Narumi Takahashi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Narumi Takahashi
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Tavalludi 15-yanvar 1992-yil (1992-01-15) (32 yosh)
Yaponiya
Yashash joyi Tokyo
Boʻyi 1.46 m (4 ft 9 in)
Sherigi Ryo Shibata
Jamoasi Kinoshita Tokyo
Oldingi jamoalari Aqua Rink Chiba
Uchishni boshlagan 1997
Yakunlagan 2018
Shaxsiy rekordlari
Qisqa dastur 65.37
Erkin dastur 124.32

Narumi Takahashi (yaponcha: 高橋 成美; 1992-yil 15-yanvarda tugʻilgan) — Yaponiya vakili sifatida juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashgan sobiq figurali uchuvchi va olti karra Yaponiya milliy chempioni (2009-2012, 2014, 2015). Sobiq hserigi Mervin Tran bilan birga 2012-yilgi Jahon chemmpionatining bronza medali sovrindori, 2010-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatining kumush medali sovrindori va 2010 — 2011-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finali chempioni boʻlgan. Juftlik Yaponiya terma jamoasi sifatida jahon medalini qo‘lga kiritgan birinchi juftlik bo‘lgan. Shuningdek, Narumi Ryo Shibata, Ryuichi Kixara va Aleksandr Zaboyev bilan juftlikda konkida uchgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Narumi Takahashi besh yoshida konkida uchishni boshlagan. U 2002-yilda Yaponiyaning ayollar oʻrtasidagi yakka holda konkida uchish musobaqasida bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Tran bilan juftlikda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Takahashi / Tran, 2011-yil

Takahashi 2007-yilning iyul oyida Tran bilan birga mashgʻulot oʻtkazishni boshlagan. Birgalikda faoliyat yuritishlari davomida juftlik St. Leonardda mashq qilishgan va Yaponiya konkida uchish assotsiatsiyasidan mablagʻ olishgan.

Takahashi / Tran juftligi xalqaro de utini 2007 — 2008-yillardagi Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) tominidan oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida o‘tkazgan va ishtirok etgan bosqichlarida 12 va 6-o‘rinlarni egallagan[1]. Juftlik Yaponiya oʻsmirlar chempionatida gʻalaba qozonishgan va 2008-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun yoʻllanma olishgan. Chempionatida 15-oʻrinni egallagan.

2008 — 2009-yilgi mavsumda Takahashi / Tran juftligi oʻzining birinchi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida 4-oʻrinni egallagan. Ular ikkinchi bor ishtirok etayotgan huddi shunday musobaqalarida bronza medalini qoʻlga kiritib, 2008 — 2009-yilgi Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) tominidan oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finaliga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan va finalda ishtirok eyib, 7-oʻrinni egallagan. Juftlik 2008 — 2009-yillardagi Yaponiya chempionatida kattalar toifasi unvonini qoʻlga kiritgan. Juftlik 2009-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon musobaqasida 7-oʻrindan joy olgan[2].

Dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tran bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur Majburiy raqs
2012 — 2013

  • Ainʼt No Sunshine

    Bill Withers
Gigi (1958 film):
  • Main Title
  • You Never Told Me
  • Gigi’s Big Moment
  • Gastonʼs Decision
2011 — 2012

  • Concerto de Québec

    André Mathieu

2010 — 2011

  • Feeling Good

    Michael Bublé
  • El Día Que Me Quieras

    Raúl di Blasio

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Tran bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro
Musobaqa 07 — 08 08 — 09 09 — 10 10 — 11 11 — 12 12 — 13
Jahon chempionati 9 3
Toʻrt qitʼa 5 7 5
Gran-pri finali 6
Cup of China WD
GP NHK Trophy 8 3 2 WD
GP Rostelcom 2
GP Skate Canada 4
Xalqaro: Oʻsmirlar
Jahon chempionati 15 7 2 3
JGP finali 7 2 1
JGP Estoniya 12
JGP Germaniya 6 2
JGP Meksika 4
JGP Polsha 1
JGP Buyuk Britaniya 3 2
JGP AQSh 3
Milliy
Yaponiya chempionati 1 1 1 1
Oʻsmirlar oʻrtasidagi

Yaponiya chempionati

1
WD: Musobaqani tark etgan;

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Figure skating: Takahashi-Tran dissolve pair combo“. Kyodo News. Mainichi Shimbun (2012-yil 19-dekabr). 2012-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Skater Takahashi pairs up with Kihara“. Jiji-Daily Yomiuri (2013-yil 31-yanvar). 2013-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan.