Uruk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Uruk — 1) Jan. Mesopotamiyada mil. av. 4-ming yillikda tarqalgan eneolit davri arxeologik madaniyati. Uruk sh. nomi bilan atalgan. Mahobatli meʼmoriy inshootlar ("Qizil bino" va "Oq ibodatxona" xarobalari ochilgan); sopol buyumlar, shumer tilida bitilgan yozuvli taxtachalar, muhrlar chiqqan. Xoʻjaligi: dehqonchilik, misni qayta ishlash, chorvachilik boʻlgan; 2) Shumerpyati shahardavlat (shumeriycha — Unug , Bibliyada — Erex, yunoncha — Orxoya). Mil. av. 28—27-asrlarda (epik rivoyatlarda saqlanib qolgan yarim afsonaviy hukmdorlar Enmerkar, Lugalband, Gilgameshlar davrida) Jan. Mesopotamiyadagi shahardavlatlar U. gegemonligi ostida boʻlgan (Urukning 1sulolasi). Mil. av. 24-asrda Lugalzaggisi davrida U. Shumer poytaxti edi. 22-asr oxirida U. podshosi Utuxegal Ikki daryo oraligʻida "Shumer va Akkad podsholigi" barpo etgan, uning vafotidan soʻng hokimiyat UrNammu — Urning Shsulolasi asoschisi qoʻliga oʻtgan. U.mil. av. 1-ming yillik oxiriga qadar muhim shaharligicha qolgan. Mil. av. 8—2-asrlarda — Bobil, soʻngra Axomaniylar va Salavkiylar davlati tarkibidagi muxtor sajdagoh shahar. Mil. 3-asrda sosoniylar tomonidan vayron qilingan. U. oʻrnida hozirgi Varka posyolkasi (Nosiriya shahridan 65 km shim.gʻarbda) joylashgan. U.da nemis arxeologlari tomonidan 20-asr boshidan muntazam ravishdagi arxeologik qazish ishlari olib borilgan.