Khan Academy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Khan Academy
Khan Academy logo (2018).svg
Sayt turi 501(c)(3)
Qaysi tillarda Ingliz (asosiy)
Ochilgan sanasi 2008
Alexa rank 359 (Aprel 2020)[1]

Khan Academy — Amerikaning notijorat[2] taʼlim tashkiloti boʻlib, u 2008-yilda Sal Khan tomonidan talabalarni oʻqishga yordam beradigan onlayn vositalar toʻplamini yaratish maqsadida tashkil etilgan.[3] Tashkilot video shaklida qisqa darslarni tayyorlaydi.[4] Uning veb-saytida qoʻshimcha mashqlar va oʻqituvchilar uchun materiallar mavjud. Barcha manbalar veb-sayt va ilova foydalanuvchilari uchun bepul taqdim etilgan.

Veb-sayt va uning tarkibi asosan ingliz tilida taqdim etilgan, ammo boshqa: arab, arman, ozarbayjon, bengal, bolgar, xitoy, chex, dat, golland, fransuz, gruzin, nemis, gujarot, ibron, hind, indonez., italyan, yapon, koreys, Norveg, polyak, portugal (Braziliya va Yevropa), serb, ispan, shved, tamil, telugu, turk, urdu va oʻzbek tillarida ham mavjud.

Tarix[tahrir]

Tashkilot 2008-yilda Salmon Xon oʻz qarindoshlaridan birini matematikadan oʻqitish maqsadida Yahoo! Doodle Images dasturi orqali darslarni joʻnatgan paytida boshlangan. [5] Biroz vaqtdan soʻng, Xonning boshqa amakivachchalari uning repetitorlik xizmatidan foydalanishni boshlashdi. Talab tufayli, Xon oʻz videolarini Internetda ham koʻrish imkoniyatini yaratishga qaror qildi, shuning uchun u oʻz videodarslarini YouTube-ga joyladi. [6] Keyinchalik u SmoothDraw deb nomlangan rasm dasturidan foydalangan (hozirda ArtRageʼdan foydalanib rasm chizish uchun Wacom planshetidan foydalanadi). Video darslar uning kompyuterida yozib olingan edi. [7]

Ijobiy javoblar Xonni 2009-yilda ishdan ketishga va darslarga (keyinchalik Khan Academy nomi bilan tanilgan)[8] toʻlaqonli eʼtibor berishga undadi. Salmon Xon tomonidan 2014-yil 15-sentyabrda Kaliforniyada Xon Lab maktabi ochildi.[9] 2017-yil iyun oyida Khan Academy kollej bitiruvchilari, ish qidiruvchilar va yosh mutaxassislar uchun moliyaviy savodxonlik boyicha videodarslarni namoyish etdi.

Moliyalashtirish[tahrir]

Khan Academy 501(c)(3) notijorat tashkilot boʻlib, asosan xayriya tashkilotlari xayr-ehsonlaridan moliyalashtiriladi. [8] 2010 yilda Google oʻzining „10 100“ dasturi doirasida yangi kurslar yaratish va kontentni boshqa tillarga tarjima qilish uchun 2 million dollar ajratdi. [9] 2013-yilda, Karlos Slim (Meksikadagi Karlos Slim fondi), videolarni ispan versiyalarini yaratish uchun xayriya qildi. [10] 2015-yilda AT&T Khan Academyga ilovalar orqali kirish mumkin boʻlgan kontentning mobil versiyalari uchun 2,25 million dollar miqdorida xayriya qildi. [11] Khan Academyning AQSh Ichki daromad xizmatiga topshirgan maʼlumotiga koʻra, Sal Xonning 2015-yilda yillik maoshi 800 ming dollarni tashkil etgan. [12] 2013-yilda sobiq prezident va COO Shantanu Sinha ham 375 ming dollardan ortiq kompensatsiya olgan. [13] 2018-yilda Sal Xonning yillik maoshi 824 ming dollarni tashkil qildi. COO Jini Li maoshi 700 ming dollarni tashkil qildi. [14]

Tarkibi[tahrir]

Khan Academyning veb-sayti asosan YouTubeda joylashtirilgan videolarda yaratilgan shaxsiy oʻquv tajribasini taqdim etishga qaratilgan. Veb-sayt oʻz videolariga qoʻshimcha sifatida ishlatilishi kerak, chunki u boshqa narsalarni, masalan, oʻzlashtirishni kuzatish, mashqlarni sinab koʻrish,[15] va boshqa oʻqitish vositalarini oʻz ichiga oladi.[16] Shuningdek, materiallarga mobil ilovalar orqali ham kirish mumkin.[17]

Videolarda elektron doskaga chizilgan rasmlar yozilgan boʻlib, ular oʻqituvchining dars berish uslubiga oʻxshashdir. Hikoyachi har bir rasmni va ular oʻqitilayotgan material bilan qanday bogʻliqligini tasvirlaydi. [18][19] Notijorat guruhlar videolarning oflayn nusxalarini Osiyo, Lotin Amerikasi va Afrikaning qishloq joylariga tarqatishgan.[20][21] [22] Videolar maktabdagi barcha mavzular va bolalar boʻchasidan boshlab oʻrta maktabgacha boʻlgan barcha sinflar uchun moʻljallangan. Shuningdek, Khan Academyning vebsayti Crash Course va Museum of Modern Art kabi bir qator YouTube taʼlim kanallari uchun platforma vazifasini oʻtaydi. [23] Shuningdek, u SAT va MCAT[24] va 2018-yilda chiqarilgan LSAT tayyorgarlik darslarini oʻz ichiga olgan standart testlarga tayyorgarlik koʻrish uchun onlayn kurslarni ham taqdim etadi. [25] Khan Academy, shuningdek, Code.org ning „Dasturlash soati“ kursini qoʻllab-quvvatlagan holda oʻz vebsaytida dasturlash darslarini ham taqdim etadi. [26]

2017 yil iyul oyida Khan Academy College Board’s Advanced Placement ning rasmiy hamkoriga aylandi. [27]

Til mavjudligi[tahrir]

Khan Academyning videolari bir necha tillarga tarjima qilindi, 20 mingga yaqin subtitrli tarjimalar ham mavjud. Ushbu tarjimalar asosan xalqaro hamkorlik yordamida koʻngillilar tomonidan yaratilgan. [28] [29] Khan Academy platformasi Ingliz (en), Bangla (bn), Bolgar (bg), Xitoy (zh), Fransuz (fr), Nemis (de), Gruzin (ka), Norveg (nb), Polyak pl) Portugal (pt), Ispan (es), Serb (sr), Turk (tr) va Oʻzbek (uz) tillarida toʻliq va [30] 28ta boshqa tillarda qisman mavjud. [31]

Rasmiy SAT amaliyoti[tahrir]

2015-yildan beri Khan Academy SAT amaliy vebsayti hisoblanadi. Tahlillarga koʻra, Khan Academyda SAT mashqlarini 20 soat davomida oʻqish oʻrtacha 115 balli oʻsishga yordam berishi mumkin. [32] [ <span title="This claim needs references to reliable sources. (June 2019)">iqtibos kerak</span> ]

Pixar in a Box[tahrir]

2015-yilda Khan Academy Pixar bilan hamkorlikda Pixar in a Box nomli yangi kursni yaratdi, u maktabda oʻrganilgan koʻnikmalar Pixarda ijodkorlarga qanday yordam berishini oʻrgatadi. [33]

Khan Academy bolalar uchun[tahrir]

2018-yilda Khan Academy Khan Academy Kids deb nomlangan dastur yaratdi. Ikki yoshdan olti yoshgacha boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan dastur, ularga maktabga borishdan oldin kerak boʻladigan asosiy koʻnikmalarni (asosan matematika va til sanʼati) oʻrgatish uchun moʻljallangan.

Tanqid[tahrir]

Khan Academy tanqidchilari, uning yaratuvchisi Salman Khaning rasmiy maʼlumot yoki pedagogikada malakasi yoʻqligi sababli tanqid qiladi.[34][35] Bir nechta videolardagi bayonotlar, ayniqsa tarix sohasida, ularning texnik toʻgʻri yoki notoʻgʻriligi shubha ostiga olingan. Ushbu tanqidlarga javoban tashkilot oʻz videolaridagi xatolarni tuzatdi, fakultetini kengaytirdi va 200 dan ortiq kontent boʻyicha mutaxassislar tarmogʻini shakllantirdi.[36]

Salman Khan 2016-yilning yanvar oyidagi intervyusida Khan Academyning onlayn maʼruzalarning ahamiyatini cheklanganligi tan olgan holda: „Men onlayn taʼlimni qimmatli deb oʻylayman, ammo men hech qachon ular qandaydir tarzda toʻliq taʼlim beradi deb ayta olmayman“.[37] Khan Academy oʻzini oʻqituvchilarning anʼanaviy maʼruzalardan ozod qilishi va talabalarning individual ehtiyojlariga moslashishi uchun koʻproq vaqt berish orqali samaradorligini oshirish qobiliyatiga ega boʻlgan holda oʻzini sinf ichidagi oʻqishga qoʻshimcha platforma sifatida baholaydi. [38]

Sovrinlari[tahrir]

Khan Academy AQShda ham xalqaro miqyosda tan olingan:

  • 2012-yil aprel oyida Khan Academyning asoschisi va ijrochi direktori Salmon Khan TIMEning 2012-yildagi eng obroʻli 100 kishisi qatoriga kiritildi.
  • Khan 2014-yilda Heinz mukofotining besh nafar sovrindorlari qatoridan joy oldi. U ushbu mukofotga „Inson turmush-tarzi“ sohasidagi qilgan ishlari uchun sazovor boʻldi. [39]
  • 2016-yilda Khan Academy taʼlim sohasidagi eng yaxshi platforma sifatida tan olinib Shorty mukofotiga ega chiqdi.[40]

Manbalar[tahrir]

  1. Khan Academy Traffic, Demographics and Competitors. www.alexa.com (en). 2020-04-11.
  2. Nonprofit Explorer – ProPublica. ProPublica. November 7, 2015.
  3. One Man, One Computer, 10 Million Students: How Khan Academy Is Reinventing Education. Forbes. November 7, 2015.
  4. Sampson, Demetrios G. (July 17, 2014). Digital Systems for Open Access to Formal and Informal Learning. Springer. ISBN 9783319022642. 
  5. de Bertodano, Helena (September 28, 2012). "Khan Academy: The man who wants to teach the world". The Telegraph. https://www.telegraph.co.uk/education/educationnews/9568850/Khan-Academy-The-man-who-wants-to-teach-the-world.html. Qaraldi: September 27, 2018. 
  6. Dreifus, Claudia (January 27, 2014). "Salman Khan Turned Family Tutoring Into Khan Academy". The New York Times. ISSN 0362-4331. https://www.nytimes.com/2014/01/28/science/salman-khan-turned-family-tutoring-into-khan-academy.html. Qaraldi: November 7, 2015. 
  7. Script error: No such module "Citation/CS1".
  8. 8,0 8,1 The Funders Pouring Money Into the Khan Academy – Inside Philanthropy: Fundraising Intelligence – Inside Philanthropy. www.insidephilanthropy.com. November 7, 2015.
  9. 9,0 9,1 100 million for Project 10^100 winners. The Official Google Blog (September 24, 2010). September 24, 2010.
  10. Mexico's Carlos Slim funds Khan academy in Spanish. Marketplace. Asl nusxadan arxivlandi (2015-05-08). 2013-01-18.
  11. AT&T Awards $2.25 Million for Mobile Learning Platform. Philanthropy News Digest (PND). November 7, 2015.
  12. 2015 Form 990 for Khan Academy. January 14, 2018.
  13. Nonprofit Explorer – KHAN ACADEMY INC – ProPublica'. ProPublica. September 22, 2015.
  14. Nonprofit Explorer – KHAN ACADEMY INC – ProPublica'. ProPublica. March 29, 2020.
  15. Khan Academy. PCMAG. November 7, 2015.
  16. How Are Teachers and Students Using Khan Academy?. MindShift. November 7, 2015.
  17. Khan Academy for ipad review. theappzine. Asl nusxadan arxivlandi (March 4, 2016).
  18. Kaplan, David A. (August 24, 2010). "Innovation in Education: Bill Gates' favorite teacher". CNN Money. Archived from the original on December 23, 2010. https://web.archive.org/web/20101223035558/http://money.cnn.com/2010/08/23/technology/sal_khan_academy.fortune/. Qaraldi: January 5, 2011. 
  19. "Need a tutor? YouTube videos await". USA Today. AP. December 12, 2008. https://www.usatoday.com/news/education/2008-12-11-youtube-tutoring_N.htm. Qaraldi: January 5, 2011. 
  20. A free world-class education for anyone anywhere. About. Khan academy.
  21. Laureate: Salman Khan. Education Award. The Tech Awards (2009). Asl nusxadan arxivlandi (July 3, 2014). June 11, 2014.
  22. Salman Khan. CNBC. November 7, 2015.
  23. Khan Academy — Partner Content
  24. Test prep | Khan Academy. Khan Academy. Asl nusxadan arxivlandi (April 20, 2015). July 25, 2017.
  25. Khan Academy launches free Official LSAT Prep (June 1, 2018). August 29, 2018.
  26. https://www.khanacademy.org/partner-content/code-org
  27. Khan Academy is the Official Practice Partner for AP (July 27, 2017). January 2, 2018.
  28. Volunteers | Khan Academy. Khan Academy (en). March 6, 2017.
  29. Supporters | Khan Academy. Khan Academy (en). March 6, 2017.
  30. Is Khan Academy available in other languages?. Khan Academy Help Center (en-US). March 17, 2018.
  31. Is Khan Academy available in other languages?. Khan Academy Help Center (en-US). August 16, 2018.
  32. "Studying for the SAT for 20 hours on Khan Academy associated with 115-point average score increase" (en). Khan Academy. https://www.khanacademy.org/about/blog/post/160451329150/studying-for-the-sat-for-20-hours-on-khan-academy. Qaraldi: September 8, 2018. 
  33. Pixar in a Box | Partner content | Khan Academy. Khan Academy (en). September 8, 2018.
  34. Christopher Danielson; Michael Paul Goldenberg (July 27, 2012). "How well does Khan Academy teach?". The Washington Post. https://www.washingtonpost.com/blogs/answer-sheet/post/how-well-does-khan-academy-teach/2012/07/27/gJQA9bWEAX_blog.html. Qaraldi: November 15, 2014. 
  35. Strauss, Valerie (July 27, 2012). "Does the Khan Academy know how to teach?". The Washington Post. ISSN 0190-8286. https://www.washingtonpost.com/blogs/answer-sheet/post/how-well-does-khan-academy-teach/2012/07/27/gJQA9bWEAX_blog.html. Qaraldi: November 7, 2015. 
  36. Strauss, Valerie (October 22, 2013). "Khan Academy using contractors to check Web site's videos". The Washington Post. https://www.washingtonpost.com/blogs/answer-sheet/wp/2013/10/22/khan-academy-using-contractors-to-check-websites-videos/. Qaraldi: November 15, 2014. 
  37. Westervelt, Eric (January 5, 2016). "'A Bit of a Montessori 2.0': Khan Academy Opens A Lab School". Here & Now (WBUR and NPR). https://www.npr.org/sections/ed/2016/01/05/461506508/sal-khan-on-learning-coding-and-why-virtual-ed-is-not-enough. Qaraldi: January 6, 2016. 
  38. Khan, Sal (en), Let's use video to reinvent education, TED (conference), https://www.ted.com/talks/salman_khan_let_s_use_video_to_reinvent_education, qaraldi: March 6, 2017 
  39. The Heinz Awards: Salman Khan. The Heinz Awards.
  40. Shorty Awards: The Complete Winners List, - The Hollywood Reporter, https://www.hollywoodreporter.com/lists/shorty-awards-2016-winners-full-882622 

Havolalar[tahrir]