Gulikura tizmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gulikura tizmasi — Hisor tizmasi tarmogʻi, Surxondaryo viloyatining shimoli-sharqidagi Uzun tumani hududida joylashgan. Dalma, Kichkina Bardon tizmalaridan jan.roqda. Uzunligi 8-9 km, oʻrtacha bal. 1400-1500 m, eng baland nuqtasi 2041 m. Jan.-gʻarbiy yon bagʻri nisbatan tekisroq boʻlib, Toʻpolondaryo vodiysi tomon sekin-asta pasayib boradi. Shimoliy va shimoli-sharqiy yon bagʻri tik boʻlib, Zevarsoy qirgʻoqlaridan tik koʻtarilgan. Iqlimi kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 1—2°, iyulniki 22—28°. Yillik yogʻin miqdori 600-800 mm. G. t.dan koʻplab buloq va kichik soylar boshlanadi. Tuprogʻi boʻz tuproq, togʻ jigarrang tuproqlar boʻlib, ularda efemer (bir yillik), efemeroid (koʻp yillik) oʻsimliklar oʻsadi. Shim.-sharqida archazor oʻrmonlar bor. Asosan yaylov sifatida foydalaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil