Umma (davlat)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Umma (shumercha Ubme) — Jan. Mesopotamiyadagi qad. shahardavlat (hozirgi Irokdagi Joxa sh. xarobasi). Mil. av. 3-ming yillikda Mesopotamiyada hukmron boʻlish daʼvogarlaridan biri. Mil. av. 24-asr oxirida U. Akkad podshosi Sargon tomonidan bosib olinib, Akkad davlati tarkibiga kiritilgan. Mil. av. taxminan 2200 y. gutiylar (kutiylar) bosqiniga uchragan. Mil. av. 21-asrda Shumer va Akkad podsholigi barpo etilgach (Urning III sulolasi), viloyat (okrug) markazi. Urning III sulolasi qulagach (mil. av. taxminan 2000 y.), ahamiyatini yoʻqotgan. Mil. 20-asr boshlarida Joxa sh. xarobasida mahalliy aholi tomonidan kuplab mixxat jadvallari (mil. av. 23— 21-asrlarga oid podshoning ibodatxona xoʻjaligi arxivi) topilgan. Bu yozuvlarg qad. Shumer jamiyatini oʻrganishda muhim rol oʻynaydi.