Jigarband

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

JigarbandAmudaryoning Tuyamoʻyin qoyalari orasida (360 m gacha toraygan joyida) bino qilingan qad. istehkom harobasi. Mahalliy nomi forscha — dahani sher (sher ogʻzi), arabcha — sakri shayton (shayton toʻgʻoni). 1945 yilda akad. Ya. Gʻ. Gʻulomov tomonidan tekshirilgan. J. mil. av. 3—2 a.larda barpo qilinib, Chingizxon istilosi (13-asr) dan keyin harobaga aylangan. 100x80 m kattalikdagi J. muhim strategik ahamiyatga ega boʻlgan yerda joylashgan boʻlib, yaqinida shu nomdagi rabot va qishloq boʻlgan. J. Xorazm vohasiga boriladigan suv va quruqlikdagi yoʻlni muhofaza qilib turgan. V. Bartold fikricha, J. qishlogʻi oʻrnida oʻrta asrda Jaʼfarband sh. joylashgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil