Adrenalin
Jump to navigation
Jump to search
Adrenalin (lot. ad – yonida va renalis – buyrakka oid), epinefrin, su-prarenin va unga yaqin turadigan birik-ma noradrenalin –voyaga yetgan sut emi-zuvchi hayvonlar buyrak usti bezi mag‘iz qavatining asosiy gormoni pirokatexin hosilasi. Uning 1-shakli fiziologik faol, uglevodlar almashinuviga va qon aylanishi sistemasiga ta’sir qiladi. Tomirlarni toraytirib, qon bosimini oshiradi, yurak muskullarini qo‘zg‘atadi va toj tomirlarda qon aylanishini yax-shilaydi. A. jigar va muskullardagi glikogenning parchalanishini kuchayti-rib, qonda glyukozami ko‘paytiradi. Shok, kollaps, bronxiol astma va boshqa kasalli-klarni davolashda qo‘llaniladi.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |