Ekssudat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ekssudat (lot. — tashqariga chiqaman, ajralaman) — yalligʻlanish tufayli mayda venalar va kapillyarlardan atrofdagi boʻshliq va toʻqimalarga sizib chiqadigan suyuqlik. Tarkibida oqsil, leykotsitlar, eritrotsitlar va koʻpincha mikroblar boʻladi. E. hamma yalligʻlanish jarayonlarida hosil boʻlib, tana boʻshliklarida toʻplanadi. E. atrofdagi toʻqimalarni siqib, ular faoliyatining buzilishiga, yalligʻlanish oʻchogʻidan toʻqimalarga yorib oʻtganda infeksiya tarqalishiga sabab boʻladi. Tarkibiga koʻra, E.ning seroz, yiringli, qonli, fibrinoz va h.k. turlari ajratiladi. Oʻz vaqtida toʻgʻri davo qilinsa, E. hech bir asoratsiz, batamom soʻrilib ketadi. E. shish bilan kechadigan kasalliklarda kuzatiladigan transsudatdan farklanadi. Ekssudat turlari: 1.Kataral 2.Fibrinozli 3.Gemorragik 4.Yiringli 5.Chirik 6. Aralash Seroz ekssudat tiniq , solishtirma ogʻirligi past (1015-1020) , tarkibida oqsil miqdori kam , hujayra elementlari (asosan PYaL , makrofaglar)ni kam tutgan suyuqlik. Bunday ekssudat asosan seroz pardalarning yalligʻlanishida ( plevrit,peritonit,perikardit, kuyishning 2 bosqichida) uchraydi. Yiringli ekssudat oʻz tarkibida koʻp miqdorda oqsil , leykotsitlar, nisbatan koʻproq zaharli antigenlarga boy yalligʻlanish suyuqligi.