Xarita

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Dunyo xaritasi (1689)


Xarita (yun. chartes — varaq yoki xat yoziladigan papirus), karta — Yer yuzasi, boshqa osmon jismlari yoki kosmik fazoning matematik aniq belgilangan, kichraytirilgan, umumlashtirilgan tasviri. Qabul qilingan shartli belgilar sistemasida ularda joylashgan obʼyektlar koʻrsatiladi (qarang Geografik xaritalar, Xaritagrafiya).



Xaritalarning turlari. Xaritalar masshtabiga, ularda tasvirlangan hududning ko’lamiga, mazmuni, vazifasi va tuzilishiga koʻra bir qancha turlarga boʻlinadi. Xaritalar masshtabiga qarab quyidagi turlaiga boʻlinadi: yirik masshtabli — 1:10000 dan 1:200000 gacha, oʻrta masshtabli—1:200000 dan 1:1000000 gacha, mayda masshtabli— 1:1000000 dan kichik. Turli masshtabli xaritalarda voqea va hodisalar turli xil aniqlikda tasvirlanadi.ularda nima tasvirlanganligi va hududning kolamiga qarab quyidagi turlarga boʻlinadi: yulduzlar xaritasi, sayyoralar va Yer xaritasi, yarim sharlar xaritalari, materiklar va okeanlar xaritalari, tabiiy geografik oʻlkalar va dengizlar xaritalari, mamlakatlar xaritalari, ma’muriy birliklar xaritalari, maxsus hududlar (qoʻriqxonalar, sayohatbop joylar) xaritalari, shahar va viloyatlar. tumanlar xaritalari. Mazmuniga ko’ra xaritalar ikkita yirik guruhga bolinadi: umumiy geografik xaritalar va mavzuli xaritalar. ===Umumiy geografik xaritalarda=== joy geografik sharoitining asosiy tarkibiy qismlari bir xil aniqlikda tasvirlanadi: relyef, daryo, kоʻl, muzliklar, tuproq va oʻsimlik qoplami, aholi yashaydigan joylar, xo jalik tarmoqlarining tarkibi, aloqa yoʻllari, chegaralar va h. k. ===Mavzuli xaritalar===, oʻz navbatida, yana ikki guruhga—tabiiy va iqtisodiy xaritalarga bo’linadi. "Tabiiy geografik xaritalar"ga Yer yuzasi va okean tagi relyefi, iqlim, tuproq, oʻsimlik, hayvonlar. landshaft, tabiatni qo’riqlash, foydali qazilmalar konlari xaritalari kiradi. "Ijtimoiy-iqtisodiy xaritalar" iqtisodiy, tarixiy, madaniy-siyosiy, siyosiy-ma’muriy xaritalardan iborat boʻladi. Vazifasiga ko’ra, xaritalar yana "ilmiy", "madaniyat va targ’ibot", "texnik", "sayohat" "xaritalari", "oʻquv xaritalari"ga Marty Party in phoenix