Flot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Flot (frans.) — 1) muayyan vazifani bajaradigan (transport F.ti, ovchilik F.ti, harbiydengiz F.ti), biron turdagi (yelkanli F., galerali F., dizel F.) yoki dislokatsiya hududiga mansub (Kora dengiz F.ti) kemalar majmui; 2) yirik davlatlar harbiydengiz F.tining okean (dengiz), jang maydonida harbiy harakatlar olib borish uchun moʻljallangan operativ qoʻshilmasi. Turli kuchlar qoʻshilmasidan — suv osti va suv usti kemalari, dengiz aviatsiyasi, dengiz piyodalaridan tarkib topgan. F.ga qoʻmondan rahbarlik qiladi. F. tarkibiga F. shtabi va boshqa boshkaruv organlari, shuningdek, turli xizmatlar (front orti, aloqa, qurolyarogʻ, kemalarni taʼmirlash va boshqalar) kiradi.