlar, sajʼlar, maqollar, qoʻshiqlar, rajaz va vasl deb atalgan adabiy parchalar bilan bezalim... Men isteʼmoldagi soʻzlarnigina berdim, isteʼmoldan chiqqanlarini tashladim... Soʻngra men har bir qabilaga mansub soʻzlarning yasalish xususiyatlarini va qanday qoʻllanishini qisqacha izoqlab koʻrsatish uchun alohida yoʻl tutdim. Bu misol tariqasida turklarning tilida qoʻllanilib kelgan sheʼrlaridan, shodlik va motam kunlarida qoʻllanadigan hikmatli soʻzlaridai, maqollaridan keltirdim". Shuni aytish kerakki, "Devon"da berilgan adabiy parchalar, til faktlari faqat I 1-a. adabiyotining namunalari bulmay, ularning aksar qismi juda uzoq oʻtmish davrlarning mahsulidir. Shu jihatdan bunday parchalar turkiy tillarning kelib chiqish tarixini, rivojlanishini. adabiy harakatining juda uzoq tarixini belgilashga xizmat qiluvchi eng muhim hujjatdir. Asardagi bir qancha geografik, etnografik maʼlumotlar ham tegishli sohalar nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega.

M. K. mazkur asariga oʻzi tuzgan dunyo haritasini ilova qiladi. Haritada mamlakat, shahar, qishloq, togʻ, choʻl, dengiz, koʻl, daryo qabilarning nomlari yozilgan. Haritada aks etmagan baʼzi bir nomlar lugʻat matnida izoxlangan. Harita, asosan, Sharqiy yarim sharga toʻgʻri keladi. Bu haqda M. K.ning oʻzi: "Rumdan Mochingacha boʻlgan... shaharlar oʻrnini aniqlash maqsadida ularning hammasini yer shaklidagi doirada koʻrsatdim", — deb yozadi. Shartli qabul qilingan boʻyoqlar rangi doira tashqarisida toʻrt joyda soʻz bilan izohlangan. Ayrim kamchiliklariga qaramay, M. K.ning 11-a.da tuzilgan haritasi oʻz davri uchun mukammal, hozirgi davr uchun geografik maʼlumotlar beruvchi muhim manba hisoblanadi. Maʼlumotlarga koʻra, K.ning "Devonu lugʻotit turk"dan avvalroq yaratilgan, "Javoqirun-nahvi fi lugʻotitturk" ("Turkiy tillar sintaksisi qoidalari") deb nomlangan asari ham boʻlgan. Ushbu asar hozircha topilgani yoʻq.

K. 1080 y.da (yoki 1118 y.da) vataniga qaytib kelib, Oʻpaldagi Aziq qishlogʻida, Hazrati Mullom togʻi etagidagi tepalikda joylashgan madrasada dars bergan va ilmiy ijod bilan mashgʻul boʻlgan (hoz. mazkur madrasaning faqat poydevorlari saqlanib qolgan). K. 1105 y.da (yoki 1126 y.da) 97 yoshida vafot etib, Oʻpaldagi uning ajdodlari maqbarasiga dafn etilgan. Maqbara hozirgacha "Hazrati Mullom mozori" nomi bilan mashhur.