Tanqid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Adabiy tanqiddan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Tanqid — 1) biror narsaga baho berish maqsadida uni taxlil qilish, muhokama qilish (mas., adabiy tanqid); 2) muayyan narsa haqida salbiy fikr bildirish; 3) kamchiliklarni atroflicha asoslash va hal etish maqsadida bildiriladigan fikrmulohazalar yigʻindisi. Shu jihatdan T.ga taraqqiyot omili sifatida qaraladi. T. asosli boʻlsa, uni hisobga olish mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga olib kelib, taraqqiyotga ijobiy taʼsir qiladi. T. ayrim hollarda arzimas nuqsonlarni boʻrttirib koʻrsatish, erkin fikr bildirish imkonini suiisteʼmol qilish evaziga mavjud muhitda keskinlikni yuzaga keltirishi mumkin. T. ayrim shaxe, guruh, jamoaga, aniqrogʻi, ular faoliyatining natijalariga ham qaratiladi. Bunda shaxeiy manfaatlar bilan umum manfaatlari uygʻunligi taʼminlansa, tanqidiy fikrlar umum manfaatiga xizmat qiladi.