Qoshgʻariy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mahmud ibn al-Husayn ibn Muhammad al-Koshgʻariy
arabcha: محمود بن الحسين بن محمد الكاشغري
Fayl:2015-09-11-080312 — Upal, Mausoleum des Uigurischen Philologen Muhamad Al Kashgari. JPG
Taxallus:Qoshgʻariy
Tavallud sanasi: 1028 yoki 1029
Tavallud joyi:Issiqkoʻl janubi-sharqidagi Barsxon shahri
Vafot sanasi:1101 yoki 1126
Vafot joyi:Qoshgʻar yaqinidagi Oʻpal
Kasb: tilshunos, qomuschi
Faoliyat:Turkshunoslik
Magnum opus:„Devonu lugʻotit turk“

Mahmud ibn al-Husayn ibn Muhammad al-Qoshgʻariy (Mahmud al-Qoshgʻariy, Mahmud Qoshgʻariy, Qoshgʻariy, yaʼni qoshgʻarlik Mahmud; 1028- yoki 1029-yil Issiqkoʻl janubi-sharqidagi Barsxon shahrida tugʻilgan  — 1101- yoki 1126-yilda Qoshgʻar yaqinida — Oʻpalda vafot etgani taxmin qilinadi) — turkiy tilshunos olim, filolog.

Turkiy xalqlarning arab tilidagi ilk ensiklopediyasi — „Devonu lugʻotit turk“ (1072—1074) muallifi, turkshunoslik ilmining asoschisi. „Devonu lugʻotit turk“da turkiy xalqlarning tillari, ogʻzaki ijodi, tarixi, yashash joylari va turmushi aks etgan boʻlib, asar turkiy xalqlar tarixi boʻyicha muhim manba hisoblanadi[1].

Koshgʻariy hayoti haqida yagona manba uning oʻz qalamiga mansub asarlaridir. Bizga maʼlum maʼlumotlarga koʻra, u Qoraxoniylar davlatida, qoraxoniylar sulolasiga aloqador zodagon oilada tugʻilgan.[1] Qoraxoniylar davlatidagi ichki nizolar tufayli vatanini tark etib, 15 yil davomida atrofdagi qardosh xalqlar orasida yurishga majbur boʻlgan, pirovardida Bagʻdodga yetib borgan. Qoshgʻariy Bagʻdodda olimlar oʻrtasida turkiy xalqlar va ularning tillariga katta qiziqish borligini kuzatgan, shu sabab bu mavzuda ikki asar yozishga qaror qilgan. „Devoni lugʻatit turk“ ustida 1072-yilda ishlay boshlagan.[1] (ayrim nabbalarda, jumladan, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasida shu yili asarni yakunlagan, deb xato koʻrsatilgan[2].) Asarning oʻzida keltirilgan maʼlumotga koʻra, 1075—1094-yillarda asarning toʻrt nashrini tayyorlagan. Asarning ilk nusxasi yoʻqolgan. 1266-yilda koʻchirilgan qoʻlyozma nusxasi esa saqlanib qolgan. Asarda Koshgʻariy shunday deb yozadi:

Qoshgʻariyning ikkinchi asari — „Devonu lugʻotit turk“dan avvalroq yaratilgan, „Javoqirun-nahvi fi lugʻotit turk“ („Turk tillari sintaksisi qoidalari“) asari saqlanib qolmagan. Asar haqida bizga faqat Qoshgʻariyning oʻzi yozgan manbalardan maʼlum. Qoshgʻariy 1105-yoki 1126-yilda vatanida vafot etgan, Oʻpal deb nomlangan hududning Aziq qishlogʻida dafn etilgan[2]. „Divonu lugʻati-t-turk“ („Turkiy tillar devoni“) asarini muallif xalifa Abul Qosim Abdulloh ibn Muhammad al-Muqtadiy bi-Amrillohga tuhfa qilgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 E. Van Donzel, ed (1997). "Al-Kâshgharî" (inglizcha). The Encyclopedia of Islam. IV. LeidenNew York: E. J. Brill. 
  2. 2,0 2,1 2,2 "Koshgʻariy". Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. 2006. 
  3. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 10 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2. 

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]