Kuyka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kuyka
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Qushlar
Oila: Lochinsimonlar
Urugʻ: Falco
Turlari: Kuyka
Xalqaro ilmiy nomi
Falco naumanni Fleischer, 1818

Kuyka (choʻl miqqiysi) (lotincha: Falco naumanni) — lochinlar oilasiga mansub mayda yirtqich qush, oddiy miqqiyning turkumiga kiradi. Shimoliy-Gʻarbiy Afrika va Yevroosiyo dashtlari va sharqiy Pireney yarim orolidan Moʻgʻuliston va Shimoliy Xitoygacha boʻlgan yarim choʻllarda uyalaydi. U Afrikaning janubiy sahrosida qishlaydi. Bir juftlikda kamyob ravishda uchraydigan suruv qush.

Tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bunday qushlarning uzunligi 29-33 sm, qanotlarini qoqqanda 58-75 sm, erkaklarining vazni 90-180 g, urgʻochilarining vazni 135-210 grammni tashkil etadi[1]. Tashqi tomondan oddiy miqqiyga oʻxshash - qoʻshma yashash joylarida bu ikki turni aniqlash qiyin boʻlishi mumkin. Tashqi farqlari — oʻrtacha kichikroq oʻlchamdagi choʻl miqqiysi qanotlarning turlicha tuzilishi, har bir turga xos boʻlgan patlari va bir-biriga oʻxshamaydigan ovoz chiqarishi bilan ajralib turadi. Choʻl miqqiysining dumi uzun, keng va xanjar shaklida (odatda yumaloq). Parvozi yengilroq, qanotlarini  keng yoyadi, lekin qoqmaydi. Ikkala qush ham koʻpincha osmonda muallaq turadi, bu ularni barcha lochinlardan ajratib turadi.

Voyaga etgan erkakda kontrastli patlari bor. Boshi kulrang, oddiy miqqiyga oʻxshab aniq belgilangan "moʻylovsiz" boʻladi. Yelkalar, orqa va qanotlarning qoplamalari qizgʻish-malla rangda (odatda ular zich qora toʻlqinlar bilan qoplangan). Dumosti va dumi kulrang, dumining uchida keng qora chiziq  bilan ifodalangan yuqori chegarasi oq rangda. Birlamchi momiq patlari toʻq jigarrang, uzoqdan deyarli qora koʻrinadi; ikkilamchi momiq patlari zangori tusda. Pastki qanot oddiy miqqiyga qaraganda oqish rangda, yorqinroq va monotondir. Koʻkrak va qorini ba’zida tomchi shaklidagi chiziqlar bilan ifodalangan. Urgʻochisi erkaklarnikiga qaraganda toʻqroq va rang-barang tusga ega - yuqorisi qizgʻish jigarrang-malla (shu jumladan bosh) toʻq boʻylama chiziqlar bilan, pastki qismi sargʻish-jigarrang yoki oq, lekin kamdan-kam uchraydigan  chiziqlar bilan gavdalantiriladi. Momiq patlari erkaklarnikiga oʻxshaydi - qora-jigarrang. Oddiy miqqiy bilan dasht miqqiysi urgʻochisini birga koʻrsangiz ularni aniqlash juda mushkul. Lekin ularni asosiy farq shundaki, dasht miqqiysi qorni odatda yorqin va kam patli boʻladi. Voyaga yetmaganlari jinsidan qat’i nazar, urgʻochiga oʻxshaydi. Yosh va ulgʻaygan qushlarning tirnoqlari oq, oddiy qushlarniki esa toʻq. Koʻz kamalagi jigarran, tumshugʻi sargʻish yoki olovrang, uchi esa qora rangda. Manglayi - toʻq sariq[2][3][4].

Tarqalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Farbiy Tyan-Shan, Farbiy Pomir-Oloy, Qizilqumning qoldiq togʻlari, Amudaryoning quyi qismi, Zarafshon daryosi vohasi (uyalash); barcha hududlardan uchib oʻtadi. Oʻzbekistondan tashqarida: Janubiy Yevropa, Shimoliy Afrika, Farbiy Osiyo shimoli, Oʻrta Osiyo, Janubiy Sibir, Moʻgʻuliston (uyalash), Oʻrta va Janubiy Afrika, Farbiy Osiyo janubi, Hindiston (qishlash).

Soni[tahrir | manbasini tahrirlash]

1970-yillargacha uyalashi va uchib oʻtishi odatiy edi. 1970—1980-yillarda janubiy hududlarda 50-300, shimoliy hududlarda – sanoqli jufti uyalagan; jami, taxminan, 500 tacha uyalovchi jufti boʻlgan. XX asrning ikkinchi yarmida dunyodagi populyasiyasi soni kamaygan boʻlsa-da, ayni kunda barqaror hisoblanadi.

Hayot tarzi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bahorgi uchib oʻtishi martaprel oylariga toʻgʻri keladi. Jarliklar va qoyalarning oʻyiqlarida koloniyalar tashkil qilib uyalaydi. Aprel-may oyida 3-5 ta tuxum qoʻyadi va 28 kun bosib yotadi. Poloponlari iyun-iyul oyida ucha boshlaydi. Kuzgi uchib oʻtishi – avgust-oktyabr oyida. Hasharotlar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hududlarning xoʻjalik maqsadida oʻzlashtirilishi tufayli yashash joylarining vayron qilinishi oqibatida kamaygan edi.

Ovlashga ruxsat berilmaydi. Togʻ qoʻriqxonalari va milliy tabiat bogʻlarida muhofaza ostiga olingan. SITES ning II Ilovasiga va Bonn konvensiyasining I Ilovasiga kiritilgan[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. В. К. Рябицев.. Птицы Урала, Приуралья и Западной Сибири: Справочник-определитель. Екатеринбург: Изд-во Уральского университета, 2001 — 143—144 bet. 
  2. Г. Дементьев, Н. Гладков.. Птицы Советского Союза. Советская наука, 1951. 
  3. S. Cramp, K.E.L. Simmons „Vol. II - Hawks to Bustards“,. The Birds of the Western Palearctic. Oxford University Press, 1980 — 282—289 bet. 
  4. И. В. Карякин.. Пернатые хищники Уральского региона. Соколообразные (Falconiformes), Совообразные (Strigiformes). Пермь: ЦПИ СОЖ Урала/СоЭС, 1998. 
  5. КУЙКА (ЧЎЛ МИҚҚИЙСИ) (Wayback Machine saytida 2022-08-05 sanasida arxivlangan) Redbook.uz