Kontent qismiga oʻtish

Karxemish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Karxemish, Karkamish, Gargamish (mil. av. 4-ming yillik oxiri—3-ming yillik — mil. av. 1-asr) — Yevfrat (Furot) daryosining oʻng qirgʻogʻida (Shim. Suriya, hozirgi Jerablus sh. yaqinida) joylashgan yirik qad. hunarmandchilik va savdo shahri. Shahar Mesopotamiya madaniyati taʼsirida boʻlgan. K. haqidagi dastlabki eslatma Hammurapi (mil.av. 18-asr) davriga oid. Keyinchalik K. mil.av. 15-asrda Misr vassaliga, mil.av, 12-asrgacha Xett podsholigi qaramligida boʻlgan. K. mil. av. 12-asr — 8-asrlarda mustaqil podsholik markazi boʻlgan; mil. av. 717 yilda Sargon II tomonidan zabt etilgan. K. boʻsagʻasida 605 y. mashhur jang boʻlib oʻtgan, unda Bobil podshosi Navuxodonosor I Misr firʼavni Nexo II va Ossuriya podshosi Ashshuruballit II ni yenggan, natijada Ossuriya davlati tugatilgan. K.dan mudofaa inshootlari (3 qator mudofaa devori, kalʼa), saroylar, ibodatxonalar va b. binolarning poydevori va meʼmoriy boʻlaklari topilgan. Ayniqsa, soʻnggi Xett davri topilmalari diqqatga sazovor. K. oʻziga xos xett-suriya madaniyati (meʼmorlik va haykaltaroshlik yodgorliklari, mixxat va iyeroglif yozuvlari) ning oʻziga xos markazi boʻlgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil