Ikrom domla

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ikrom domla, Mulla Ikromcha (taxalluslari; asl ismi Muhammad Ikrom ibn Abdusalom, 1847 — Buxoro — 1925) — Buxorodagi taraqqiyparvar ulamolardan, mufti va mudarris. Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Ahmad Donishning maʼrifatparvarlik gʻoyalariga qoʻshilib, madrasalardagi taʼlim tizimini tanqid qilgan, uni isloh kilish yoʻllarini ishlab chiqqan. 20-asr boshlarida mufti sifatida Buxorodagi jadid — yangi usul maktablarink mulla Abdurazzoq boshchiligidagi qadimiychilarning guruxlaridan himoya qilgan. "Bedorin xobidagan va ogahi nodonon" ("Uyqudagilarning uygʻonishi va nodonlarning ogoh boʻlishi", 1910) risolasida Buxorodagi amirlik tuzumidan norozilik kayfiyatlari aks ettirilgan. Ushbu risoladan soʻng I. D. Buxorodan surgun qilinib, Peshkuga qozi qilib joʻnatilgan (1912—14). Buxoroda 1917y. aprel na-moyishidan keyin I.D. Gʻuzorda qamoqqa olinadi. BXSR tuzilgach, qisqa muddat maʼmuriy idoralarda xizmat qiladi.

I.D. Buxoroda koʻplab shoirlarga, jumladan, Ayniyga ustozlik va homiylik qilgan. Fayzulla Xoʻjayev va Ayniy oʻzlarining Buxoro inqilobi tarixiga bagʻishlangan asarlarida I.D.ning taraqqiyparvarlik faoliya-tiga yuksak baho berishgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Ayniy S, Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar, Asarlar, 1-j., T., 1963;’ Xoʻjayev F., Buxoro inqilobining tarixiga materiallar, T., 1997.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil