Halovard

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Halovardoʻrta asrlardagi Vaxsh viloyatining markazi. Kofirqalʼa shahri xarobasi oʻrnida joylashgan. 10-asr

da H. Hulbukdan katta boʻlgan. Shahar atrofida koʻplab bogʻ-rogʻlar, hosildor yerlar boʻlib, aholi dehqonchilik bilan shugʻullangan. Shahar aholisi mohir kamonboz boʻlishgan. H. Vaxsh daryosidan maxsus chiqarilgan (67-asrlar) Kofir kanalidan suv ichgan. Ilk oʻrta asrdagi H. arkida budda sajdagohi topilgan, unda hokim va uning oila aʼzolari ibo-dat qilishgan. Saroyda oʻtkazilgan qazishmalar natijasida braxmi yozuvi bilan bitilgan 50 ga yaqin qoʻlyozma parchalari topilgan. Arablar istilosi natijasida (750 y.) H. vayron boʻlib, shahar yangi hududda, Kofirqalʼadan 12 km shim.-gʻarbda Vaxsh daryosi boʻyida qayta barpo etilgan. U hozirgi Lagʻmon shahri xarobasiga toʻgʻri keladi. Uning umumiy maydoni 100 gaga yaqin boʻlib, mudofaa devori bilan oʻralgan; 4 ta darvozasi, kuzatuv minoralari boʻlgan. Shahar ayrim yerlarda 2 qator mudofaa devori bilan oʻralgan. 10—13-asr boshlarida rav-naq topgan. Shahardagi deyarli barcha turar joylar pishiq gʻishtdan ishlangan, koʻcha va maydonlarga toshlar yotqizilgan. H.da Vaxshning zarbxonasi joylashgan. Shahar moʻgʻullar istilosi natijasida vayron boʻlgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Kamal iddinov Sh.S.. Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyaz1chn1M istochnikam IX — nachala XIII vv.. T., 1996.