Zevarsoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Zevarsoy — Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi soy, yuqori oqimida Divlonsoy, oʻrta oqimida Divloqsoy deb ham ataladi. Kishtut soyining oxirgi chap irmogʻi. Hisor tizmasining jan. tarmogʻi — Qoldirgʻa togʻining shim.gʻarbiy yon bagʻirlaridan oqib tushadigan 20 ta irmoqning qoʻshilishidan hosil boʻlib, gʻarbiy yoʻnalishda oqadi. Uz. 18 km, havzasining mayd. 95 km2. Qor, yomgʻir va buloklardan suv oladi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 1,8—2,0 m3/ sek. 3. da fevral oxiridan suvi koʻpaya boshlaydi, may—iyunda eng sersuv boʻlib, kuz va qishda suvi kamayadi. 3. dan Zevar qishlogʻi suv ichadi va uning atrofidagi yerlar sugʻoriladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil