Yuriy Larionov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yuriy Larionov
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Yuriy Yuryevich
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Boʻyi 181
Sherigi Dinara Kalimulina, Vera Bazarova, Natalya Zabiyako
Shaxsiy rekordlari
Umumiy natija 201,61
Qisqa dastur 71,70
Erkin dastur 131,89

Yuriy Yuryvich Larionov (ruscha: Ларионов, Юрий Юрьевич; 1986-yil 19-avgust, Novosibirsk) — juftlikda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan rossiyalik figurali uchuvchi. Vera Bazarova bilan birgalikda Rossiya chempioni (2012), Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori (2012), Gran-pri finalining kumush medali sovrindori (2012) va Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi (2010, 2014) boʻlgan.

Larionov Rossiyaning xalqaro toifadagi sport ustasi[1]. 2012-yil dekabr holatiga koʻra, Larionov va Bazarova juftligi Xalqaro konkida uchish ittifoqi[2] reytingida uchinchi oʻrinni egallagan.

Vera Bazarova va Yuriy Larionov juftligi birinchi mavsumda xalqaro miqyosda chiqish qilib, oʻzlarining ilk oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida (2007) kumush medalni qoʻlga kiritdi. Bundan tashqari, oʻsha mavsumdaTayvanda oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri turnirida ikkinchi oʻrinni egallab, finalga yoʻllanma oldi va finalda yettinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Xuddi shu mavsumda ular Xitoy Respublikasida boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri turnirida ikkinchi oʻrinni egallab, finalga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Juftlik Gran Pri finalida yettinchi oʻrindan joy oldi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Juftlik 2007—2008-yilgi mavsumni Buyuk Britaniyada oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichida gʻolib boʻlgan holda, Germaniyada oʻtkazilgan bosqichda kumush medalni qoʻlga kiritish bilan boshladi. Ular Gran pri musobaqasining Skate America[3] turnirida juda yaxshi ishtirok etib, uchinchi oʻrinni egalladi. Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-prining finalida esa oltin medalni qoʻlga kiritdilar[4]. Juftlik kattalar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida oltinchi oʻrindan joy oldi.

Juftlik 2014-yilda Budapeshtda boʻlib oʻtgan figurali uchish boʻyicha Yevropa chempionatida uchinchi, Sochi Olimpiadasida esa oltinchi oʻrinni egallagan[5].

Yuriy sport faoliyatini tugatgandan soʻng, figurali uchish boʻyicha murabbiy sifatida ishlay boshladi. 2016-yilda u xorvatiyalik Lana Petranovich va Antonio Souza-Kordeira juftligiga murabbiylik qilgan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yuriy 2010-yilda Perm davlat pedagogika universitetini tamomlagan[4]. U 2016-yilning yozida uylangan. Oʻgʻli Yelisey 2016-yil 17-dekabrda dunyoga keldi.

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

(Dinara Kalimulina bilan birga)
Musobaqa 2004/2005
Oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempionati 12
(Natalya Zabiyako bilan birga)
Musobaqa 2005/2006
Rossiya chempionati 7

(Vera Bazarova bilan birga)

Musobaqa 2006/2007 2007/2008 2009/2010 2010/2011 2011/2012 2012/2013 2014/2015
Xalqaro
Olimpiya oʻyinlari 11 6
Jahon chempionati 8 5 6 7 7
Yevropa chempionati 5 3 2 3
Gran-pri finali 5 2
Yaponiya GP 2 1
Fransiya GP 2 2 4
Rossiya GP 4 2 2
AQSh GP 3 5
NRW Trophy 1
World Team Trophy 5
Nebelhorn Trophy 1 2
Xalqaro oʻsmirlar
Jahon chempionati 2
Gran-pri finali 7 1
Britaniya GP 1
Germaniya GP 2
Tayvan GP 2
Norvegiya 4
Milliy
Rossiya chempionati 7 6 3 3 1 2
Rossiya chempionati 2

GP-Gran pri

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]