Julianne Séguin
| Julianne Séguin | |
|---|---|
|
Séguin va Bilodeau | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Davlat |
|
| Tavalludi |
1996-yil 7-noyabr Montreal, Quebec, Kanada |
| Boʻyi | 1.56 m (5 ft 1 1⁄2 in) |
| Oldingi sheriklari | Charlie Bilodeau, Andrew Evans |
| Murabbiyi | Josée Picard, Marc-André Craig, Valerie Saurette |
| Jamoasi | CPA Longueuil |
| Uchishni boshlagan | 2002 |
| Yakunlagan | 2018 |
| Shaxsiy rekordlari | |
| Qisqa dastur | 71.40 |
| Erkin dastur | 136.90 |
Julianne Séguin (talaffuzi: Julianna Segen; 1996-yil 7-noyabrda tugʻilgan) — Kanada vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashuvchi muz raqqosasi. Sherigi Charlie Bilodeau bilan birga 2016 Skate America turnirining chempioni, 2015-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatining kumush medali sovrindori, 2014-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finali chempioni va uch karra Kanada milliy chempionatining medal sovrindori. Juftlik Kanada vakili sifatida 2018-yilgi Qishki Olimpiada ishtirok etib, o‘yinlarida 9-o‘rinni egallagan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Julianne Séguin 1996-yil 7-noyabrda Monrealda tugʻilgan. U Boucherville oʻrta maktabida „Sports-études“ dasturida oʻqigan. Julianne fransuz va ingliz tillarida gapira oladi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Segin 2012-yil noyabr oyida Charlie Bilodeau bilan juftlik hosil qilgan[1].
2013 — 2014-yilgi mavsum
[tahrir | manbasini tahrirlash]Séguin / Bilodeau juftligi xalqaro miqyosdagi musobaqada 2013-yilning kuzida debyut qilgan. 2013—2014-yilgi Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) tominidan oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida qatnashib, Chexiyada boʻlib oʻtgan musobaqada to‘rtinchi, Belarusiyada da esa beshinchi o‘rinni egallagan. Juftlik 2014-yilgi Kanada chempionatida oʻsmirlar toifasida qatnashib, kumush medalni qoʻlga kiritgan va 2014-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Kanada vakili sifatida ishtirok etgan[2].
2014 — 2015-yilgi mavsum
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasi davomida Seguin / Bilodeau juftligi Chexiya Respublikasining Ostrava shahrida boʻlib oʻtgan musobaqada rossiyalik Lina Fyodorova / Maksim Miroshkin juftligini ortda qoldirgan holda, oltin medalni qoʻlga kiritgan. Germaniyaning Drezden shahrida boʻlib oʻtgan Gran-prida ham yana bir oltin medalni qo‘lga kiritgan juftlikka Gran-pri finalida ishtirok etish uchun yo‘llanma berilgan. 2014-yil dekabr oyida Barselonada boʻlib oʻtgan soʻnggi Gran-pri musobasida juftlik Fedorova / Miroshkin juftligidan 9,79 ball farq bilan oltin medalni qoʻlga kiritgan[3].
Dasturlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bilodeau bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Mavsum | Qisqa raqs | Erkin raqs |
|---|---|---|
| 2017—2018 |
|
|
| 2016—2017 |
|
|
| 2015—2016 |
|
|
| 2014—2015 |
|
|
Natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Bilodeau bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Xalqaro | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|
| Musobaqa | 13—14 | 14—15 | 15—16 | 16—17 | 17—18 | 18—19 |
| Olimpiada | 9 | |||||
| Jahon chempionati | 8 | WD | 11 | 22 | ||
| Toʻrt qitʼa | WD | |||||
| GP finali | 4 | 5 | ||||
| GP Finlandiya | WD | |||||
| GP Fransiya | 3 | WD | ||||
| GP NHK | 4 | |||||
| GP Rostelecom | 5 | 5 | ||||
| GP Skate America | 3 | 1 | ||||
| CS Autumn Classic | 1 | 3 | ||||
| CS Nebelhorn | 5 | |||||
| Xalqaro: Oʻsmirlar | ||||||
| Jahon chempionati | WD | 2 | ||||
| JGP finali | 1 | |||||
| JGP Belarusiya | 4 | |||||
| JGP Chexiya | 4 | 1 | ||||
| JGP Germaniya | 1 | |||||
| Milliy | ||||||
| Kanada chempionati | 2-J | 3 | 2 | WD | 2 | |
| J = Oʻsmirlar darajasi; WD = musobaqani tark etgan | ||||||
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Golinsky, Reut. „Julianne Séguin and Charlie Bilodeau: "Let's have fun! Let's be crazy!"“. Absolute Skating (2016-yil 8-dekabr).
- ↑ „Séguin & Bilodeau withdraw from the 2017 Canadian Tire National Skating Championships“. Skate Canada (2017-yil 18-yanvar). 2017-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-dekabr.
- ↑ Yoshida, Hiro. „Julianne Séguin & Charlie Bilodeau Back on Track“. Europe on Ice (2017-yil 26-mart).