Kish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

KishBobildan 18 km shim.sharkda joylashgan qad. shahar (Iroqdagi hozirgi Oxeymir shahri harobasi). Mil. av. 4-ming yillik oxiri — 3-ming yillik boshlarida qad. qishloq oʻrnida vujudga kelgan. Qad. Mesopotamiya davlatlaridan birining markazi (miloddan avvalgi 28-asr). K. miloddan avvalgi 28-asrda shumer qabilalarining 1-uyushmasiga rahbarlik qilgan (K. I-sulolasi davrida), lekin miloddan avvalgi 27-asrda Uruk shahri bilan boʻlgan kurashda oʻz ustunligini yoʻqotgan. Miloddan avvalgi 27— 25-asrlarda K. hokimlari Shim. Shumerda oʻz mavqelarini saqlab turishga intilganlar. 24-asrning 1-yarmida Uruk va Umma shaharlari hokimi shumerlik shoh Lugalzagansi K.ni vayron qilgan, lekin tez orada shahar Akkad shohi Sargon tomonidan qayta tiklangan. Keyinchalik Bobil, Axomaniylar davlati, Parfiya podsholigi va Sosoniylar davlatining yirik viloyat markazi boʻlib, mustaqil rol oʻynamagan. 1912 yilda fransuz va 192332 yillarda ingliz arxeologiya ekspeditsiyalarining qazishmalari natijasida saroy, ilk sulola davriga oid nekropol (miloddan avvalgi 3-ming yillik), sopol idishlar, jez qurollar va taqinchoklar, silindr shaklidagi muhr, akkad davri binolari, mixxat yozuvlari arxivi hujjatlari (miloddan avvalgi 3-ming yillik boshi — 1 ming yillik) topilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil