Kofirqalʼa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kofirqalʼa — qad. shahar harobasi (milodiy 348-asr). Oʻrta asrlarda Vaxsh viloyatining bosh shahri Halovard K. oʻrnida boʻlgan. K. Kolhozobod shahri (Tojikiston)ning gʻarbiy chekkasida joylashgan. Maydoni 12 ga. Ark, shahriston va raboddan iborat. Shaxristonning gʻarbiy darvozasidan sharqiy darvozasi tomonga asosiy va markaziy koʻcha oʻtgan boʻlib, u shaharni teng 2 qismga ajratgan. Shaharning markazida katta maydon boʻlgan.Shaharning asosiy koʻchasi boʻylab hunarmandlarning turar joylari joylashgan. Shahriston arkka oʻxshab paxsadan ishlangan 2 qator mudofaa devori bilan oʻrab olingan. Shahristonning gʻarbiy darvozasi yaqinida, ichki tomonda omborxona joylashgan, unda shaharga kelgan dehqon va savdogarlardan soliq oʻrnida olingan oziq-ovqatlar saqlangan. Ark shaxristonning shim-sharqiy qismida joylashgan boʻlib, undan keng xandaq bilan ajratilgan. Bu yerdan qad. saroy oʻrnida milodiy 7-asrda qurilgan hukmdor saroyi qoldiqlari topilgan. Har ikki saroy, yaʼni qad. va soʻnggisining devorlari manzarali suratlar va haykalchalar bilan bezatilgan. Qad. saroy 5-asr da soʻnggi kushon davri inshooti oʻrnida bunyod etilgan. Soʻnggi saroy qadimgiga nisbatan kengroq hududni egallagan va undan oʻzining qurilish tarhi bilan ajralib turgan. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, K. oʻrnidagi shahar Kushon podsholigi davrida vujudga kelgan va ilk oʻrta asrlarda ham rivojlanishda davom etgan. K.dagi hayot 8-asr oʻrtasida (750 yil), arablar istilosi natijasida tugagan.

Ad:. Kamaliddi nov Sh.S., Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toharistana po araboyazichnim istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil