Kontent qismiga oʻtish

Gipoksiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gipoksiya
 
Klassifikatsiyasi va tashqi linklar
Ixtisos Pulmonologiya, medical toxicology[*]
MeSH D000860


Gipoksiya (qadimgi yunoncha: ὑπό — ostida, pastda + grekcha: οξογόνο — kislorod ; kislorod ochligi) tanadagi yoki alohida organlar va toʻqimalarda kislorod miqdorining kamayishi[1]. Gipoksiya nafas olinayotgan havoda kislorod yetishmaganida (mas, balandlikka koʻtarilganda), yer ostida ishlaganda, nafas yoʻllariga yot jismlar tiqilib qolganda, bronxlar spazmida va b. hollarda roʻy berishi mumkin. Gipoksiya juda koʻp kuzatiladi va turli-tuman nosogʻlom (patologik) jarayonlar asosini tashkil etadi. Gipoksiya oʻtkir, bir lahza (oniy) hamda surunkali boʻlishi mumkin[2].

GIPOKSIYANING TASNIFI

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gipoksiyaning tasnifiga uning kelib chiqish sabablari va mexanizmlari asos qilib olingan. Gipoksiyaning quyidagi turlari ajratiladi: gipoksik, nafas, gemik, sirkulyator, toʻqima, yuklama, substratga bogʻliq va aralash gipoksiya.

GIPOKSIYA ETIOLOGIYASI VA PATOGENEZI

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toʻqimaning nafas olishi — uning kislorodni yutish jarayonidir. Toʻqimaning kislorod bilan ta ’minlanishida qon aylanishi, qon va tashqi

nafas olish tizimlari qatnashadi. Bu tizimlar har biri faoliyatining turli darajada buzilishi, albatta, toʻqimaning nafas olishida oʻz aksini topadi. Lekin bu tizimlardan birortasi faoliyatining buzilishi boshqasi faoliyatining kuchayishi bilan to'ldirilib, shu tariqa to‘qimada nafas olish doimiyligini ta ’minlanib turadi. Kamqonlikda qon oqish tezligi oshadi va hatto qonning kislorod sig‘imi kamayganda ham to‘qima vaqt birligida kerakli miqdordakislorodoladi. Qon aylanish yetishmovchiligida qon oqish tezligi kamayib, toʻqimada kislorodga talab

ortadi (qon deposidan kelgan eritrotsitlar hisobiga), qonning kislorod sigʻimi ortadi. Kislorod partsial bosimi pasayganda, alveolada qon oqish tezligi koʻpayadi va qonning kislorod sigʻimi eritrotsitoz hisobiga oshadi. Bu moslashuv jarayonlari yetishmaganda va to'qimaning o'zida kisloroddan foydalanish xususiyati buzilganda toʻqimada kislorod

tanqisligi — gipoksiya holati yuz beradi.

GIPOKSIK YOKI EKZOGEN GIPOKSIYA

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gipoksiyaning bu turi yutilayotgan havoda kislorodning partsial bosimi pasayganda rivojlanadi. Bunga togʻ kasalligi misol boʻlib, odam yuqoriga koʻtarilgan sari yaqqol namoyon boʻladi. Ekzogen gipoksiyani tajribada barokamera yordamida va kislorodi kam boʻlgan nafas oluvchi aralashmalar ishlatib hosil qilish mumkin. Oxirgisiga shaxtadagi ishlar,

yer osti quduqlari, suv osti kemalari va uchish uskunalari kislorod bilan ta’minlovchi tizimining nosozliklari hamda jarrohlik operatsiya vaqtida narkoz beradigan uskunadagi nosozliklar misol boʻladi.

RESPIRATOR (NAFAS) GIPOKSIYA

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Respirator gipoksiya o'pkada gaz almashinuvining yetishmovchiligidan kelib chiqadi. Bu gipoksiyaga quyidagilar sabab boʻlishi mumkin:

1. Nafas yoʻllarida oʻtkazuvchanlikning buzilishi (bronxospazm, yalligʻlanish jarayonlari, bronxitlar, traxeitlar), oʻpkaning rostlanishiga toʻsiqlar boʻlishi (pnevmotoraks, plevra boʻshligʻida ekssudatlar yigʻilishi) va boshqa nafas olish kasalliklarida ventilyatsiyaning pasayishi.

2. O'pkada qon oqishi va alveolada gaz almashinuvining buzilishi natijasida ventilyatsiya-perfuziya nisbatning buzilishi. Venoz qon oʻpka ichidagi arteriovenoz anastomozlar (shuntlar) orqali alveolalarga kirm asdan, k a tta qon aylanish doirasining arterial tizimiga o 'tib ketganda, qon oʻpka arteriyasidan o 'pka venasigacha oʻtadi va shunday

qilib, chap boʻlmachaga kislorodga toʻyinmagan qon kelib quyiladi. Yuqoridagilaming hammasida kislorodni organizmga yetkazib berilishi organizm talabiga javob bermaydi. O‘pka orqali oʻtayotgan qonda kislorod miqdori pasayadi, natijada arterial qonda kislorodning sezilarli kamayishi kuzatiladi. Odatda gipoksiyaga giper-kapniya qoʻshiladi va metabolik atsidozga gazli atsidoz qoʻshiladi.

SIRKULYATOR (YURAK-TOM IR) GIPOKSIYA

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sirkulyator gipoksiya mahalliy va umumiy qon aylanishining buzilishida rivojlanib, uning ishemik va qonning harakatsiz toʻxtashi koʻrinishlarini ajratish mumkin.

Agar gemodinamikaning buzilishi katta qon aylanish doirasida rivojlansa, o'pkada qonning kislorodga toʻyinishi yetarli boʻlishi mumkin, ammo bunda kislorodning to'qimaga yetib borishi qiyinlashishi ehtimoli bor. Gemodinamika kichik qon aylanishi doirasida buzilsa, arterial qonning oksigenatsiyasi izdan chiqadi. Sirkulyator gipoksiya nafaqat mutloq, balki nisbiy qon aylanish yetishmovchiligidan ham yuzaga kelishi mumkin. Bu holat toʻqimaning kislorodga boʻlgan talabi yetkazib beriladigan miqdoridan oshib ketganda kuzatilishi mumkin. Bunga misol tariqasida emotsional holatda yurak mushagida adrenalin ta’sirida toj arteriolalarning kengayishi, shu bilan birga, miokardning kislorodga boʻlgan talabining maʼlum darajada oshishini keltirsa boʻladi. Gipoksiyaning bu turiga mikrotsirkulyatsiyaning buzilishi natijasida boʻladigan toʻqima kislorod ochligi ham kiradi. Bunda toʻqimalarning

shishishi, hujayra membranalari oʻtkazuvchanligining buzilishi tufayli kislorod oʻtishi buziladi.

GEMIK (QON) GIPOKSIYA

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gipoksiyaning bu turi qon tizimidagi patologik oʻzgarishlar asosan qonning effektiv kislorod sigʻimi kamayishi tufayli yuzaga keladi. Gemik gipoksiya kamqonlik va gemoglobinning faoliyati buzilishi natijasida hosil boʻladigan gipoksiyalarga boʻlinadi. Anemiyaning gipoksiyaga olib kelishi haqida „Qon tizimining patologik fiziologiyasi“ boʻlimida batafsil

maʼlumot berilgan. Patologik sharoitlarda gemoglobinning shunday birikmalari hosil boʻlishi mumkinki, ular kislorod tashish vazifasini bajara olmaydi. Bularga misol qilib karboksigemoglobinni, ya’ni gemoglobinning uglerod oksidi (CO) bilan birikmasini ko'rsatish mumkin. Gemoglobinning CO ga birikish qobiliyati kislorodga nisbatan 300 marta yuqori, bu esa is gazini juda zaharli ekanligini anglatadi; zaharlanish havoda, hatto uning ozgina miqdorida ham yuz beradi. Bunda faqat gemoglobin emas, balki tarkibida temir boigan nafas fermentlarining faoliyati ham buziladi. Nitrat, nitrit va anilin mahsulotlari bilan zaharlanishda metgemoglobin hosil bo'lib, u o‘zida uch valentlik (Fe3+) temir tutadi va kislorodni biriktira olmaydi.

TOʻQIMA GIPOKSIYASI

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toʻqima gipoksiyasi — toʻqimalarda kisloroddan yetarli foydalanishning buzilishidir. Bunda to'qima kislorod bilan yetarli miqdorda ta ’minlanayotgan bir paytda, biologik oksidlanish buziladi. Toʻqim a gipoksiyasining asosiy sababi nafas fermentlari faolligi yoki miqdorining pasayishi hamda oksidlanish va fosforlash jarayonlarining buzilishidir.

Sitoxromoksidaza, yaʼni nafas olish zanjiridagi oxirgi fennentning sianid monoyodatsetatdan zaharlanishi toʻqim a gipoksiyasiga yorqin misol boʻlishi mumkin. Alkogol va boshqa narkotik moddalar (efir, uretan)dan zaharlanganda ham degidrogenazalar parchalanadi va toʻqima gipoksiyasi roʻy beradi. Toʻqima gipoksiyasini paydo qiluvchi nafas fermentlari sintezining pasayishi avitaminozlarda ham kuzatiladi. Bu holat, ayniqsa, riboflavin va nikotin kislotasi kam ayganda kuzatiladi. Chunki ular flavin fermentlarining prostetik guruhiga va degidrogenazalar tarkibiga kiradi. Oksidlanish va qaytarilishning uzilib qolishi natijasida biologik oksidlanishning samaradorligi pasayadi, energiya erkin issiqlik sifatida

tarqalib ketadi, makroergik birikmalaming resintezi pasayadi. Energetik ochlik va metabolik siljishlar roʻy beradi. Toʻqim a gipoksiyasida erkin radikal oksidlanishning faollashuvi ham

ahamiyatga ega boʻlishi mumkin. Bunda organik moddalar molekulyar kislorod tomonidan nofermentativ oksidlanishga uchraydi. Yogʻlaming oksidlari mitoxondriyada va lizosomada membranalar beqarorligini chaqiradi. Erkin radikal oksidlanishining oshishi, shuningdek, uning tabiiy ingibitorlari yetishmaganda (tokoferol, rutin, glutation, serotonin,

baʼzi bir steroid gormonlar), ionli nurlanish ta’sirida, atmosfera bosimi oshganda kelib chiqadigan toʻqim a gipoksiyasida ham kuzatiladi.

GIPOKSIYANING ZOʻRIQISHDAN YUZ BERADIGAN TURI

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gipoksiyaning bu turi toʻqima kislorod bilan yetarli yoki ortiq darajada taʼminlanganda hosil boʻladi. Ammo aʼzoning koʻproq ishlashi va kislorodga boʻlgan talabning sezilarli oshishi, talabga mos kelmagan kislorod taʼminotiga olib keladi va haqiqiy kislorod yetishmovchiligiga xos boʻlgan metabolik oʻzgarishlami yuzaga keltiradi. Bunga sport mashqlarida ortiqcha

harakat qilish, tez bajarilgan ogʻir jismoniy mehnat misol boiadi.

GIPOKSIYANING SUBSTRATGA BOGʻLIQ TURI

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu gipoksiya biologik oksidlanishning normal kechishi uchun muhim boʻlgan moddalar (substratlar)ning yetishmovchiligida kuzatiladi. Amalda bu gipoksiya aksariyat hollarda glyukozaning kamchilligi bilan bog'liqdir. Ochlik, yog' kislotalarining yetishmovchiligi ham gipoksiyaning shu turini keltirib chiqarishi mumkin.

ARALASH GIPOKSIYA

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gipoksiyaning bu turi bir vaqtning oʻzida toʻqimani kislorod bilan taʼminlaydigan bir necha tizim faoliyati buzilishi bilan ifodalanadi. Misol uchun ogʻir jarohatda bir vaqtning oʻzida aylanayotgan qonning hajmi kamayadi (sirkulyator gipoksiya), nafas olish yuzaki va tez boʻlib qoladi (respirator gipoksiya), natijada alveolada gaz almashinuvi buziladi. Agar

jarohat tufayli qon yoʻqotilsa, unda gemik gipoksiya ham kuzatiladi

GIPOKSIYANING TARQALISHI, TEZLIGI, MUDDATI VA DARAJASIGA KOʻRA TAVSIFI

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gipoksiya tarqalishi, rivojlanish tezligi, davom etish muddati va ogʻirengillik darajasiga koʻra oʻtkir va surunkali gipoksiyaga boʻlinadi. O 'tk ir gipoksiya — daqiqa yoki soniyalar ichida rivojlanadigan g ipoksiyadir. U uchish apparatlari zichligining buzilishi (razgermetizatsiya) natijasida, barokam era va kessonga havo kelishi toʻxtaganda va boshqalarda kuzatiladi.

O'tkir gipoksiyani tajribada havoni inert gazlar (azot, geliy, metan) bilan almashtiranda hosil qilish mumkin. Tajriba hayvonlari bu inert gazlar bilan nafas olganda 45-90 soniyada oʻlishi mumkin. Kuchsizroq o'tkir gipoksiya uglerod oksidi (is gazi) dan zaharlanishda, alpinistlar balandlikka koʻtarilganda, koʻp qon ketganda, oʻtkir yurak va nafas yetishmovchiligi va boshqalarda uchraydi. Surunkali gipoksiya uzoq davom etgan surunkali qon kasalliklari (leykozlar, og'ir anemiyalar)da, qon aylanish kasalliklarida (dekom pensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi), nafas olish tizimi kasalliklari (bronxial astma, emfizema, pnevmoniya) da va boshqalarda kuzatiladi.

GIPOKSIYA VAQTIDA HIMOYAVIY — MOSLASHUV REAKSIYALARI

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moslashuv jarayoni rivojlanish tezligiga qarab: a) tezkor (favqulodda) adaptatsiya; b) uzoq muddatli adaptatsiyalarga boʻlinadi.

Gipoksiyada birinchi navbatda kislorodni tashish va ishlatish tizimlarida kompensator — moslashuv jarayonlari kuzatiladi. Bundan tashqari, kislorod uchun kurash va toʻqimani past nafas olish sharoitiga moslash mexanizmlari ham ishga tushadi. Tezkor (favquloddagi) adaptatsiya, reflektor ravishda boladi: o‘pka ventilyatsiyasining oshishi, qon aylanish tizimidagi adaptatsiya, eritrotsit va gemoglobin miqdorining oshishi. O‘pka ventilyatsiyasining oshishi kompensator reaksiyalardan biri bo'lib, u nafas olish markazining qon tomirlardagi xemoretseptorlar impulslari ta’sirida reflektor ravishda qoʻzgʻalishi natijasida hosil boiadi. Sinokarotid va aortal retseptorlar qonning kimyoviy tarkibi oʻzgarishiga

va karbonat angidrid va vodorod ioni toʻplanishiga juda sezgirdir. Gipoksik gipoksiyada hansirash patogenezi boshqachadir - xemoretseptorlarning qoʻzgʻalishi qonda kislorod partsial bosimining pasayib ketishiga javoban yuzaga keladi. Shubhasiz, giperventilyatsiya organizm uchun balandlikda ijobiy reaksiya hisoblanadi, lekin uning

salbiy oqibatlari ham bor. Modomiki, karbonat angidridni chiqarib yuborish natijasida uning qondagi miqdori kamayishi bu jarayonning murakkablashuviga olib keladi.

GIPOKSIYADA MODDALAR ALMASHINUVI VA FIZIOLOGIK FAOLIYATLARNING BUZILISHI

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gipoksiya har xil a ’zolarning strukturasi va faoliyatlari buzilishini keltirib chiqaradi.

Asab tizimi. Gipoksiyaga markaziy asab tizimi juda sezgirdir, lekin uning har bir bo‘Iimi gipoksiyada bir xilda shikastlanmaydi. Unga ayniqsa, bosh miya po‘stlog‘i ko‘proq sezuvchan, miya o‘zagi, uzunchoq va orqa miya esa kam sezuvchandir. Kislorod bilan ta ’minlash uzilganidan 2,5-3 daqiqa oʻtgandan soʻng bosh miya poʻstlogʻida va miyachada nekroz fokuslari kuzatiladi. Shu bilan birga, uzunchoq miyada asfiksiya boʻlganida 10-15 daqiqa keyin ham sanoqli hujayralar halok boʻladi. Bosh miyada kislorod yetishmovchiligi yuz berganda aval qoʻzgʻalish boʻlib, keyin tormozlanish, uyqu, bosh ogʻrigʻi, harakat boshqaruvining buzilishi kuzatiladi.

Nafas. Kislorod yetishmovchiligi oʻtkir rivojlanganda nafas olish tez-tez, yuzaki boʻlib, havo almashinuvi kamayadi. Cheyn-Stoks tipidagi periferik nafas olish hosil boiishi mumkin.

Qon aylanishi. O'tkir gipoksiyada taxikardiya kuzatiladi. Sistolik bosim saqlanib qoladi yoki asta-sekin pasayadi, puls bosimi oʻzgarmaydi yoki oshadi. Qonning minutlik hajmi ortadi.

Arterial qonda kislorod miqdori 8-9 % kamayadi va u toj arteriyasida qon aylanishini sezilarli orttiradi. Bu oʻzgarishlar yurak qisqarishining tezlashuvi natijasida roʻy beradigan toj tom irlar kengayishi va venoz oqimning kuchayishidan kelib chiqadi. M odda almashinuvi. Gipoksiyada modda almashinuvining oʻzgarishi karbon suv va energetik almashinuvning buzilishidan boshlanib, biologik oksidlanishga bogiiq. Gipoksiya uchun hujayrada makroerglar — ATF qiym atining kam ayishi va uning parchalangan m ahsulotlarining

kontsentratsiyasi ADF, AMF va anorganik fosfatning kamayishi, xosdir. Miya toʻqim asida kreatinfosfat tarkibi kamayadi. Makroerglar kamayishi natijasida glikoliz oshib, glikogen tarkibining kamayishi tufayli piruvat va laktat oshadi. Piruvat, laktat va bir qancha boshqa organik kislotalarning oshishi, metabolik (gazsiz) atsidoz rivojlanishini

taʼminlaydi, bu esa kislorod tanqisligidandir.

GIPOKSIK HOLATLARNING OLDINI OLISH VA DAVOLASH

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gipoksiyani davolash bir qancha tadbirlarni o'z ichiga olib, gipoksiyaning turiga, bosqichiga va darajasiga hamda organizmning gipoksiyaga qarshi javob reaksiyasiga bogʻliqdir. A w alo kislorod yetishmovchiligiga olib keladigan asosiy sababni yoʻq qilish zarur. Toʻqim ada kislorod yutilish qobiliyati buzilmaganda, kislorod yuborish asosiy mezon hisoblanadi. Bir qator kasalliklarda kislorod baland bosim ostida yuboriladi (giperbarik oksigenatsiya). Bu esa qonda va toʻqim ada fizik eritilgan kislorod zahirasini tashkil etadi. Bu usul is gazi va

barbituratlardan zaharlanganda, tugʻma yurak poroklarida hamda yurak operatsiyalarida, vaqtinchalik qon aylanishi va nafas olish toʻxtatib qoʻyilganda qoʻllanadi.

Kuchsiz gipoksiyada qon aylanish va nafas olish tizimlari tomonidan himoya reaksiyalarini oshirish maqsadida asab tizimini ragʻbatlantirish muhim ahamiyatga ega. Organizmning umumiy chidamliligini oshiradigan buyrak usti bezi po 'stlog'i va gipofiz gormonlarining ishlatilishi patogenetik jihatdan isbotlangan. Gipoksiyada patologik

o'zgarishlarning to'xtashiga, anaerob almashinuvdagi zaharli moddalarni zaharsizlantirishga qaratilgan tadbirlar muhim ahamiyatga ega.

To'qima va hujayralardagi buzilishlarning oldini oladigan, gipoksiyaga qarshi ishlatiladigan dorilar ishlab chiqarishga katta ahamiyat berilmoqda. Nafas olish zanjiridagi elektronlami tashuvchi sunʼiy dorilar (sitoxrom C, gidroxinon) ishlab chiqarilmoqda. Fosforiangan karbon suvlaming tekshiruvi oʻtkazilmoqda, ular anayerob yoʻl bilan ATF hosil

boʻlishiga sharoit tugʻdirishi mumkin. Glikolizni kuchaytiruvchi va organizmni kislorodga boʻlgan talabini pasaytiruvchi moddalarni ishlatish ham maqsadga muvofiqdir.

GIPOKSIYA DAVOLASH VOSITASI SIFATIDA

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gipoksiyada chiniqtirish usuli organizm chidamliligini faqat shu taʼsirotga oshirib qolmasdan, balki boshqa koʻpgina noqulay omillarga, jumladan, jismoniy zo‘riqishga, tashqi muhit harorati oʻzgarishiga, infektsiyaga, zaharlanishga nisbatan ham oshiradi. Bir soʻz bilan aytganda, gipoksiyaga chiniqtirish organizmni umumiy nospetsifik chidamliligini oshiradi[3].

  1. O. S. Levchenkova, V. E. Novikov, E. A. Parfenov, K. N. Kulagin. Neuroprotective Effect of Antioxidants and Moderate Hypoxia as Combined Preconditioning in Cerebral Ischemia // Bulletin of Experimental Biology and Medicine. — 2016-12-01. — Т. 162, вып. 2. — С. 211–214. — ISSN 1573-8221. — DOI:10.1007/s10517-016-3578-9. Архивировано 11 fevral 2017 года.
  2. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent, 2000-yil. 
  3. N.H. ABDULLAYEV H.YO. KARIMOV B.O‘. IRISQULOV. PATOLOGIK PIZIOLOGIYA. “Yangi asr avlodi” 2008.