Gezi bogʻini eʼtirozlari (2013)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Turkiya eʼtirozlari

Namoyishchilar Taksim maydonida (15-iyun 2013).
Joy Turkiya: Istanbul, Anqara, İzmir, Bursa, Samsun, Edirne, Isparta, Adana, Eskişehir, Antalya, Diyarbakır, Giresun va boshqa shaharlar.[1][2]
Sana 28-may 2013 — bugun
Maqsad Gezi bogʻini saqlash, politsiya shafqatsizligiga eʼtiroz, soʻz va yigʻilish erkinligini himoyalash, Erdoğan hukumati isteʼfosi
Belgilari Fuqarolik boʻysunmaslik, fuqarolik qarshilik, namoyishlar, online faollik, marshlar, tartibsizliklar, oʻtirgan holda ish tashlash
Oʻlim(lar) 7 (va 6 politsiya xodimi xudkushligi[3]) [4][5][6][7][8]
Jarohat(lar) 7 495[9][10]
kamida 55 jiddiy jarohat[9][11][12]
Qatnashchilar

kamida 100 000[13] (Istanbul)

40 000 (Anqara)[14]
Hibs(lar) kamida 3 300[15][16]
Gazniqob kiygan soʻfiy darvish Anqaradagi namoyishda aylanib raqs tushayapti.

2013-yil 28-may kuni Turkiyada ommaviy eʼtirozlar boshlandi. Ilk Istanbul eʼtirozlari 50 atrof-muhitchi[17] tomonidan boshlanib, Taksim Gezi bogʻini yoʻqotish va uning oʻrniga savdo markazi qurilishiga qarshi namoyish boʻldi. Politsiya aralashuvidan keyin eʼtirozlar tartibsizliklarga aylanib ketdi. Shundan keyin eʼtiroz subyektlari doirasi Taksim Gezi bogʻi mavzusidan kengayib, aksil-hukumat namoyishlarga aylandi.[18] Namoyishlar shuningdek Turkiyaning boshqa shaharlari va turk diasporasi yashaydigan boshqa mamlakatlarga ham tarqaldi.[19] Bosh Vazir Recep Tayyip Erdoğan eʼtirozchilarni çapulcu (oʻzb. talonchi) deb kamsituvchi deb baholagan nutqlar qilib, 3-iyun kuni Shimoliy Afrika mamlakatlariga ish safari bilan joʻnab ketdi.

Eʼtirozchilar Istanbuldagi Taksim maydoni va Anqara,[1] shuningdek Bursa, Antalya, Eskişehir, İzmir, Edirne, Mersin, Adana, İzmit, Konya, Samsun, Hatay,[20] Trabzon, Rize, Isparta,[21] Tekirdağ, Bodrum,[22] va Mardin koʻchalariga chiqishdi.[23] Ayrim eʼtirozchilar oʻzlarini #OccupyGezi ramzi bilan ifodalashdi.[24]

Eʼtirozchilar orasida turli ijtimoiy guruhlar, jumladan oʻng- va soʻl-qanotchilar, turklar, kurdlar, armanlar va yunonlar borligi taʼkid etildi.[22] Eʼtirozchilarning shikoyatlari mahalliy hukumatdan tortib Bosh Vazir Erdoğanʼning avtoritarizmi,[25][26] spirtli ichimliklarga cheklov,[27] koʻchada oʻpishish taqiqi[22] va Suriyadagi urushgacha qarshi qaratilgan.[22] Istanbul hokimi Kadir Topbaş atrof-muhitchilar kampaniyasi ortida „siyosiy maqsadlar“ bor, dedi.[28] Turli tahlillarga koʻra bu noroziliklar Bosh Vazir Recep Tayyip Erdoğan uchun uning oʻn yillik hokimiyati paytidagi eng qiyin vaziyatdir.[29][30][31]

Xronika[tahrir]

  • 2013-yil 31-may kuni politsiya namoyishchilarga qalampir gazi sepib, kamida 60 kishini hibsga oldi va yuzlab kishilarni jarohatladi.[19][32] Politsiyaning bu ishi internetda katta tanqidga uchradi.[24][33] Eʼtirozchilar İstiklal koʻchasida 31-may tunida minglab yigʻilishdi.[19][34] Hukumatga koʻra 900 dan oshiq kishi hibsga olingan.[35]
  • 17-iyun kuni Turkiyaning yirik kasaba uyushmalari Istanbulning Taqsim maydonida namoyishchilar politsiya tomonidan bostirilishga norozilik oʻlaroq, bir kunlik umummilliy ish tashlash eʼlon qildi.[36]
  • 18-iyunga oʻtar kechasi Turkiya politsiyasi Istanbul va Anqara shaharlarida reyd oʻtkazdi va soʻlchi siyosiy guruhlarga aloqador koʻrilgan shaxslarni hibsga oldi.

Bloomberg televideniesi bergan xabarga koʻra, 90ga yaqin odam norozilik namoyishlari chogʻida politsiya xodimlariga nisbatan hujum qilganlik va soʻlchi siyosiy guruhlarning provokatsion harakatlariga aloqadorlikda gumon qilinib, qoʻlga olingan.

Munosabat[tahrir]

Hukumat javobi[tahrir]

  • Bosh Vazir Recep Tayyip Erdoğan 2013-yil 1-iyun kuni voqealarning ideologik ekanligini aytdi. Huquqparvarlik organlari aralashuvida xatolar boʻlganini qabul etishini aytdi va qoʻshimcha qildi: "Huquqparvar kuchlarimizning qalampir gazi ishlatilishidagi yanglishliklar tekshirilmoqda. Bu yerda xato bor. Ammo kerak boʻlganida uni ham ishlatish zarur, buni ham koʻramiz." Savdo markazi qurish-qurmaslik qaroriga kelmaganini ochiqladi.[47]
  • Prezident Abdullah Gül barchani masʼuliyatli boʻlishga chaqirdi va dedi: "Huquqparvar kuchlarimiz burchlarini bajarar ekan, parvarishli boʻlishi, meʼyorga diqqat etishi, xafa qiluvchi holatlar chiqishiga izn bermasligi kerak."[48]
  • 2013-yil 4-iyun. Turkiya bosh vaziri Rajab Toyib Erdoʻgʻan, mamlakatda bir necha kundan beri davom etayotgan norozilik namoyishlari ortida xorijiy kuchlar turgan boʻlishi mumkinligini taʼkidladi.

Bundan tashqari, Erdoʻgʻan mamlakatdagi tartibsizliklar uchun javobgarlikni aqidaparastlar va muxolifat yelkasiga qoʻygan. Xususan, bosh vazir Turkiyadagi eng katta muxolif kuch sanalgan Respublika xalq partiyasi (CHP)ni igʻvogarona hatti-harakatlarda ayblab chiqqan.

Bosh vazirning fikricha, ommaviy norozilik namoyishlarini keltirib chiqargan omillardan yana biri — namoyishchilar tomonidan Twitter mikrobloglar xizmati va boshqa ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanilishi boʻlmoqda. "Tvitter nomli bir tahdid bor, u yerda oʻziga xos, takrorlanmas yolgʻon namunalarini topish mumkin. Menimcha, ijtimoiy tarmoqlar — jamiyat uchun eng dahshatli tahdiddir". [49]

  • Taqsimdagi vaziyatning keskin tus olishidan soʻng Bosh vazir Erdoʻgʻon mamlakatdagi voqelik haqida bayonot berar ekan, politsiyaning Taqsimdagi harakatini qonunga muvofiq, deb oqladi.

— Biz huquqiy davlatda qilish mumkin boʻlgan ishni qildik. Taqsim maydoni va Gezi bogʻini bosqinchilardan tozaladik. Bilasizki, ular bu joylarni vayron qildi. Biz bu erda yana daraxtlarni oʻtqazyapmiz, gullar ekyapmiz,- dedi Turkiya Bosh vaziri Erdoʻgʻon.

17-iyun kuni Turkiya Bosh vaziri oʻrinbosari Bulent Arinj tarqalishni istamayotgan namoyishchilarga qarshi harbiy kuch qoʻllanishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Bu qariyb uch haftadan beri davom etayotgan namoyishlarga nisbatan habiy kuch qoʻllash ehtimoli haqidagi ilk bayonotdir.

Turkiya Adliya vazirining norozilik namoyishlari bobida muzokara oʻtkazish niyati bilan yuzlangan Yevropa parlamenti hamda Yevropa komissiyasi taklifini rad etgani haqida xabar qilindi.

Bunga javoban Yevropa Ittifoqi rasmiylari ham Turkiyaga borishi kutilayotgan delegatsiyasini joʻnatish rejasidan voz kechgani aytildi.[36]

Xalqaro javoblar[tahrir]

Rasmiy
  • Qoʻshma Shtatlar AQSh Davlat Departamenti vakili Jen Psaki: "Turkiya barqarorligi, xavfsizligi va ravnaqi bu odamlar koʻrsatayotgan ifoda va yigʻilish erkinliklari bilan kafolatlanadi, deb ishonamiz, " dedi[50][51]
  • Birlashgan Qirollik Foreign Office qalampir gaz ishlatishni qoralab, turk hukumatini tinch eʼtiroz va yigʻilish erkinligini himoyalashga chaqirdi.[51]
  • Yevropa Ittifoqi Yevropa Komissiyasi bayonot chiqarib, unda haddan oshiq kuch ishlatishni qoraladi.[52]
Norasmiy

Qurbonlar[tahrir]

5 iyun holatiga koʻra, tartibsizliklar natijasida uch kishi halok boʻlgan. Huquqni himoya qiluvchi tashkilotlarning maʼlumotlariga koʻra, 2,8 mingdan ortiq kishi jabrlangan.[62]

Birinchi qurbon — 20 yoshli Memet Ayvalitas Istanbuldagi namoyishlarning faol ishtirokchisi bo‘lgan. Reuters agentligining xabar berishicha, 3-iyun kuni taksi avtomobili tasodifan bir guruh namoyishchilarga borib urilgan, natijada Memet vafot etgan, yana to‘rt kishi jarohat olgan. Memet Ayvalitasning o‘limi namoyishchilar orasidagi tasdiqlangan dastlabki halokat bo‘lgan.[63]

Turkiyaning janubida joylashgan Xatay viloyatidagi norozilik harakatlarida 22 yoshli Abdulla Komert hayotdan ko‘z yumgan. U otishmalar natijasida halokatli jarohat olgan. Zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan bo‘lsa-da, jarrohlar uning hayotini saqlab qololmagan.

31-may juma kuni boshlangan tartibsizliklar davomida yuzlab politsiya avtomobillari, 94 ta do‘kon va yuzdan oshiq shaxsiy avtomobillarga zarar yetgan. Tartibsizliklar natijasida yetkazilgan jami moliyaviy zarar 20 million lir (8 million yevro) miqdorida baholanmoqda.[64]

Manbalar[tahrir]

  1. 1,0 1,1 "Turkey protests spread from Istanbul to Ankara". Euronews. 31 May 2013. http://www.euronews.com/2013/05/31/turkey-protests-spread-from-istanbul-to-ankara/. Qaraldi: 1 June 2013. 
  2. "Turkey: Istanbul clashes rage as violence spreads to Ankara". The Guardian. 31 May 2013. http://www.guardian.co.uk/world/video/2013/may/31/turkey-istanbul-clashes-violence-ankara-video. Qaraldi: 1 June 2013. 
  3. Hurriyet Daily News, 10 June 2013, Turkish police admits suicides, denies link to Gezi Park protests
  4. "Protests 'no Turkish Spring', says PM Erdogan". 3 June 2013. http://www.bbc.co.uk/news/world-europe-22753418. Qaraldi: 3 June 2013. 
  5. "Antakya'da bir genç polis alnından vurularak öldürüldü!". Sol. 4 June 2013. http://haber.sol.org.tr/devlet-ve-siyaset/antakyada-bir-genc-polis-alnindan-vurularak-olduruldu-haberi-74086. Qaraldi: 4 June 2013. 
  6. Third person dies in Turkey in crackdown on Gezi Park protests. Al Akhbar English. 2013-06-05.
  7. Policeman dies after falling off bridge during protests in southern Turkey (6 June 2013). 6 June 2013.
  8. Polisin Biber Gazı Bir Can Daha Aldı (6 June 2013). 6 June 2013.
  9. 9,0 9,1 The Health Status of the Demonstrators (14 June 2013). 14 June 2013.
  10. "Almost 5000 Wounded in Turkey Protests". Guardian. http://www.guardian.co.uk/world/2013/jun/12/turkish-police-protesters-taksim-square. 
  11. "Zaman Newspaper TTB Reports 4177 injured and 43 in Critical Condition". Zaman Newspaper. http://www.zaman.com.tr/gundem_turk-tabipler-birligi-gezi-parki-olaylarinda-4-bin-177-kisi-yaralandi_2097384.html. 
  12. Gezi direnişi bilançosu (05-06-2013). Gezi direnişi bilançosu (Turkish). Ulusal Kanal. 6 June 2013.
  13. "Occupy Gezi: Police against Protesters in Istanbul". The New Yorker. 1 June 2013. http://www.newyorker.com/online/blogs/newsdesk/2013/06/occupy-taksim-police-against-protesters-in-istanbul.html. Qaraldi: 4 June 2013. 
  14. "Burası da Ankara". Hürriyet Daily News. 1 June 2013. http://www.hurriyet.com.tr/gundem/23416264.asp. Qaraldi: 1 June 2013. 
  15. "Turkish protests: it started with a tree". Globalnews.ca. http://globalnews.ca/news/616750/turkish-protests-it-started-with-a-tree-2/. 
  16. Avcılar'da Bir Kişi Protestolarda Hayatını Kaybetti. Sözcü (15.06.2013). 16.06.2013, 01:26.
  17. Taksim'le baţladý yurdun dört yanýna yayýldý / 3 – Foto Haber Galeri. Hürriyet Daily News. 2013-06-02.
  18. "Fresh anti-government clashes hit Turkey". Al Jazeera. 1 June 2013. http://www.aljazeera.com/news/europe/2013/06/20136162539347599.html. Qaraldi: 1 June 2013. 
  19. 19,0 19,1 19,2 "Turkey arrests anti-government protesters". Al Jazeera. 31 May 2013. http://www.aljazeera.com/news/europe/2013/05/2013531112443894367.html. Qaraldi: 1 June 2013. 
  20. "Solidarity protests with Gezi Park held across Turkey". Hürriyet Daily News. 31 May 2013. http://www.hurriyetdailynews.com/solidarity-protests-with-gezi-park-held-across-turkey.aspx?pageID=238&nID=48010&NewsCatID=341. 
  21. (Turkcha) "Isparta Güne Biber Gazı İle Başladı". Ajans 32. 1 June 2013. http://www.ajans32.com/isparta-gune-biber-gazi-ile-basladi-15772h.htm. Qaraldi: 2 June 2013. 
  22. 22,0 22,1 22,2 22,3 "Turkey protests spread after violence in Istanbul over park demolition". The Guardian. 31 May 2013. http://www.guardian.co.uk/world/2013/may/31/istanbul-protesters-violent-clashes-police. Qaraldi: 1 June 2013. 
  23. "Mardin Film Festivali'nde Gezi Parkı tepkisi". Timeturk. 1 June 2013. http://www.timeturk.com/tr/2013/06/01/mardin-film-festivali-nde-gezi-parki-tepkisi.html. 
  24. 24,0 24,1 "Protesters #OccupyGezi to save Istanbul park". Al Jazeera. 31 May 2013. Archived from the original on 15 June 2013. https://archive.is/jTgxB. Qaraldi: 1 June 2013. 
  25. Australian man caught up in Turkey protests describes Istanbul 'war zone' - ABC News (Australian Broadcasting Corporation). Abc.net.au (2013-05-28). 2013-06-03.
  26. http://www.nytimes.com/reuters/2013/06/02/us/02reuters-turkey-protests-insight.html?pagewanted=all&_r=0
  27. Hacaoglu, Selcan (28 May 2013). Erdogan Denies Turkey's New Alcohol Curbs Encroach on Lifestyle. Bloomberg BusinessWeek. 2013-06-02.
  28. "Tear gas fired at protesters in Istanbul". The Daily Telegraph. 31 May 2013. http://www.telegraph.co.uk/news/worldnews/europe/turkey/10092490/Tear-gas-fired-at-protesters-in-Istanbul.html. Qaraldi: 1 June 2013. 
  29. "Clashes rage for second day in Istanbul". The Gulf News. Agence France-Presse. 1 June 2013. http://gulfnews.com/news/world/other-world/clashes-rage-for-second-day-in-istanbul-1.1191378. Qaraldi: 1 June 2013. 
  30. "Turkish protests: view from the ground". Euronews. 1 June 2013. http://www.euronews.com/2013/06/01/turkish-protests-view-from-the-ground/. Qaraldi: 1 June 2013. 
  31. Letsch, Constanze (1 June 2013). "Turkey prime minister faces fury as Istanbul erupts into mass protest". The Guardian. http://www.guardian.co.uk/world/2013/jun/01/turkey-istanbul-erdogan-demo-protests. Qaraldi: 1 June 2013. 
  32. Tattersall, Nick (1 June 2013). "Turkish PM calls for immediate end to protests as clashes flare". Reuters. http://www.reuters.com/article/2013/06/01/us-turkey-protests-idUSBRE94U0J920130601. Qaraldi: 1 June 2013. 
  33. "Ünlüler Gezi Parkı ile ilgili Twitter'da neler söyledi?". Radikal. 31 May 2013. http://www.radikal.com.tr/fotogaleri/turkiye/unluler_gezi_parki_ile_ilgili_twitterda_neler_soyledi-1135724-5. Qaraldi: 1 June 2013. 
  34. "Chaos on the streets of Istanbul as police disperse 10,000 peaceful protesters". New York Post. 31 May 2013. http://www.nypost.com/p/news/international/photos_riot_police_protestors_water_sOXSo1ngNQc5rDJ0iLQAdJ. 
  35. LOCAL – Police withdraw from Taksim after violent crackdown as protesters remain defiant on 5th day. Hürriyet Daily News. 2013-06-02.
  36. 36,0 36,1 Полиция Истанбул ва Анқарада намойишчиларни ҳибсга олди
  37. Perakendeciden Gezi Parkı’na mağaza yok. Hürriyet gazetasi. 1-iyun 2013.
  38. Anonymous #OpTurkey'i başlattı, Gezi Parkı için hack'ledi. Hürriyet gazetasi. 2-iyun 2013.
  39. Redhack vekillerin numaralarını yayımladı. Haber Türk. 2-iyun 2013.
  40. Didier Drogba'dan Gezi Parkı mesajı!. sporx.com. 1-iyun 2013.
  41. Fernandes, Melo ve Recep'ten Gezi Parkı tweeti!. sporx.com. 1-iyun 2013.
  42. Okur ABD'den Drogba İstanbul'dan destek verdi. hurriyet.com.tr. 1-iyun 2013.
  43. Şebnem Ferah, Erdoğan'a mektup yazdı. Milliyet gazetasi. 1-iyun 2013.
  44. Duman'dan gezi parkı şarkısı. HaberEvet.com. 1-iyun 2013.
  45. Duman - Eyvallah. YouTube. 4-iyun 2013.
  46. Antalya hokimi politsiyaning suv otuvchi mashinalariga suv berishdan bosh tortdi
  47. Başbakan Erdoğan'dan yeni açıklama. Milliyet gazetasi. 1-iyun 2013.
  48. Cumhurbaşkanı: Polis üzücü görüntülere sebep olmamalı. Radikal gazetasi. 1-iyun 2013.
  49. Erdoʻgʻan ijtimoiy tarmoqlarni „jamiyat uchun eng dahshatli tahdid“ deb taʼrifladi
  50. "Turkey police clash with Istanbul Gezi Park protesters". BBC. 1 June 2013. http://www.bbc.co.uk/news/world-europe-22732139. Qaraldi: 1 June 2013. 
  51. 51,0 51,1 Sonumut, Guldenay. "Turkey: Protesters and Police Clash over Park". SKY News. http://news.sky.com/story/1098110/turkey-protesters-and-police-clash-over-park. Qaraldi: 1 June 2013. 
  52. "EU voices concern over violent clashes in İstanbul's Taksim". Today's Zaman. 1 June 2013. http://www.todayszaman.com/newsDetail_getNewsById.action?newsId=317075. Qaraldi: 1 June 2013. 
  53. "Local demonstration supports Turkey protests". Chicago Tribute. 2 June 2013. http://www.chicagotribune.com/news/local/breaking/chi-local-demonstration-supports-turkey-protests-20130601,0,5732219.story. Qaraldi: 2 June 2013. 
  54. "Local rally held in support of Turkish protesters". CBS8. 1 June 2013. http://www.cbs8.com/story/22478291/local-rally-held-in-support-of-turkish-protesters. Qaraldi: 2 June 2013. 
  55. "NY protesters march against Turkey's government". GlobalPost. 1 June 2013. http://www.globalpost.com/dispatch/news/afp/130601/ny-protesters-march-against-turkeys-government. Qaraldi: 2 June 2013. 
  56. Bruce Willis: Türkiye acı çekiyor – Milliyet. Dunya.milliyet.com.tr. 2013-06-02.
  57. "Madonna, Tilda Swinton ve Moby'den Gezi Parki eylemlerine dev destek". Hürriyet Daily News. 2 June 2013. http://www.hurriyet.com.tr/planet/23418975.asp. Qaraldi: 2 June 2013. 
  58. FEMEN'den Taksim Gezi Parkı'na destek videosu | Mynet Haber. Haber.mynet.com. 2013-06-02.
  59. "Турски студенти в България протестираха по повод стълкновенията в Истанбул". Focus news. 1 June 2013. http://www.focus-news.net/?id=n1789697. Qaraldi: 1 June 2013. 
  60. "Митинг пред турското посолство в подкрепа на протестиращите в Истанбул". Vesti.bg. 1 June 2013. http://www.vesti.bg/index.phtml?tid=40&oid=5815991. Qaraldi: 1 June 2013. 
  61. i>TELE - Manifestations : les turcs de France s'associent au mouvement. Itele.fr. 2013-06-03.
  62. Туркия бош вазири ўз тарафдорлари олдида чиқиш қилди
  63. Turkiyadagi tartibsizliklarda 2 nafar namoyishchi halok bo‘ldi
  64. Turkiyadagi tartibsizliklar davomida 1700 dan ortiq kishi qo‘lga olingan

Havolalar[tahrir]