Xalqaro konkida uchish ittifoqi
|
| |
| Turi | Xalqaro sport federasiyasi |
|---|---|
| Ishga tushgan sanasi | 1892-yil |
| Joylashuvi |
|
| Prezident |
|
| Vebsayti | isu.org |
Xalqaro konkida uchish ittifoqi[1] (inglizcha: International Skating Union ISU) — konkida uchish sport turlari: figurali uchish, konkida uchish va short-treklarni boshqaradigan xalqaro federasiya sanaladi.
1892-yilda Sxeveningenda (Niderlandiya) tashkil etilgan. Bu eng qadimgi xalqaro sport federasiyalaridan biridir. Tashkilotni yaratishdan maqsad konkida uchish sportining yagona qoidalari va me’yorlarini belgilash, xalqaro musobaqalarni tashkil etishdan iborat. 1895-yilda ISU faqat havaskorlar musobaqasiga e’tibor qaratishga qaror qildi. 1896-yil fevral oyida Sankt-Peterburg egidligi ostida birinchi chempionat o‘tkazildi[2] .
Ayni kunda federasiyaning bosh qarorgohi Shveysariyaning Lozanna shahrida joylashgan.
Tashkilot
[tahrir | manbasini tahrirlash]2008-yil yoz holatiga ko‘ra, ISU 63 ta davlat-a’zolaridan iborat bo‘lib, ulardan 11 tasi boshqaruv kengashi a’zolari sanaladi. Yig‘ilish kun tartibida har qanday taklif kiritish uchun to‘rt-besh nafar a’zolar qo‘llab-quvvatlashi zarur. Kun tartibiga doir takliflar uchdan ikki foizi yoki ko‘pchilikning ovozi bilan ma’qullanadi.
ISU prezidentlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1882-1894 yillar
Villem J. X. Mulyer - 1894-1924 yillar
Viktor Balk - 1925-1937 yillar
Ulrich Salchow - 1937-1945 yillar
Gerrit V. A. Van Laer - 1945-1953 yillar
Gerbert Klark - 1953-1967 yillar
Jeyms Koch - 1967-1967 yillar
Ernst Labin - 1967-1980 yillar
Jak Favard - 1980-1994 yillar
Olaf Paulsen - 1994-2016 yillar
Ottavio Cinquanta - 2016-2022 yillar
Yan Dykema - 2022 yildan beri
Kim Jayeol
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „arxiv nusxasi“. 2015-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-sentyabr.
- ↑ Ice Skating Champions
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy sayt(ingl.)