Gorgippiya
Qiyofa

Gorgippiya (yun. qorhippia) — qad. shahar, sindlar poytaxti (mil. av. 4— mil. 3-asrlar), Qora dengizning sharqiy qirgʻogʻi (hoz. Krasnodar oʻlkasidagi Anapa sh.ning oʻrni)da joylashgan. Bospor podsholigiga qoʻshib olingach (mil. av. 4-asr boshi), shahar hokimi Gorgipp sharafiga shu nom bilan atalgan. G. Bosporning yirik savdo va hunarmandchilik markazi boʻlgan. Shaharda sindlar va skiflar birga yashaganlar. Mamlakat xoʻjaligini ifodalovchi tasvirlar (bugʻdoy i, boshoq, ot) tushirilgan tangalar zarb qilingan. G.da topilgan qimmatli yodgorliklardan biri mahalliy bezakli yunon kiyimida tasvirlangan podsho Neoklinning marmar haykalidir (yana q. Sindika).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |