Jalil Mamadqulizoda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Jalil Mamadqulizoda (taxallusi Mulla Nasriddin, 1866.22.2, Naxi-chevan-Arake — 1932.4.1, Boku) — ozarbayjon yozuvchisi, jamoat arbobi va jurnalist. "Mulla Nasriddin" nomli hajviy jur. asoschisi (Tiflis, 1906 — 31). M. qisqa hikoyaning ustasi, satirik talanti koʻproq shu janrda namoyon boʻlgan. Ilk asari — "Eshakning oʻgʻirlinishi" qissasi 1894 yil nashr etilgan. M. "Donobosh qishlogʻidagi voqealar" (1894), "Pochta qutisi", "Us t a Zaynal" (1906), "Oʻliklar" (1909), "Telbalar yigʻini" (1936) va boshqa asarlar muallifi. "Onamning kitobi" (1919), "Donobosh qishlogʻining maktabi" (1921) kabi hajviy asarlarida ozarbayjon xalqining milliy uygʻonishi koʻrsatilgan. M.ning xalqona va oʻz davrining dolzarb muammolari koʻtarilgan hajviy asarlari ozarbayjon, fors va turk adabiyotida satira janrining rivojida muhim oʻrin tutadi. Ayrim asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil