Kontent qismiga oʻtish

Mixxat

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mixxat

Turkiyaning Van qalʼasidagi Kserks I ga oid uch tilli mixxat yozuvi — Ahamoniylar podshohligining qadimgi fors, elam va bobil tillarida mixxat shaklida yozilgan shohona bitigi.
Yozuv tipi Logogramma va sillabik yozuv
Tillar Shumer tili, Akkad tili, Amori tili, Ebla tili, Elam tili, Xett tili, Xurrit tili, Kalasma tili, Luvi tili, Urart tili, Pala tili va Ugarit tili
Hudud Shumer
Yaratilgan sanasi tax.2900 BC 100 AD
Yozuv yoʻnalishi chapdan oʻngga
Rivoji Proto-mixxat (proto-yozuv)
Qardoshlari mavjud emas; ugarit yozuvi va qadimgi fors gliflarining shakliga taʼsir koʻrsatdi
ISO 15924 Xsux (020), ​Mixxat, Shumer-Akkad

Mixxat — qadimda Old Osiyoda qoʻllangan, mix yoki ponachalarga oʻxshash chiziqcha (belgi)larni loy taxtachalarga oʻyib tushirishdan iborat ideografii yozuv turi, miloddan avvalgi 3ming yillik boshlarida shumerlar tomonidan yaratilgan. Bunda ayrim buyumlar va umumiy tushunchalarning nomi rasmlar bilan ifodalangan, mas, oyoq tasviri „yurish“, „turish“, „olib ketish“ maʼ-nolarini anglatgan. Bunday belgilar miqdori 1000 tagacha yetgan. Shumer M.i dastlab yuqoridan pastga, keyinchalik gorizontal holda — chapdan oʻngga qarab yozilgan. Miloddan avvalgi 3ming yillikning oʻrtalarida M.ning soʻz-boʻgʻinli shakli paydo boʻlgan, belgilar miqdori 600 tagacha qisqartirilib, rasm-belgilar soddalashtirilgan. Ayni shu davrda shumer M.i akkadliklar (bobilliklar va ossuriyaliklar) tomonidan oʻzlashtirilib, somiy tillarga moslashtirilgan, belgilar soni 300 taga tushirilgan. Akkadliklar ishlab chiqqan M. keyinchalik, miloddan avvalgi 2— 1 ming yilliklar davrida bir qancha qoʻshni xalqlar tillari (xett, elam, urart, qad. fors va boshqalar)ga moslashtirilgan holda qoʻllana boshlagan. Bu davrda M.lar harftovushboʻgʻin yozuvlariga ancha yaqinlashib, shunday yozuvlarning kelib chiqishiga asos boʻlgan. Miloddan avvalgi 1ming yillik oxirlarida M.lar oʻrnini oromiy yoʻzuvi egallagan.

M.da bitilgan juda koʻp yodgorliklar — tarixiy yozuvlar, turli rasmiy hujjatlar, ogʻzaki ijod namunalari, lugʻatlar, ilmiy asarlar, diniy matnlar saqlanib qolgan. Turli xalqlarga mansub M.larni oʻrganish, deshifrovkalash XIX asrdan, aniqrogʻi, 1802-yildan boshlanib, XX asrning oʻrtalarigacha davom etgan. Nemis, fransuz, ingliz, chex, rus olimlari M.larni deshifrovkalashda faol ishtirok etib, bu sohada koʻplab ilmiy tadqiqotlar olib borganlar.

  • Fridrix I., Istoriya pisma, per. s nem., M., 1979.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil