Jahon chorvachiligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jahon chorvachiligi — yengil sanoatning oziq ovqat tarmogʻida kundalik (goʻsht, sut, tuxum, asal) mahsulotlarni, shuningdek sanoat ishlab chiqarishda (teri, jun, pilla, moʻyna) muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Jahon chorvachiligining tarmoqlari tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jahon chorvachiligi pillachilik, qoramolchilik, choʻchqachilik, yilqichilik, asalarichilik, tuyachilik kabi tarmoqlarga boʻlinadi. Jahonda jahon chorvachiligining tarqalish hududlariga koʻra davlatlarning tabiiy sharoiti, iqlimiy-agroresurs salohiyati, inson omili, hudud katta kichikligi muhim rol oʻynaydi. Jahon chorvachiik tarmogʻlari turlicha tarqalgan. Masalan, jahonda qoramollar sonida Hindiston, Argentina, Braziliya, AQSh va Xitoy davlatlari alohida ajralib turadi.

Qoramolchilik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jahon chorvachiligining yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblangan qoramolchilik

Millliy iqtisodiyotdagi qishloq xoʻjaligining eng yirik tarmoqlaridan biri hisoblanandi, aholini kundalik oziq ovqat mahsulotlari bilan taʼminlab beradi, qishloq xoʻjaligining melioratsiya ishlarida qoramolchilikdan chiqgan chiqindilar qishloq xoʻjaligi yerlarida unumdorlik darajasi oshirib berishga xizmat qiladi. Qoramolchilik aholi oziq ovqat isteʼmol tarkibidagi goʻshtning 1/3 qismini, shuningdek sutning 9/10 qismini yetkazib beradi. Jahondagi qoramollarning yarmidan koʻpi Yevroosiyo materigida joylashgan davlatlarda boqiladi. 2021-yil holatida jahonda qoramollarning umumiy soni 1 000 967 000 tani tashkil etadi yoki 2020-yilga nisbatan 13 216 000 taga koʻp hisoblanadi[1].

Jahondagi eng yirik qoramollar soniga ega davlatlar
Mamlakat 2020-yilda qoramollar soni (ming) 2021-yilda qoramollar soni (ming) Yillik farq (ming)
Argentina bayrogʻi Argentina 54461000 53831000 −630000
Avstraliya bayrogʻi Avstraliya 23690000 23217000 −473000
Belorussiya bayrogʻi Belarus 4295000 4300000 5000
Braziliya bayrogʻi Braziliya 244144000 252700000 8550000
Kanada bayrogʻi Kanada 11265000 11150000 −115000
Xitoy bayrogʻi Xitoy 91380000 95620000 4240000
Misr bayrogʻi Misr 7645000 7850000 205000
Yevropa Itifoqi 86620000 85545000 −1075000
Hindiston bayrogʻi Hindiston 303200000 305500000 2300000
Yaponiya bayrogʻi Yaponiya 3907000 3922000 15000
Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi 3645000 3774000 129000
Meksika bayrogʻi Meksika 16900000 17000000 100000
Yangi Zelandiya bayrogʻi Yangi Zelandiya 10151000 10063000 −88000
Rossiya bayrogʻi Rossiya 18022000 17953000 −69000
Ukraina bayrogʻi Ukraina 3197000 3001000 −196000
AQSH bayrogʻi AQSh 93793000 93595000 −198000
Urugvay bayrogʻi Urugvay 11436000 11946000 510000

Pillachilik[tahrir | manbasini tahrirlash]

io=pakchilik
Pillachilik

Pillachilik ipak qurti boqish va ipakchilik majmui sanaladi. Pillachilik jahonda Ipakchilikning xom ashyo bazasi hisoblanadi. Jahondagi koʻplab qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan davlatlar va rivojlangan mamlakatlarda pillachilik yaxshi rivojlangan. Jumladan eng katta pillachilik salohiyatiga ega boʻlgan mamlakatlar Hindiston, Pokiston, Oʻzbekiston va Xitoy kabi davlatlar sanaladi. Pillachilik uchun muhim ozuqa manbai tut daraxti hisoblanadi, asosiy pillachilikning 90 % (tut daraxti orqali pillachilik) va tut daraxtisiz pilla yetishtirishning 100 % Osiyo mamlakatlari hissasiga toʻgʻri keladi. Pillachilik negizida yengil sanoatdagi asosiy xom ashyoga aylangan ipakchilik tarmogʻi tarkib topadi. Jahonda ipakchilik toʻqimachilk sanoatining 0,2 % ni tashkil etadi. Pillachilk negizida tarkib topgan ipakchilik faqatgina jahonning 60 ta mamlakatida yetishtiriladi. Ipakchilik tarmogʻi Hindistonda 7 900 000 aholini, Tailandda esa 20 000 kishini ish bilan taʼminlaydi[2].

Ipakchilik
Jahonda ipak yetishtirishda yetakchi davlatlar

Yilqichilik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jahon chorvachiligining ushbu tarmogʻi bundan 4 000 yil oldin Yevropa va Osiyoda tashkil etila boshlangan. Eng yirik yilqichilikning markazlari Oʻrta Osiyo hisoblangan, yilqichilikning dunyo boʻylab tarqalishida avval Oʻrta Osiyoda janubiy-gʻarbiy Osiyoga va Afrikaga tamon tarqala boshlagan. Yilqichilik tarmogʻi jahon mamlakatlarining oziq ovqat tarmogʻini sut va goʻsht bilan taʼminlab beradi. Dunyoda otlarning umumiy soni boʻyicha AQSh, Meksika va Xitoy davlatlari yetakchilik qiladi[3].

ot
Yilqilar (Otlar)
Dunyodagi otlar soni eng koʻp boʻlgan davlatlar (2018-yil, mln bosh hisobida)
Davlat Million bosh ot
1 AQSH bayrogʻi AQSh 10,26
2 Meksika bayrogʻi Meksika 6,35
3 Xitoy bayrogʻi Xitoy 6,05
4 Braziliya bayrogʻi Braziliya 5,45
5 Argentina bayrogʻi Argentina 3,6
6 Mogʻuliston bayrogʻi Mongoliya 3
7 Efiopiya bayrogʻi Efiopiya 2,3
8 Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 1,79
9 Rossiya bayrogʻi Rossiya 1,4

Asalarichilik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloq xoʻjaligi va oziq ovqat sanoati tarmoqlaridan biri hisoblanandi. Asalarichilik oziq ovqat sanoatida mum, asal va boshqa mahsulotlar olinadi. Qishloq xoʻjaligi sohasida esa dehqonchilik mahsulotlari va boshqa turdagi oʻsimliklarni changlatishda keng foydalaniladi. Asalarichilikning rivojlanishi turli bosqich davrlarga boʻlinadi. Asalarichilikning ilk davrida asalari inlari togʻlarda, qoyalarda, daraxt kovoklarida va gʻorlarda saqlangan. Asalarichilik xoʻjaligi XX asrning 20-yillarida tarkib topa boshladi. Dunyo boʻyicha tabiiy asal yetishtirishda Turkiya, Janubiy Koreya, AQSh, Ispaniya, Rossiya, Meksika, Hindiston, Efiopiya, Xitoy va Pokiston davlatlari yetakchilik qiladi[4].

asalarichilik
Asalari

Tuyachilik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jahon mamlakatlarida oziq ovqat tarmog‘ida muhim bir qismi hisoblangan tarmoq hisoblanib, tuyachilik tabiiy iqlimiy sharoitlarga mos holatda rivojlangan. Tuyachilik orqali sut, moʻyna, teri va goʻsht mahsulotlari olinadi. Tuyachili Afrika mamlakatlari (Sahroi Kabir mamlakatlarida asosan) va Osiyo mamlakatlarining dasht, cho'l, chalachoʻl hududlarida boqiladi. Jahonda tuyalar sonida Somali, Sudan, Efiopiya, Niger, Mavritaniya kabi davlatlar yetakchilik qiladi[5].

tuya
Jahon chorvachiliging tuyachilik tarmogʻi
tuyalar soni
Jahonda tuyalar soni boʻyicha yetakchi davlatlar

Qoʻychilik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jahon oziq ovqat tarmogʻida muntazam goʻsht mahsuloti bilan taʼminlab beruvchi va sanoatga teri, jun yetkazib beruvchi yirik tarmoqlardan biri sanaladi. Jahon mamlakatlarida qoʻylarning umumiy soni boʻyicha Xitoy yetakchilik qiladi, mamlakatda 127,1 mln bosh qoʻylar mavjud. Avstraliya-119,6 mln bosh, Hindiston davlatida esa 57,6 mln bosh, Yangi Zelandiyada 46,1 mln bosh, Afrikadagi Sudan davlatida esa 42,5 mln bosh, Pokiston 31,3 mln bosh, Turkiya 30,2 mln bosh, Turkiya 30,2 mln bosh va Afgʻonistonda 14,3 mln bosh qoʻylar mavjud. Oʻzbekistonda 12 mln bosh qoʻy va echkilar bor.

qoʻylar
Qoʻychilik tarmogʻi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]