Chex tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chex tili
Milliy nomi: čeština
Mamlakatlar: Chexiya
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni: 10.600.000
Tartiblovchi tashkilot:
Oʻrni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Hind-Yevropa tillari;
Slavyan tillari
Alifbosi: lotin alifbosi
Til kodlari
ISO 639-1 cs
ISO 639-2 ces
ISO 639-3 ces
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Chex tili hind-yevropa tillari oilasiga kiruvchi gʻarbiy slavyan tili boʻlib, slovak, polyak va qisman serb tillariga yaqin til hisoblanadi. Chex tili taxminan X oxirlarida yuzaga kelgan. Birinchi chex tilidagi tarixiy yozuvlar esa, XII ga borib taqaladi.

Chex tili — hindevropa tillari oilasidagi slavyan guruhining sharqiy slavyan guruhchasiga mansub tillardan biri, Chexiya Respublikasining rasmiy tili. Asosan, Chexiyada (8,5 mln. kishi), shuningdek, Slovakiya, AQSH, Kanada, Germaniya va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 10 mln. kishidan ortiq (oʻtgan asrning 90- yillari urtalari).

CH.t. 4 lahjaga bulinadi: 1) asl chex (markazi Praga bulgan urta chex, jan.gʻarbiy, shim.sharqiy shevalar); 2) ganak (ganats); 3) lyash (silez); 4) moravslovak. Fonetik xususiyatlari: suz maʼnolari va shakllarini farklashga xizmat qiladigan choʻziq va qisqa unlilarning mavjudligi, qattiqlik va yumshoklik buyicha moye keluvchi 3 juft undoshning borligi va boshqa Morfologik xususiyatlari: otlar turlanishi va feʼllar tuslanishining xilmaxil turlari, 3 ta jins kategoriyasi, 2 xil son kategoriyasining mavjudligi, sodda utgan zamon shaklining yukligi va boshqa

Adabiy Chex tili urta chex shevalari asosida shakllangan. Dastlabki yozma yodgorligi 13a:ga mansub. 15—16-asrlarda adabiy til barqarorlashgan, lekin 1620 yildan 18-asr oxirigacha Chexiya Gabsburglar sulolasi qoʻl ostida bulib, rasmiy til nemis tili boʻlganligidan Chex tili rivojlanmay qolgan. 18-asr oxiri — 19-asr boshida Chex tili 16—17-asrlar adabiyoti asosida qayta tugʻiladi. Yozuvi lotin grafikasiga asoslangan.