Kontent qismiga oʻtish

Afyun

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Afyun lolazori, Myanma.

Afyun (aslida yunonchada abijum – mudra-tuvchi, uxlatuvchi), opiy, „qora dori“-1) koʻknorning xomroq koʻsagini tilib qoʻyganda undan oqib chiqib, havoda qorayib qotgan, sutsimon shira. Tar-kibida morfin, papaverin, kodein, tebain, narkotin va 20 ga yaqin boshqa alkaloidlar bor. Dam-badam qabul qilib turilsa, boshqa narkotiklar kabi unga oʻrganib qolish mumkin. Bu hayot uchun xavfli. Afyun preparatlari tibbiyotda ogʻriqsizlantiruvchi dori sifatida ishlatiladi. U asosan tarkibidagi morfin bilan taʼsir etadi. Afyun qadimdan maʼlum. Bardi (papirus) ga yozilgan qadimda. Misr yozuvlarida (mil. av. 1552-yil) dori sifatida tavsiya etilgan. Teofrast (mil. av. III asr), Dioskoridus-Diskuridis (mil. av. 77-yil) ham oʻz asarlarida afyun dori ekanligini aytib oʻtishgan. Afyun dastlab dori sifatida Kichik Osiyoning janubi-sharqida, Yevropada ishlatilgan va „opiy“ deb atalgan. Yunonlardan arablar va Yaqin Sharqdagi boshqa xalqparga „afyun“ shaklida kirgan (oʻzbeklar „qora dori“ ham deyishadi). Abu Bakr ar-Roziy, Abu Ali ibn Sino, Ibn Baytor, Dovuvdi Antokiylarning asarlarida ham afyunning tibbiy nafi, ishlatilish usullari bayon etilgan. Xitoyda afyunni tutatib chekish rasm boʻlgan. Bu odat keyinchalik Hindiston va Eronga ham oʻtgan. Afyun kuchli narkotik 803 boʻlgani uchun hamma mamlakatlarda, jumladan Oʻzbekistonda ham uni isteʼmol qilish taqiqlangan. Afyunni ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullangan kishilar jinoiy javobgarlikka tortiladi. 2) Baʼzan zahar, ogʻu maʼnosida ishlatiladigan soʻz[1].

Afyun lolaqizgʻaldoq (papaver somniferum) sharbatini quritib olinadigan kuchli giyohvanddir. Morfin alkaloidlari koʻp boʻlgani uchun tibbiyotda ogʻriqsizlantiruvchi dori sifatida qoʻllanar edi; biroq bangilikni keltirib chiqarishi tufayli hozirda deyarli qoʻllanmaydi.

Afyun haqida eslab oʻtuvchi ilk manbalar mil. avv. 500-yillarga oiddir (Mesopotamiya). Qadimgi Yunonistonda ham maʼlum boʻlgan, jumladan Buqrot afyunning ogʻriqsizlantiruvchi xususiyati borligini eʼtirof etgan. Yevropada afyunxoʻrlik XIX asrda avjiga chiqqan.

Ishlab chiqarilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bugungi kunda afyun Tayland, Laos, Birma hamda Afgʻonistonda oʻstiriladi. Afyun hosili borasida Afgʻoniston birinchi oʻrinda turibdi.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil