Efemeroidlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Efemeroidlarkoʻp yillik oʻsimliklar guruhi. Yillik vegetatsiya davri qisqa. Yer ostki organlari (tuganagi, piyozboshi) bir necha yil, yer ustki organlari bir necha hafta yashaydi. E. bahorda gullab, meva qiladi, urugʻlari pishib toʻkiladi, tuganaklari, piyozboshlari yoki ildizpoyasi yer ostida saqlanib, yer ustki qismlari quriydi.

E. urugʻlari orqali va vegetativ yoʻl bilan koʻpayadi. Ular yer osti organlariga qarab tuganaklilar (burmaqora, it kuchala va boshqalar), piyozboshlilar (lola, boychechak) va ildizpoyalilar (rang, ilaq)ga ajratiladi. E. — qorakoʻl qoʻylarining asosiy ozigʻi. E. orasida gullaydigan oʻtlar (lola, zaʼfar, gulsapsar), dorivor giyohlar (piyozlar) va zaharli koʻkatlar (kuchalalar) bor. E.ni ikki guruh (qurgʻoqchil hududlar E.i va oʻrmonli hududlar E.i)ga ajratiladi.