Giza
| Shahar | |||||
|
Giza
| |||||
| |||||
|
' |
|||||
|
- Butun |
| ||||
| arab tili | |||||
|
Vaqt mintaqasi |
UTC {{{FSUTC}}} | ||||
Giza — Misr (Qohira yaqini)dagi meʼmoriy yodgorliklar saqlangan shahar. Qad. Misrning Memfis shahri hududida Misr firʼavnlari Xeops, Xefren va Mikerinlarga atab barpo etilgan ehrom (piramida)lar ansambli (miloddan avvalgi III asr).
Eng ulkan inshoot Xeops ehromi (balandligi 146,6 m, tomonlar asosi 233 m, meʼmori Xemiun) ohaktosh boʻlaklari (ogʻirligi 2,5 t dan 30 t gacha, hammasi taxminan 2300 ming dona) bilan qoplangan: Xefren ehromi (ohaktosh, balandligi 143,5 m, tomonlar asosi 215,25 m) yaqinidagi ibodatxonaning hashamatli zali qirrali ustunlar bilan bezatilgan. "Katta sfinks" (uz. 57 m, balandligi 20 m, miloddan avvalgi III asr) qoyalarda joylashgan. Mikerin ehromi (balandligi 62 m, tomonlar asosi 108,4 m) "Dunyoning yetti moʻʼjizasi" tarkibiga kirgan. Har bir ehromga sharqdan ibodatxonalar tutashgan boʻlib, ular oʻtish yoʻllari orqali bir-biri bilan bogʻlangan. Ibodatxonamaqbaralar (aslzodalarning 2-6-sulolalari dafn etilgan 7 mingdan ortiq qabrlar joylashgan), kichik exromlar, mastabalar bor.
Gʻizo, Al-Gʻizo, Gʻizah — Misrdagi shahar, Nil daryosi sohilida, Qohira shahri yaqinida joylashgan. Gʻizo muhofazasining maʼmuriy markazi. Aholisi 2,2 mln. kishi (1996). Transport yoʻllarining yirik chorrahasi. Mamlakatning muhim savdo (asosan, gʻalla savdo-si) markazi. Tamaki, radiotexnika va mashinasozlik sanoati korxonalari mavjud. Shahardan jan.-gʻarbda dunyoga mashhur qad. Misr ehromlari — Xeops (balandligi 146,6 m), Xefren, Mikerin, shuningdek, Katta Sfinks (hammasi miloddan avvalgi 3-ming yillikning 1-yarmi) saqlangan. Turizm rivojlangan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- Giza, virtual tur Pyramids (Wayback Machine saytida 2014-03-16 sanasida arxivlangan)
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |