Gollandiya Ost-Indiya kompaniyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Birlashgan Ost-Indiya kompaniyasi
Turi savdo-sotiq kompaniyasi
Qachon asos solingan 1602-yil 20-mart
Qchon tugatilgan 1798-yil 17-mart
Tugatilish sababi bankrotlik
Joylashuvi Amsterdam, Rotterdam, Delft, Middelburg, Enkxoyzen va Xorn shaharlari, Niderlandiya
Asoschi(lari)

Gollandiya Ost-Indiya kompaniyasi (niderlandcha: Verenigde Oostindische Compagnie, VOC; Birlashgan Ost-Indiya kompaniyasi) — Niderlandiya savdo-sodiq kompaniyasi. 1602-yilda asos solingan va 1798-yilgacha mavjud boʻgan kompaniya. Yaponiya, Xitoy, Seylon va Indoneziya bilan savdo-sotiq (asosan choy, mis, kumush, paxta, shoyi matolar, ipak, keramika, ziravorlar va opium kabi mahsulotlar) olib borgan; Tinch va Hind okeanining ushbu davlatlari bilan savdo-sotiqni monnopoliyaga aylantirgan.

Kompaniya tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1594-yilda niderland savdogarlari guruhi Sharq davlatlari bilan vositachilarsiz savdoni yoʻlga qoʻyish maqsadida „Van Verre“ kompaniyasiga asos soladi. Keyinchalik shunga oʻxshash boshqa kompaniyalar yuzaga keladi. Kompaniyalar oʻrtasidagi oʻzaro raqobatni yoʻqotish va portugal, ispan, ingliz savdogarlariga qarshilik koʻrsatish maqsadida Birlashgan Niderlandiya provinsiyalari general shtatlari tomonidan barcha savdo kompaniyalari 1602-yilda yagona Ost-Indiya kompaniyasiga birlashtiriladi. Kompaniyaning ustav kapitali 6,5 million florinni tashkil qilgan.

Ost-Indiya kompaniyasi savdo faktoriyalarining butun bir tarmogʻini yaratadi (Yaxshi umid burni, Fors koʻrfazida, Bengaliya, Malakka (hozirgi Malayziya tarkibida), Xitoy, Siam (hozirgi Tailand), Formoz (hozirgi Tayvan)). Ost -Indiya kompaniyasi gʻarbda Yaxshi umid burnidan sharqda Magellan boʻgʻozigacha boʻlgan hududlarda savdo qilgan.

Kompaniya tarixidagi eng mashhur shaxs kompaniyaning shtab-kvartirasini keyinchalik Gollandiyaning Osiyodagi mustamlakalari poytaxtiga aylangan va Yava orolida joylashgan, oʻzi tomonidan asos solingan Bataviya (hozirgi Jakarta) shahriga koʻchirgan Yan Piterszon Kun hisoblanadi. Ushbu mintaqadagi Niderlandiya sobiq hududlarini hali ham Gollandiya Hindistoni (Gollandiya Ost-Indiyasi (Indoneziya), Hindiston yarimorolidagi gollandiya hududlari, Seylon, Malakka, Janubiy Afrikadagi koloniyalar) deyishadi.

Kompaniya 6ta port shaharlarda (Amsterdam, Rotterdam, Zellandiya, Delft, Xorn va Eykxeyzene) ofislarga (palata) ega edi va 17ta savdogarlardan iborat majlis tomonidan boshqarilgan.

Niderlandiya Yevropadagi eng ilgʻor dengiz mamlakatiga aylanganidan soʻng Ost-Indiya kompaniyasi tom maʼnoda davlat ichidagi davlatga aylandi. U tashqi savdodagi monopoliyaga, faktoriyalar yaratish, kemasozlik, harbiy kuchlar va shaxsiy flotga ega edi.

Gollandiya Ost-Indiya kompaniyasidunyodagi ilk aksionerlik jamiyati hisoblanadi[1].

Gollandiya Ost-Indiya kompaniyasi sababli koʻplab buyuk geografik kashfiyotlar amalga oshirilgan. Misol uchun kompaniya xizmatchisi Genri Gudzon Xitoyga Amerika orqali boruvchi dengiz yoʻlini yaratadi. Keyinchalik qirgʻoqlarida Nyu-York shahri vujudga kelgan (dastavval shahr Yangi-Amsterdam deb nomlangan) va oʻz sharafiga nomlangan dengiz va boʻgʻozni ochadi. Kompaniya xizmatchisi, doktor Yan Van Ribek 1652-yilda Janubiy Afrikada Yevropadan Hindistonga safarga chiqqan kemalarga xizmat koʻrsatuvchi, kemalarni hom-ashyolar bilan tanimlovchi qoʻrgʻonga asos soladi. Ushbu baza dastavval Kapstad nomli kichik aholi punktiga, keyinchalik esa JARning asosiy port shahri — Keyptaunga aylanadi.

Kompaniya Britaniya imperiyasi bilan doimiy ziddiyatda boʻlgan. Gollandiyaning Britaniya bilan 1780-1784-yillarda boʻlib oʻtgan urushdagi magʻlubiyatidan soʻng kompaniya ham moliyaviy qiyinchiliklarga duch keladi (1796-yilda kompaniyaning umumiy qarzi 100 million florinni tashkil qiladi). Bankrotlikka uchragan Ost-Indiya kompaniyasi 1798-yilda tarqatib yuboriladi. Uning mulklari esa Bataviya respublikasi tasarrufiga oʻtadi.

Qiziqarli faktlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1697-yilda Amsterdam burgomistri va Ost-Indiya kompaniyasi direktorlaridan biri Nikolas Vitsen Moskva qirolligi vakillari, ular ichida yosh shahzoda Pyotr Alekseevich ham bor edi, kemasozlikdan saboq olish uchun mamlakatda tahsil olishga ruhsat beradi.
  • Gollandlarning Indoneziyadagi faoliyati Jozef Konradning koʻpgina asarlarida keltirib oʻtilgan.
  • 2010-yil sentabr oyida Utrext universiteti talabasi tomonidan Xoorn shahri arxivida Ost-Indiya kompaniyasi tomonidan 1606-yilda chiqarilgan dunyodagi eng qadimiy aksiya topilgan.

Kinematografiyada[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2007-yilda rus prokatida „Boʻron sohiblari“ (niderlandcha: De scheepsjongens van Bontekoe) deb nomlangan va kapitan Villem Bontekening sayohatlariga asoslangan film dunyo yuzini koʻradi.
  • 2015-yilda „Admiral“ deb nomlangan golland taarixiy-biografik filmi suratga olingan. Filmda Angliya-Gollandiya urushida yuz bergan real voqealar tasvirlanadi.

Adabiyotda[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2010-yilda yozuvchi Devid Mitchelning „Yakob de Zutning ming kuzi“ nomli baddiy romani chop etiladi. Asar voqealari XVIII-XIX asrlar mobaynida Yaponiyaning sunʼiy Dedzima orolida joylashgan Ost-Indiya kompaniyaning savdo faktoriyasida yuz beradi. Romanda kompaniya xizmatchilarining hayoti va kompaniyaning bankrotlikka yuz tutishi bilan bogʻliq holatlar yoritib oʻtilgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]