Iyerogliflar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Iyerogliflar (yun. hieros — muqad-das va qluphe — oʻyiq) — bir soʻz, boʻgʻin yoki tovushni ifodalashga xizmat qiluvchi fafik ifoda. I. ning eng qad.si Misr yozuvi belgilari boʻlib, mil. av. 4ming yillik oxirida qoʻllangan. Hoz. 5 mingga yaqin Misr iyeroglifi maʼlum. Misr I.i orasida quyidagilar fa-rqlanadi: 1) bir konsonatli belgilar (30 ga yaqin); bular misr tilidagi undosh tovushlarni ifoda etgan; 2) morfemalarni fonetik ifodalash uchun ikki va uch konsonantli belgilar; 3) bir butun soʻzni ifodalash uchun ide-ogrammalar; 4) determinatlar — soʻz maʼnosini aniqlashtiruvchi yordamchi (talaffuz etilmaydigan) ideografik belgilar.

I. termini yozuvning boshqa tizimlariga nisbatan ham ishlatiladi. Mas, qad. (mil. av. 2 minginchi yillar) va hozirgi Xitoy yozuvi, xat yozuvining (mil. av. 2—1ming yillar) turli tasviriy (mixxat boʻlmagan) belgilari va b. ga nisbatan qoʻllaniladi (qarang Xitoy yozuvi, Yapon yozuvi).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil