Toʻpolondaryo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Toʻpolondaryo



ToʻpolondaryoSurxondaryo viloyatidagi dare. Hisor tizmasining janubiy yon bagʻridan boshlanadi. Surxondaryoning eng sersuv oʻng irmogʻi. Uz. 117 km. Suv yigʻish maydoni 2200 km². Eng yuqori oqimi Sariosiyo yoki Krrasuv, soʻngra Talishush deb ataladi. Gʻovasoy qoʻshilgandan soʻng T. nomini oladi. Boshlanish joyidan Zarchoʻp qishlogʻiga qadar chuqur va tor, baʼzi joyida kanonsimon vodiydan oqadi. Vodiyning kengligi 20–30 m dan 200 m gacha. Zarchoʻp qishlogʻidan oʻtgandan soʻng daryo vodiysi bir oz keng, yon bagʻirlari qiya. Togʻlar orasidan chiqqach, qayirdan tashqari yana 3 ta koʻhna qayir (terrasa) hosil boʻlgan.

T.ning bir qancha irmoqlari bor. Ulardan eng yiriklari: chapdan — Oybeksuv (21 km), Xovatsoy (42 km), Kishtutsoy (61 km), Dashnobod (64 km); oʻngdan — Shatrut (25 km), Chosh (37 km); Balandsoy (18 km). T. asosan, mavsumiy qor va muzliklar suvidan toʻyinadi. Havzasida umumiy maydoni 22,5 km² ga yaqin muzlik va qrrliklar mavjud. Qor chizigʻi oʻrtacha 3900 m balandda. Eng koʻp sutkalik suv sarfi (470 m³/sek.) 1941 yil yanvar oyida va eng kam suv sarfi (5,48 m³/sek.) 1946 yil dekabr oyida kuzatilgan. Yillik suv hajmining 51,8% mart — iyun, 37,4% iyul — sentabr, 10,8% oktabr — fevral oylarida oqib oʻtadi. Bir yilda oʻrtacha 850 ming t loyqa olib keladi. Daryo vodiysida yongʻoqzor, archazor, yaylovlar bor.

T.dan chiqarilgan Hazorbogʻ kanali Denov, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon tumanlarini suv bn taʼminlaydi.