Xett podsholigi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xett podsholigi — Kichik Osiyodagi qad. davlat (mil. av. 18—12-asr boshlari). Tarkibiga xettlar, xattlar va boshqa etnik guruxlar kirgan. Xettlar podshosi Anittas davri (taxminan 18-asr)da Anatoliyaning baʼzi viloyatlari birlasha boshlagan. U Nesa, Xattusas sh.larini bosib olgan. Kussar shahrini poytaxt qilgan. Qad. xett sulolasining asoschisi — Labarna (17-asr boshlari) Xett podsholigi hududini kengaytirgan. Labarnaning vorisi Xattusilis I davri (17-asr oʻrtalari)da Kichik Osiyoning shim.dagi Salpa sh. va Kichik Osiyoning bir qancha jan.sharqiy viloyatlari batamom bosib olingan. U poytaxtni Xattusasga koʻchirgan. Xattusilis I ning oʻgʻli Mursilis I (17-asr oxiri) davrida Xett podsholigining harbiy qudrati nihoyatda oshgan. 14—12-asrlarda Xett podsholari Shim. Suriya va Shim. Mesopotamiyada yashaydigan xurriy qabilalardan boʻlgan. Podsho Suppiluliumas I (14-asr boshlari) uzoq davom etgan urushlardan keyin Mitanni (Shim. Mesopotamiyadagi qad. davlat)ni bosib olgan. Ugarit (Shim. Finikiyadagi qad. shahardavlat)ni oʻz vassaliga aylantirgan. Mursilis II hukmronligi (14-asr oxiri)dan boshlab Xett podsholigi bilan Misr oʻrtasida Suriya uchun kurash ketgan. 13-asr oxiri — 12-asr boshlarida Xett podsholigi oʻzaro urushlar, qaram viloyatlar va ittifoqdosh podsholiklarning ajralib ketishi tufayli inqirozga uchragan. Qad. X.P.ning oxirgi yirik podshosi Telepinu (16-asr oxiri) boʻlgan. Kichik Osiyoning sharqiga jan. va gʻarbdan xalqdarning koʻchib kelishi bilan podsholik barxam topgan.