Pireney yarim oroli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pireney yarim oroli, Iberiya yarim oroli (ispancha: , portugalcha: , baskcha Iberiar penintsula, aragoncha: peninsula Iberica, kat. península Ibèrica, estr. península Ibérica, fransuzcha: péninsule Ibérique, inglizcha: Iberian peninsula, lotincha: Iberia paeninsula) — Yevropaning jan.gʻarbidagi yarim orol. Maydoni 582 ming km². Atlantika okeani bilan Oʻrta dengiz oraligʻida. Pireney yarim orolio. Afrikadan Gibraltar boʻgʻozi orqali, Yevropaning qolgan qismidan esa Pirenei togʻlari orqali ajralgan. Pireney yarim orolio.da Ispaniya, Portugaliya, Andorra davlatlari va Gibraltar joylashgan. Qirgʻoq chizigʻi aksari kismida tekis. Yer yuzasi yassitogʻlik va togʻlardan iborat. Oʻrtacha balandligi 1000– 1500 m. Eng baland joyi — Syerra-Nevada tizmasidagi Mulasen togʻi (3478 m). Sohili — payettekislik. Toshkoʻmir, temir rudasi, volfram, simob, polimetall rudalari, pirit konlari bor. Iqlimi asosan, Oʻrta dengizga xos subtropik, gʻarbida sernam, okean iqlimi. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi 8—12°, iyulniki 18—28. Maksimal temperatura 40°, minimali —25°. Yillik yogʻin shimolida 800–1000 mm, togʻlarda 1500–2000 mm, ichki hududlarda 300–500 mm. Yirik daryolari: Taxo, Gvadiana, Duero, Ebro, Gvadalkvivir. Tabiiy oʻsimliklari oʻrta dengiz butalari (makvis, gariga), dasht oʻsimliklaridan iborat. Hududining 40% butazor. Oʻrmonlar ham uchraydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil