Pulmonologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pulmonologiya (lot. pulmonis -oʻpka va ...logiya) — klinik tibbiyotning bir boʻlimi; oʻpka, bronxlar va plevra kasalliklarini oʻrganadi. Ularni aniklash, davolash va oldini olish usullarini ishlab chiqadi. P. nisbatan yangi soha boʻlganligi uchun 70-yillar oxirlaridan boshlab uni mu-kammal oʻrganishga kirishildi. Ilgari Oʻzbekistonda "paxta yakka xokimligi" natijasida yuzaga kelgan ekologik oʻzgarishlar va koʻp miqdorda ishlatilgan pestitsidlar taʼsirida oʻpkaning surunkali nospetsifik kasalligi, ayniqsa, qishloq joylarida koʻpayib ketgan edi, shularni hisobga olib Toshkentda 1978-yil Toshkent vrachlar malakasini oshirish it-ti qoshida klinik P. kafedrasi tashkil etildi va Oʻzbekistonda pulmonoglar ilmiy maktabi va pulmonologiya xizmati yaratildi. Hozirgi Oʻzbekistonning shaharlari va viloyatlarida P. boʻlimlari tashkil qilingan.

1989-yil dan Sil ilmiy tadqiqot instituti Ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy tadqiqot institutiga aylantirildi va u Oʻzbekistonda shu sohadagi yirik ilmiy markaz boʻlib qoldi. 1990-yilda Ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy tadqiqot instituta qoshida Respublika pulmonologiya markazi tashkil qilindi. Bu markaz P. sohasidagi ilmiy tadqiqot va amaliy ishlarni koordinatsiya qilib boradi. Oʻzbekistonda Markaziy Osiyoda birinchi boʻlib nospetsifik oʻpka kasalliklari (bronxial astma, surunkali bronxit)ning epidemiologiyasi, funksional diagnostikasi, farmakoterapiyasi, immunologik va klinik allergologiyasi, uning genetik mexanizmlari, bioritmologik tashki liy sistemasi va patogenetik terapiya hamda meqnat qobiliyatini tiklashning ilmiy asoslari ishlab chiqildi. P.da turli tadqiqot usullari: rentgenologik (tomografiya, bronxografiya), en-doskopik (traxeobronxoskopiya), funksional diagnostika usullari va h.k. qoʻllanadi. Pulmonologiya Oʻzbekistondagi mavjud tibbiyot institutlari, vrachlar malakasini oshirish institutida P. kafedralari, shuningdek, klinik shifoxonalar tarkibida P. boʻlimlari faoliyat koʻrsatmoqda. Oʻzbekistonda P.ning rivojlanishida A.M. Ubaydullayev, D. X. Mahmudova, Sh. U. Ismoilov, M. A. Yakimova, B. S. Aripov va boshqa olimlarning xizmatlari katta.

Abdulla Ubaydullayev.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil