Anemiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Anemiya (yun. an – inkor qoʻshimchasi va haima – qon), kamqonlik – qonda eritrotsitlar soni va gemoglobin miqdorining kamayishi, sifatining oʻzgarishi bilan kechadigan kasallik. A.ga qon yaratilish jarayonining buzilishi, toʻsatdan yoki surunkasiga qon yoʻqotish, qizil qon tanachalari (eritrotsitlar)ning koʻp parchalanishi, asosiy qon yara-tuvchi toʻqima – koʻmikning oʻz funksiya-sini yetarli bajara olmay qolishi sabab boʻlishi mumkin. Temir va vitamin V12 yetishmasligi oqibatida kelib chiqadigan A. birmuncha keng tarqalgan. Oz-ozdan uzoq vaqt qon ketib turganda, mas, ba-vosir yoki me’da va oʻn ikki barmoq ichak yarasi kasalligida ham koʻpincha A. ku-zatiladi. Hayz qoni uzoq va koʻp keta-digan ayollarda ham temir yetishmasli-gidan kelib chiqadigan A. tez-tez uchrab turadi. Temir yetishmasligiga aloqador A.ga bot-bot homilador boʻlish, uzoq vaqt bola emizish sabab boʻladi, chunki homiladorlik va emizuklik davrida ona organizmidagi temir zaxirasining bir qismi bolaga oʻtadi. Kichik yoshdagi bo-lalarda kuzatiladigan kamqonlik ularni notoʻgʻri ovqatlantirish, shuningdek ovqatning kam-koʻst boʻlishi oqibatida roʻy beradi. Eritrotsitlar soni sal ka-maygani yoki raso boʻlgani holda, qonda gemoglobin miqdorining ozayishi te-mir yetishmasligiga aloqador Aning aso-siy belgilaridandir. Bemorning rangi siniqqan boʻlib, aksariyat tez charchash, bosh ogʻrishi, bosh aylanishi, koʻz oldi jivirlashishidan shikoyat qiladi, soch toʻkiladi, tirnoq moʻrtlashib sinishga moyil boʻlib qoladi. Ba’zan yutinish qiyinlashadi, bemorning odatda iste’-mol qilinmaydigan narsalar (boʻr, ohak, gilvata va hokazo)ni yegisi keladi, achchiq, shoʻr taomlarni xush koʻradi. Temir yetish-masligiga aloqador A.ning oldini olish va davolashda qon yoʻqotish ehtimoli boʻlgan manbalarni oʻz vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish, homilador boʻlish va tugʻishni ma’lum darajada re-jalashtirishga erishish, bekamu koʻst ovqatlanishga rioya qilish lozim.Vitamin V12 yoki folat kislota yetishmasligi oqibatida kelib chiqadigan A. ancha kam uchraydi. A.ning bu xilida oʻziga xos alomatlar: til achishishi, ka-sallik oʻtkazib yuborilganda nerv siste-masining zararlanish (funikulyar miye-loz) belgilari kuzatiladi. Bu xil A.ning oldini olish uchun me’da-ichak yoʻlining surunkali kasalliklari, ayniqsa ich ketishi bilan oʻtadigan kasalliklarni oʻz vaqtida aniqlab davolash juda muhim. Gijja tarqalgan joylarda ulardan za-rarlanishning oldini olish choralarini koʻrish zarur, kasallik paydo boʻlganda esa oʻz vaqnida davo qilish lozim. Eri-trotsitlarning koʻplab yemirilishi bilan bogʻliq gemolitik A. xillari koʻp. Ular irsiy yoki orttirilgan boʻlishi mumkin, odatda teri hamda shilliq qavatning sargʻayishi, eritrotsitlar soni va gemoglobin miqdorining kamayishi bilan kechadi. Barcha xil A.da vrachga murojaat etish va oʻz vaqtida toʻgʻri davolanish zarur.

Anemiyalar klassifikatsiyasi:

I. ETIOLOGIYASIGA KO’RA: • postgemorragik; • postransfuzion; • infeksion; • alimentar; • dismetabolik; • immunopatologik; • paraneoplastik va boshq. II. ERITROPOEZ TURIGA KO’RA: • Normoblastik (eritroblastik); • Megaloblastik III. RANG KO’RSATKICHIGA KO’RA: • gipoxrom; • normoxrom; • giperxrom. IV. OG’IRLIGIGA KO’RA: • yengil; • o’rta; • og’ir. V. ERITROTSIT DIAMETRIGA KO’RA: • mikrotsitar; • normotsitar; • makrotsitar. VI. SUYAK KO’MIGI REAKSIYASIGA KO’RA • aregenerator • giporegenerator • regenerator • giperregenerator VII. KLINIK KECHISHIGA KO’RA: • o’tkir; • surunkali VIII. PATOGENEZIGA KO’RA: 1. Postgemorragik anemiyalar: qon yo’qotishdan kelib chiquvchi anemiyalar 2. Gemolitik anemiyalar: eritrodierezning eritropoezdan ustun kelishi oqibatida kelib chiquvchi anemiyalar • Endoeritrotsitar o eritropatiya; o gemoglobinopatiya; o enzimopatiya. • Ekzoeritrotsitar o noimmun; o autoimmun; o izoimmun. 3. Dizeritropoetik anemiyalar: eritropoez yetishmovchiligi natijasida kelib chiquvchi anemiyalar • Aplastik • Defitsitar o temir defitsit anemiya o B12/folat defitsit anemiya o oqsil defitsit anemiya

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Petrov V. N., Baxramov S. M., Farmankulov X. K., Jelezodefitsitnie anemii, T., 1995.Saidjalol Bahromov
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil