Kontent qismiga oʻtish

Traxeidlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Traxeidlar (traxeya va yun. eidos — tur) — naysimon hujayralar — oʻsimliklarning yogʻochlangan oʻlik hujayralari; suv va unda erigan moddalarning oʻsimlik boʻylab harakatlanishiga xizmat qiladi. Barcha yuksak oʻsimliklarning ksilemasida uchraydi, faqat baʼzi yopiq urugʻlilarda bu funksiyani tomir yoki traxeyalar bajaradi. Traxeidlardan yogʻoch tolalar rivojlanadi.