Serotonin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Serotonin, 50 ks i 3ra m inoetilindol, 5o ks itr i ptamin, C1()H12N2O — biologik faol modda. Mol. m. 176,21. Odam va hayvonlar qoni hamda toʻqimalarida bor. S. periferik nerv markazlari mediatori hamdir. Ilk bor 1947-yilda buka zardobidan ajratib olingan. S.boʻshliqichlilar, mollyuskalar, boʻgimoyoklilar, suvda va qurukda yashovchilarning zaharida, shuningdek, oʻsimliklarda uchraydi. S organizmda triptofan aminokislotalaridan sintezlanadi. Toʻqimalarda S. 5oksiindolilsirka kislotaga aylanib, organizmdan buyrak orqali ajraladi. S. tomirlarni toraytiradi, markaziy nerv sistemasi hamda hazm qilish, ajratish, endokrin sistemalar faoliyatining gumoral regulyasiyasida muhim rol oʻynaydi. Qonda (asosan, trombitsitlarda) 0,02—0,6 mg/l S. bor. S. almashinuvining buzilishi miokard infarqti, yara kasalliklari va baʼzi ruhiy kasalliklarga sabab boʻladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil