Gʻarbiya muhofazasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gʻarbiya muhofazasi
Muhofaza
Skyline of Gʻarbiya muhofazasi
Gʻarbiya muhofazasi
Bayroq
Gʻarbiya muhofazasi
Gerb
30°52′1.2″N 31°1′40.8″E / 30.867000°N 31.028000°E / 30.867000; 31.028000 G OKoordinatalari: 30°52′1.2″N 31°1′40.8″E / 30.867000°N 31.028000°E / 30.867000; 31.028000 G O
Mamlakat Misr
Hukumat
 • Voliy Tarek Rahmi
Maydon 1,942[1] km2 (750 mi²)
Aholisi
 (2023-yil yanvar)
5 409 714[2]
Vaqt mintaqasi UTC+2
Gʻarbiya muhofazasi xaritada
Gʻarbiya muhofazasi
Gʻarbiya muhofazasi

Gʻarbiya muhofazasi (arabcha: محافظة الغربية Muḥāfaẓat al-Gharbiyya, „gʻarbiy muhofaza“) Misr muhofazalaridan biri. Mamlakatning shimolida, Kafr ash-Shayx muhofazasining janubida, Minufiya muhofazasining shimolida joylashgan. Maʼmuriy markazi Tanto, Qohirada 90 km shimolda va Iskandariyadan 120 km janubi-sharqda joylashgan. Gʻarbiyadagi eng yirik shahar Mahallat ul-Kubro. Umumiy maydoni 1 942 km2.

Maʼmuriy boʻlinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhofaza 2023-yil yanvar holatiga koʻra umumiy aholisi 5 409 714 kishini tashkil qiluvchi munitsipalitetlarga boʻlinadi. Ayrim hollarda bir xil nomdagi markaz va qism ham uchraydi[2].

Maʼmuriy boʻlinishi
Oʻzbekcha nomi Asl nomi Arabcha transliteratsiyasi Aholis
(2023-yil yanvar tax.)
Turi
Mahallat ul-Kubro مركز المحله الكبرى Al-Maḥallah al-Kubrā 829,692 Markaz
Mahallat ul-Kubro 1 قسم أول المحلة الكبرى Al-Maḥallah al-Kubrā 1 186,805 Qism (toʻliq shahar)
Mahallat ul-Kubro 2 قسم ثان المحلة الكبرى Al-Maḥallah al-Kubrā 2 289,541 Qism (toʻliq shahar)
Mahallat ul-Kubro 3 قسم ثالث المحلة الكبرى Al-Maḥallah al-Kubrā 3 133,652 Qism (toʻliq shahar)
As-Santa مركز السنطة As-Sanṭah 507,934 Markaz
Basyun مركز بسيون Basyūn 318,370 Markaz
Kafr az-Zayyat مركز كفر الزيات Kafr az-Zayyāt 486,055 Markaz
Qutur مركز قطور Quṭūr 357,643 Markaz
Samannud مركز سمنود Samannūd 426,257 Markaz
Tanto مركز طنطا Ṭanṭā 716,116 Markaz
Tanto 1 قسم أول طنطا Ṭanṭā 1 315,737 Qism (toʻliq shahar)
Tanto 2 قسم ثان طنطا Ṭanṭā 2 277,863 Qism (toʻliq shahar)
Zefta مركز زفتى Ziftā 449,066 Markaz
Zefta قسم زفتى Ziftā 114,983 Qism (toʻliq shahar)

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Gʻarbiya nomi arabchadan tarjima qilinganda „gʻarbiy tomon“ degan maʼnoni bildiradi[3]. 13-asrda 165 qishloqqa boʻlingan, 15-asr geografi al-Qalqashondiy uni unumdor va obod deb taʼriflagan[3].

Mahallat ul-Kubro 1836-yilgacha maʼmuriy markaz vazifasini bajargan, shundan keyin markaz Tantoga koʻchirilgan[3].

Tarixiy joylari: 1 — Tanto muzeyi. 2 — Ali beyk al-kabir shoh koʻchasi. 3 — Al-Saa maydoni.

Hozirgi davrda paxta yetishtirish, toʻqimachilik sanoati bilan ajralib turadi[3].

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1960-yilda muhofaza aholisi 1 815 000 kishidan iborat edi[3]. Aholining hisob-kitoblariga koʻra, 2015-yilda viloyat aholisining aksariyati qishloq joylarda istiqomat qilgan, urbanizatsiya darajasi atigi 30,0% ni tashkil etgan. Muhofazotda yashovchi taxminan 4,751,865 kishidan 3,324,630 kishi qishloq joylarda istiqomat qilgan boʻlsa, shaharlarda 1,427,235 kishi yashagan[4].

Shaharlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Loyihalar va dasturlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilda Shveysariya Gʻarbiyada qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish dasturini moliyalashtirish majburiyatini oldi, bu loyiha Misr Atrof-muhit vazirligi bilan 2021-yilda yakunlanadi. Qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish milliy dasturi (NSWMP) yangilari uchun infratuzilmani qurish, shuningdek, mavjud chiqindilarni qayta ishlash, poligon va qayta ishlash obyektlarini kengaytirish va yaxshilashni oʻz ichiga oladi[5].

Taniqli kishilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Al-Gharbiyyah“. britannica. 2018-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 20-noyabr.
  2. 2,0 2,1 „CAPMAS2023“ (ar). capmas.gov.eg (2023-yil 2-aprel). Qaraldi: 5-aprel 2024-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Herzog, R. (1965). "al-G̲h̲arbiyya". in Lewis, B.. Encyclopaedia of Islam. Volume II: C–G (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. p. 1010. OCLC 495469475. https://referenceworks.brillonline.com/search?s.q=al-G%CC%B2h%CC%B2arbiyya&s.f.s2_parent=s.f.book.encyclopaedia-of-islam-2&search-go=Search. 
  4. „Population Estimates By Sex & Governorate 1/1/2015“. CAPMAS. 2015-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-oktyabr.
  5. „Switzerland funds programme to improve solid waste management in 4 Egyptian governorates“. Daily News Egypt (2016-yil 5-oktyabr).
  6. Al Sherbini, Ramadan. „Egypt turns to celebs to fight drugs“. Gulf News Egypt (2016-yil 26-aprel). 2016-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-oktyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]