Guti
Guti Real Madrid klubi safida to'p surmoqda, 2008-yil | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | José María Gutiérrez Hernández[1] | ||
Tavallud sanasi | 31-oktyabr 1976-yil[1] | ||
Tavallud joyi | Torrejón de Ardoz, Ispaniya | ||
Boʻyi | 1.85 m[1] | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1986-1994 | Real Madrid | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1994-1995 | Real Madrid CF | 3 | (0) |
1995-1996 | Real Madrid B | 26 | (11) |
1995-2010 | Real Madrid | 387 | (46) |
2010-2011 | Beşiktaş J.K. | 23 | (7) |
Milliy terma jamoa | |||
1995 | Ispaniya U18 | 4 | (1) |
1996-1998 | Ispaniya U21 | 8 | (1) |
1999-2005 | Ispaniya | 13 | (3) |
Boshqargan klublari | |||
2013-2018 | Real Madrid CF | ||
2018-2019 | Beşiktaş (yordamchi) | ||
2019-2020 | Almería | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
José María Gutiérrez Hernández (talaffuzi: Xose Mariya Gutierrez Ernandes; 1976-yil 31-oktabrda tugʻilgan), Guti nomi bilan tanilgan, ispaniyalik sobiq professional futbolchi, hujumkor yarim himoyachi, hozirda esa murabbiylik faoliyatini olib bormoqda.
U deyarli toʻliq faoliyatini "Real Madrid" klubi safida oʻtkazdi — 542 ta rasmiy oʻyinda maydonga tushdi va vitse-sardor sifatida ishladi. Klubda 15 ta sovrin, xususan, uchta Chempionlar Ligasi va beshta La Liga chempionligini qoʻlga kiritdi[2]. Shuningdek, u Turkiyaning Beshiktosh klubi bilan professional musobaqalarda qatnashgan.
Guti Ispaniya terma jamoasida 13 ta oʻyinda maydonga tushgan. Uning debyuti esa 1999-yilga toʻgʻri keladi.
Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Real Madrid[tahrir | manbasini tahrirlash]
Madrid hamjamiyatining Torrexon de Ardos shahrida tugʻilgan Guti 1986-yilda "Real Madrid „ kanterasida oʻynashni boshlagan, dastlab hujumchi sifatida, keyin esa yarim himoyachi ampulasiga oʻtgan va faoliyatining katta qismini shu pozitsiyada oʻynab oʻtkazgan. 1995-yil 2-dekabrda, u asosiy tarkibdagi debyutini “Sevilya" klubiga qarshi oʻyinda (4:1) oʻtkazdi[3] va umumiy hisobda toʻqqizta oʻyinda bitta gol urishga muvaffaq boʻldi[4].
Guti 1997-yilda La Liga va Ispaniya Superkubogi gʻolibi boʻldi. 1997-98-yillarda Merengues klubiga UEFA Chempionlar Ligasi va Qitʼalararo Kubogiga chiqishda yordam berdi, futbolchining oʻzi esa UEFA U-21 gʻolibligini ham qoʻlga kiritdi.
1999-2000-yillar Guti uchun yomon boshlandi. Klarens Zeedorfning oʻrnini egallash mas’uliyati bilan kurashib, „Real Sosedad“ klubiga qarshi oʻyinda raqib futbolchisini tepgani uchun maydondan chetlatildi[5]. Bu salbiy xususiyat tez-tez takrorlanib turdi, chunki unga ligada faqat sakkiz oʻyinda imkoniyat berilgan edi[6]. U Chempionlar ligasini qoʻlga kiritgan mavsumda 28 oʻyinda 6 ta gol urdi. Keyingi yili u oʻzining eng yaxshi mavsumlaridan birini oʻtkazdi, 14 marta raqib darvozasini ishgʻol qildi va mavsum davomida Fernando Morientesning oʻrniga maydonda hujumchi sifatida oʻynadi. Undan tashqari, u jamoaning 27-liga chempionligi va keyinchalik yana bir mamlakat Superkubogini qoʻlga kiritishiga katta hissa qoʻshdi[7].
Guti 2001-2003-yillarda 63 oʻyinda 8 ta gol urdi va 2001-2002-yilgi Chempionlar Ligasida gʻalaba qozongan mavsumda toʻqqizta oʻyinda uchta gol urdi. 2002-yilning yozida, klub Ronalduni sotib olganidan soʻng, yarim himoyaga qaytdi va uning gol urish darajasi keskin tushib ketdi.
Guti 2004-05-yilgi mavsumda gol urish boʻyicha oʻzining eng past koʻrsatkichini qayd etdi. 2005-yilning fevralida, San-Marinoga qarshi oʻyinda bitta gol urdi. 2005-2006-yillarda 43 oʻyin oʻtkazdi va 6 bor gol urdi (toʻrttasi ligada va ikkitasi Yevropa musobaqalarida).

Ramon Calderonning klub prezidenti etib saylanishi va undan soʻng "Milan" jamoasining braziliyalik yulduzi Kakani „Real Madrid“ga olib kelishga vaʼda berishi bilan Gutining "Santyago Bernabeu" stadionidagi kelajagi ishonchsiz boʻlib koʻrindi. U "Atletiko Madrid" klubiga oʻtishi mumkin edi, ammo oxir-oqibat Kakaning Italiyada qolishi bilan u ham „Real“ ni tark etmadi[8].
Zinedin Zidan nafaqaga chiqqanidan soʻng, Guti oʻzini 2006-2007-yilgi mavsumda kreativ pleymeyker sifatida koʻrdi, bu uning oʻziga maʼqul boʻlgan pozitsiya edi[9]. „Real Madrid“ ning liga oʻyinlarida koʻplab gollar urdi. Oxir-oqibat uning jamoasi 30-marta Ispaniya chempionligini qoʻlga kiritdi[10].
2008-yil 10-fevralda, Guti „Real Valyadolid“ klubiga qarshi uy uchrashuvida ikkita gol urdi va toʻrtta golli uzatmani amalga oshirdi va oʻyinning eng yaxshi oʻyinchisi sovrinini qoʻlga kiritdi[11]. Uning jamoasi oʻsha kechada 7:0 hisobida gʻalaba qozondi va yakunda yana bir bor chempionlik kubogini boshi uzra koʻtardi[12].
2009-2010-yillarda, Kaka bilan birga, Guti hamon yaxshi oʻyinlar namoyish qilar edi[13][14]. Biroq, oktabr oyi oxirida, Ispaniya Kubogining 32-turida „AD Alkoron“ klubi ustidan 4:0 hisobida magʻlubiyatga uchraganidan soʻng, tanaffusda murabbiy Manuel Pellegrinini haqorat qildi, keyin esa uzoq vaqt davomida oʻyinlardan chetlatildi[15]. Safga qaytganidan soʻng ham jarohatlar oldi[16], ammo braziliyalik Kakada ham jismoniy tomondan muammolar borligi sababli mavsum oxirigacha muntazam maydonga tushishga muvaffaq boʻldi[17].
Beshiktosh[tahrir | manbasini tahrirlash]
2010-yil 25-iyulda, Guti 25 yillik faoliyatdan soʻng „Real“ni tark etdi[18][19]. Natijada, u „Beshiktosh“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[20][21]. U Istanbul klubidagi ilk oʻyinida (Bucaspor klubi bilan) yagona golga assistentlik qildi[22].
Guti 2010-yil 28-noyabrda, „Beshiktosh“ning "Galatasaroy"ga qarshi o‘yindagi g‘alabasida bitta gol va bitta golli uzatma amalga oshirdi. Bu jamoaning Ali Sami Yen stadionidagi 6 yildagi ilk gʻalabasi edi[23]. 2011-yilning 11-mayida, uning jamoasi Turkiya kubogida Istanbul Buyukshehir Belediyespor klubiga qarshi penaltilar seriyasida gʻalaba qozondi (2:2, penaltilar seriyasi 4:3). Bu uning professional faoliyatidagi ilk mamlakat kubogi edi[24].
Yangi bosh murabbiy Carlos Carvalhal tayinlanganidan soʻng, Guti 2011-12-yilgi mavsumda Beshiktosh uchun keraksiz oʻyinchi boʻlib qoldi[25] va 2011-yil 15-noyabrda, 35 yoshida, oʻzining futbolchilik faoliyatini yakunladi[26].
Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Guti 1999-yil 5-maydan Ispaniya terma jamoasi aʼzosi boʻlgan[27]. Guti o‘z mamlakati uchun hech qanday turnirning final bosqichida qatnasha olmadi va taxminan olti yil ichida jami 13 ta o‘yinda g‘alaba qozondi.
U 1995-yilda 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida, keyin esa 1998-yilda, 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan.
Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Guti 2012-yilning 21-sentabrida futbolchilik faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi va "Men sport direktori yoki murabbiy bo‘lish uchun mashg‘ulot o‘tkazaman va yoshlarni tarbiyalamoqchiman. „Real Madrid“ yoshlar jamoasini boshqarishni juda xohlardim. Bu mening orzuim", deb aytdi[28]. U 2013-yilda menejer sifatida ish boshladi va bir necha yil davomida „Real Madrid“ yoshlari bilan ishladi.
2018-yilning 4-iyulida, Guti sobiq jamoasi Beshiktoshda Shenol Guneshning yordamchisi etib tayinlandi[29]. 2019-yil 5-noyabrda, u Ispaniya Segundasi UD Almeriya klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi[30]. Keyingi fevralda u magʻlubiyatdan keyin oʻyinchilar bilan tungi klubga borgani haqidagi mish-mishlar isbotlansa, isteʼfoga chiqishini va maoshini qaytarishini aytdi[31]. 26-iyunda, uning jamoasi AD Alkoron[32] klubidan 0:1 hisobida magʻlubiyatga uchraganidan keyin ishdan boʻshatildi va uning oʻrnini Mario Silva egalladi[33].
Oʻyin uslubi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Dastlab hujumchi boʻlgan Guti keyinchalik isteʼdodli pleymeykerga aylandi. Oʻzining qarashlari, texnikasi, kreativligi, toʻp uzatishi va jamoadoshlariga assistentlik qilish qobiliyati bilan mashhur edi. U odatda hujumchilar orqasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynardi. Undan tashqari, ikkinchi hujumchi, qanot yoki himoyaviy yarim himoyachi sifatida oʻynashga qodir edi[9][34][35][36].
Oʻzining isteʼdodiga qaramay, Guti jarohatlarga moyil edi. U, shuningdek, baʼzi ekspertlar tomonidan nomuvofiqlikda va yomon ish uslubida ayblangan edi[37].
Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Guti 1999-yil 22-iyunda ispan televideniyesining mashhur yulduzi Arancha de Benito bilan turmush qurdi. Er-xotin qariyb oʻn yillik hayotidan soʻng ajrashishdi. Ulardan Zaira va Aitor ismli ikki farzandi qoldi[38]. 2016-yil 14-iyulda, u argentinalik teleboshlovchi Romina Belluscioga uylandi va ulardan 2013-yilda Enzo ismli farzand dunyoga keldi[39].
Gutining amakivachchasi Javi Hernandes ham „Real Madrid“ yoshlar klubi safida toʻp surdi[40].
Boshqa faoliyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Guti "Torrente 3: El Protector" va "Goal II: Living the Dream" filmlarida suratga tushgan[41]. 2005-yilda, Real Madrid haqidagi "Real, The Movie" nomli hujjatli filmda koʻrinish berdi[42][43].
Faoliyatidagi statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Yevropa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizyon | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
Real Madrid C | 1994-95 | Segunda División B | 2 | 0 | — | — | — | 2 | 0 | |||
1995-96 | 1 | 0 | — | — | — | 1 | 0 | |||||
Jami | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | ||
Real Madrid B | 1995-96 | Segunda División | 26 | 11 | — | — | — | 26 | 11 | |||
Real Madrid | 1995-96 | La Liga | 9 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 9 | 1 | |
1996-97 | 14 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | — | 17 | 0 | |||
1997-98 | 17 | 1 | 1 | 0 | 2 | 0 | 2 | 0 | 22 | 1 | ||
1998-99 | 28 | 1 | 4 | 2 | 4 | 0 | — | 36 | 3 | |||
1999-2000 | 28 | 6 | 4 | 1 | 10 | 1 | 3 | 0 | 45 | 8 | ||
2000-01 | 32 | 14 | 0 | 0 | 12 | 4 | 2 | 0 | 46 | 18 | ||
2001-02 | 29 | 4 | 7 | 6 | 9 | 3 | 1 | 0 | 46 | 13 | ||
2002-03 | 34 | 4 | 3 | 2 | 15 | 5 | 2 | 2 | 54 | 13 | ||
2003-04 | 26 | 2 | 8 | 1 | 9 | 0 | 2 | 0 | 45 | 3 | ||
2004-05 | 31 | 0 | 0 | 0 | 8 | 0 | — | 39 | 0 | |||
2005-06 | 33 | 4 | 4 | 0 | 7 | 2 | — | 44 | 6 | |||
2006-07 | 30 | 1 | 0 | 0 | 7 | 0 | — | 37 | 1 | |||
2007-08 | 32 | 3 | 4 | 1 | 7 | 0 | 2 | 0 | 45 | 4 | ||
2008-09 | 18 | 3 | 1 | 0 | 6 | 0 | 2 | 0 | 27 | 3 | ||
2009-10 | 26 | 2 | 1 | 0 | 3 | 1 | — | 30 | 3 | |||
Jami | 387 | 46 | 40 | 13 | 99 | 16 | 16 | 2 | 542 | 77 | ||
Beşiktaş | 2010-11 | Süper Lig | 22 | 7 | 6 | 3 | 9 | 1 | — | 37 | 11 | |
2011-12 | 1 | 0 | 0 | 0 | 2 | 1 | — | 3 | 1 | |||
Jami | 23 | 7 | 6 | 3 | 11 | 2 | — | 40 | 12 | |||
Umumiy statistikasi | 439 | 64 | 46 | 16 | 110 | 18 | 16 | 2 | 611 | 100 |
Terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]
Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|---|
Ispaniya [46] | 1999 | 1 | 0 |
2000 | 2 | 0 | |
2001 | 0 | 0 | |
2002 | 3 | 1 | |
2003 | 4 | 1 | |
2004 | 2 | 0 | |
2005 | 1 | 1 | |
Jami | 13 | 3 |
- Ballar va natijalar birinchi boʻlib Ispaniyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni Gutining har bir golidan keyin hisobni koʻrsatadi:
No. | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2002-yil 12- oktabr | Karlos Belmonte, Albasete, Ispaniya | ![]() ![]() |
2-0 | 3-0 | UEFA Yevro 2004 saralashi |
2 | 2003-yil 12- fevral | Son Moix, Palma, Ispaniya | ![]() |
3-1 | 3-1 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
3 | 2005-yil 9- fevral | Juegos Mediterráneos, Almeria, Ispaniya | ![]() ![]() |
4-0 | 5-0 | 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻyinchi sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]
Real Madrid
- La Liga: 1996-97, 2000-01, 2002-03, 2006-07, 2007-08
- Ispaniya Superkubogi: 1997, 2001, 2003, 2008
- UEFA Chempionlar Ligasi: 1997-98, 1999-2000, 2001-02
- UEFA Superkubogi: 2002
- Qitʼalararo kubok: 1998, 2002
Beshiktosh
- Turkiya kubogi: 2010-11
Ispaniya U18
- 18 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasida Yevropa chempioni: 1995-yil
Ispaniya U21
- 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasida Yevropa chempioni: 1998-yil[47]
Shaxsiy
- Ispaniya Kubogining eng yaxshi toʻpurari: 2001-02[48]
- La Ligada eng yaxshi assistent: 2007-08[49]
Murabbiy sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]
Real Madrid yoshlari
- Juvenil de Futbol divizioni: 2016-17[50]
- Copa de Campeones Juvenil de Fútbol: 2016-17[50]
- Copa del Rey Juvenil de Fútbol: 2016-17[50]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 1,2 „José María Gutiérrez Hernández, "GUTI"“ (es). Qaraldi: 5-noyabr 2019-yil.
- ↑ López Canencia. „Guti, la eterna promesa del Madrid que deja vacante el dorsal 14“ (es). RTVE (25-iyul 2010-yil). Qaraldi: 8-iyun 2017-yil.
- ↑ Carbajosa, Carlos. „Los niños ponen patas arriba el Bernabéu“ (es). Mundo Deportivo (3-dekabr 1995-yil). Qaraldi: 8-iyun 2017-yil.
- ↑ Alvarado, Arturo. „Diez minutos inspirados salvan al Real Madrid“ (es). Mundo Deportivo (13-may 1996-yil). Qaraldi: 8-iyun 2017-yil.
- ↑ „Vicente Del Bosque no consigue sacar al Madrid del ostracismo“ (es). El Mundo (21-noyabr 1999-yil). Qaraldi: 8-iyun 2017-yil.
- ↑ Santos Chozas, Sergio. „Ramos ya es el tercer jugador más expulsado en Liga“ (es). Diario AS (3-aprel 2016-yil). Qaraldi: 8-iyun 2017-yil.
- ↑ „El Real Madrid recuerda el hat-trick de Guti en 2000“ (es). Realidad Blanca (24-fevral 2017-yil). 8-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-iyun 2017-yil.
- ↑ Borasteros, Daniel. „Kaká planta a Calderón“ (es). El País (27-iyul 2006-yil). Qaraldi: 8-iyun 2017-yil.
- ↑ 9,0 9,1 „Recital de Guti“ (es). El País (6-may 2007-yil). Qaraldi: 6-may 2007-yil.
- ↑ „El Real Madrid gana su 30º título de Liga“ (es). Cadena SER (17-iyun 2007-yil). 8-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-iyun 2017-yil.
- ↑ Sámano, José. „Sublime Guti, demoledor Madrid“ (es). El País (10-fevral 2008-yil). Qaraldi: 17-iyun 2022-yil.
- ↑ Navas. „Bernabéu debut slugfest“. Real Madrid CF (14-sentabr 2008-yil). 28-dekabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-sentabr 2008-yil.
- ↑ Rincón, Jaime. „Kaká recarga la pólvora blanca“ (es). Marca (12-sentabr 2009-yil). Qaraldi: 8-iyun 2017-yil.
- ↑ „Manita del Real Madrid al Xerez con dos goles de Cristiano Ronaldo“ (es). El Correo Gallego (20-sentabr 2009-yil). Qaraldi: 8-iyun 2017-yil.
- ↑ García-Ochoa, Juan Ignacio. „Pellegrini se carga a Guti“ (es). Marca (30-oktabr 2009-yil). Qaraldi: 17-noyabr 2009-yil.
- ↑ „Guti: "El que no se crea mis lesiones que se vaya a coger amapolas"“ (es). RTVE (13-yanvar 2010-yil). Qaraldi: 8-iyun 2017-yil.
- ↑ Giovio, Eleonora. „El rompecabezas con Guti y Kaká“ (es). El País (10-yanvar 2010-yil). Qaraldi: 8-iyun 2017-yil.
- ↑ „Guti calls time on his 15-year career at Real Madrid“. The Guardian (25-iyul 2010-yil). Qaraldi: 25-iyul 2010-yil.
- ↑ „Guti leaves Real Madrid, set for Besiktas“. ESPN Soccernet (25-iyul 2010-yil). 23-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-iyul 2010-yil.
- ↑ „Beşiktaş take on Madrid stalwart Guti“. UEFA (26-iyul 2010-yil). Qaraldi: 26-iyul 2010-yil.
- ↑ „Guti’ye Muhteşem Karşılama“ (tr). Beşiktaş JK (26-iyul 2010-yil). 11-dekabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-iyul 2010-yil.
- ↑ „Bucaspor 0–1 Beşiktaş“ (tr). Beşiktaş JK (16-avgust 2010-yil). Qaraldi: 17-avgust 2010-yil. [sayt ishlamaydi]
- ↑ Sivasli. „Geleneği GUTİ bozdu“ (tr). NTV (28-noyabr 2010-yil). Qaraldi: 28-noyabr 2010-yil.
- ↑ „Guti gana la Copa de Turquía“ (es). ABC (11-may 2011-yil). Qaraldi: 3-aprel 2018-yil.
- ↑ Moreno, Jorge A.. „Guti, fin de la pasión turca“ (es). ABC (15-noyabr 2011-yil). Qaraldi: 3-aprel 2018-yil.
- ↑ „Guti'nin Sözleşmesi Feshedildi“ (tr). Beşiktaş JK (15-noyabr 2011-yil). Qaraldi: 15-noyabr 2011-yil.
- ↑ „España vence a Croacia en la inauguración del Estadio Olímpico de Sevilla“ (es). El Mundo (6-may 1999-yil). Qaraldi: 23-yanvar 2016-yil.
- ↑ „Guti hangs up his boots“. ESPN FC (21-sentabr 2012-yil). Qaraldi: 21-sentabr 2012-yil. [sayt ishlamaydi]
- ↑ „Guti to leave Real Madrid for Besiktas coaching role“. beIN Sports (4-iyul 2018-yil). Qaraldi: 5-iyul 2018-yil.
- ↑ Sánchez, Guillermo. „Guti,the new coach of Almeria“. Marca (5-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 5-noyabr 2019-yil.
- ↑ „Guti: Almeria manager denies attending party with players“. BBC Sport (16-fevral 2020-yil). Qaraldi: 16-fevral 2020-yil.
- ↑ Sánchez, Guillermo. „Almeria sack Guti as head coach“. Marca (26-iyun 2020-yil). Qaraldi: 27-iyun 2020-yil.
- ↑ Aguilera, Juanjo. „Mario Silva dirige la primera sesión de trabajo post-'Guti'“ (es). Ideal (26-iyun 2020-yil). Qaraldi: 14-iyul 2020-yil.
- ↑ Dawes. „Appreciating Guti“. Football España (27-sentabr 2012-yil). Qaraldi: 13-iyul 2016-yil.
- ↑ Caferoglu. „'Guti could've been best ever'“. Football España (12-fevral 2016-yil). Qaraldi: 13-iyul 2016-yil.
- ↑ „Historic Goals: Guti“. Real Madrid CF (27-iyun 2020-yil). Qaraldi: 27-may 2022-yil.
- ↑ Huang. „Guti: The final verdict on a talented player“. Bleacher Report (10-yanvar 2010-yil). Qaraldi: 27-may 2022-yil.
- ↑ „Guti y Arantxa de Benito se divorcian tras nueve años“ (es). El Mundo (14-aprel 2009-yil). Qaraldi: 17-noyabr 2009-yil.
- ↑ „Guti, boda sorpresa con Romina Belluscio“ (es). El País (15-iyul 2016-yil). Qaraldi: 13-iyun 2018-yil.
- ↑ „Javier Hernández, primo hermano y heredero de Guti del Real Madrid“ (es). Join Futbol (29-may 2008-yil). 2-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-mart 2015-yil.
- ↑ „Cult hero: Madrid's thoughtful playmaker Guti“. UEFA (9-yanvar 2015-yil). Qaraldi: 8-iyun 2017-yil.
- ↑ Hermoso, Borja. „Y ahora... 'Real Madrid, la película'“ (es). El Mundo (12-may 2005-yil). Qaraldi: 17-iyun 2022-yil.
- ↑ „Guti, de futbolista a juez en 'Splash! Famosos al agua'“ (es). Europa Press (21-fevral 2013-yil). Qaraldi: 27-iyul 2022-yil.
- ↑ „Guti“. Soccerway. Qaraldi: 21-dekabr 2014-yil.
- ↑ „Guti“. Footballdatabase. Qaraldi: 24-may 2015-yil.
- ↑ 46,0 46,1 „Guti“. European Football. Qaraldi: 23-yanvar 2016-yil.
- ↑ „1998: Iván Pérez applies finishing touch“. UEFA. Qaraldi: 19-fevral 2015-yil.
- ↑ „Spain » Copa del Rey 2001/2002 » Top Scorer“. Worldfootball. Qaraldi: 22-oktabr 2017-yil.
- ↑ „Statistics“. ESPN FC. Qaraldi: 22-oktabr 2017-yil.
- ↑ 50,0 50,1 50,2 „Guti cierra una temporada perfecta para el juvenil del Real Madrid“ (es). Cadena SER (25-iyun 2017-yil). Qaraldi: 29-avgust 2019-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Guti at BDFutbol
- Real Madrid biography
- Guti National-Football-Teams.comda
- Guti — FIFA competition record (archived)