Futbol boʻyicha 2014-yilgi Turkiya kubogi finali
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
| |||||||
Sana | 7-may, 2014-yil | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Maydon | Koʻniya Otaturk stadioni, Koʻniya | ||||||
Oʻyin qahramoni | Wesley Sneijder | ||||||
Hakam | Hüseyin Göçek | ||||||
Tomoshabinlar | 22,456 | ||||||
Ob-havo | Qisman bulutli (13,6 °C)[1] | ||||||
← 2013 2015 → |
2014-yilgi Turkiya kubogi finali – 2014-yilning 7-may kuni Koʻniya Otaturk stadionida Galatasaroy va Eskişehirspor jamoalari 2013—2014-yilgi Turkiya kubogida gʻalaba qozonish uchun bahslashgan Turkiya Kubogining 52-final oʻyini edi. Galatasaroy Wesley Sneijderning 70-daqiqada urgan goli bilan hisobni ochdi va oʻyin oxiriga qadar saqlab qoldi. Natijada jamoa oʻz tarixida 15-marta Turkiya kubogining gʻolibiga aylandi. Sariq-qirmizilar Turkiya kubogida gʻalaba qozongan jamoa sifatida shu yilda Turkiya oliy ligasida gʻolib boʻlgan Fenerbahche jamoasi bilan Turkiya superkubogi uchun maydonga tushdilar.
Soʻnggi marta Turkiya kubogini 2005-yilda qoʻlga kiritgan Galatasaroy, bu chempionlik kubogini 9 yil oʻzi bilan muzeyda saqladi. Galatasaroy jamoasining texnik direktori boʻlgan Roberto Mancini ilk bor jamoa bilan kubogni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, Fiorentina, Latsio, Internazionale va Manchester City jamoalari bilan mamlakat kubogi chempionligini qoʻlga kiritgan italiyalik murabbiy shu tariqa oʻz faoliyati davomida ishlagan barcha klub jamoalari bilan mamlakat kubogi chempionligini yutdi.
Oʻtmish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turkiya kubogini eng oxirgi marta 2005-yilda qoʻlga kiritgan Galatasaroy Turkiya kubogi finallarida 19 marta ishtirok etib, 14 tasida gʻalabani qoʻlga kiritgan. 1963-yilgi kubog finalida Fenerbahcheni 2-1 hisobida magʻlub etgan Galatasaroy 1966, 1993, 1994, 1998 va 1999-yillarda Beshiktosh bilan toʻqnashdi. 1964-yilgi finalning birinchi oʻyinida 0-0 hisobida durang oʻynagan Altay jamoasi, ikkinchi oʻyinda maydonga tushmagani uchun Galatasaroy federatsiya tomonidan 3-0 hisobi bilan gʻolib deb topildi va shu tariqa gʻalaba qozongan va chempion boʻlgan birinchi jamoaga aylandi[2]. Sariq-sirmizilar Turkiya kubogini 1991, 1996 va 2000-yillarda qoʻshimcha daqiqalar bilan, 1976-yilda esa penaltilar seriyasi bilan oʻz muzeylariga olib kelishdi. 1963, 1964, 1965 va 1966-yillarda ketma-ket 4 marta kubog bahslarida gʻolib boʻldi[3].
Finalga qadar kubog bahslarida 3 marta maydonga tushgan Eskişehirspor esa eng oxirgi marta kubogni 1971-yil Bursasporni magʻlub etgan holda qoʻlga kiritgan edi. Eskişehirspor 1970-yilda Göztepe jamoasiga, 1987-yilda Gençlerbirliği jamoasiga finalda magʻlub boʻlgan[4]. Jamoa 1971-yilgi Turkiya kubogidan biroz oʻtib, 1971-yilgi Prezident kubogi finalida Galatasaroyni 3-2 hisobida magʻlub etgan va kubogda gʻolib boʻlgan[5].
Ikki jamoa finalga qadar 72 marta oʻzaro toʻqnash kelishgan. Bu oʻyinlarning 30 tasida Galatasaroy va 14 tasida Eskişehirspor gʻalaba qozongan boʻlsa, 28 ta bahs durang natija bilan yakunlangan[6]. Ikki jamoa ilk marta 1962-63-yilgi mavsumda Turkiya kubogida 14 marta toʻqnash kelishgan[6]. Bu oʻyinlarning 6 tasida Galatasaroy, 4 tasida Eskişehirspor gʻalaba qozongan boʻlsa, qolgan 4 ta oʻyinda durang natija qayd etildi[7].
Finalgacha
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eskişehirspor kubok oʻyinlariga ikkinchi saralash bosqichida qoʻshilgan. Bu bosqichda u Çıksalınsporni 7-0 hisobida magʻlub etib, keyingi bosqichga yoʻl oldi[8]. Uchinchi saralash bosqichida Alanyaspor bilan toʻqnashgan jamoa 2-0 hisobida gʻalaba qozondi. Galatasaroy esa kubok oʻyinlariga toʻrtinchi saralash bosqichidan qoʻshildi[9]. Bu turda Gaziantep jamoasi bilan toʻqnash keldi. Oʻyin penaltilar seriyasiga qadar 2-2 hisob bilan tugadi[10]. Oʻyinda penaltilar seriyasida 6-5 hisobida ustun kelgan Galatasaroy jamoasi gʻolib boʻldi va keyingi bosqichga oʻtdi. Eskişehirspor ham toʻrtinchi turda Vanspor jamoasini 4-1 hisobi bilan magʻlub etib, keyingi bosqichga chiqdi[11]. Guruhlarga qoʻshilish uchun eng oxirgi beshinchi bosqichdan oʻtish kerak edi. Bu bosqichda Galatasaray Balıkesirsporni 4-0[12], Eskişehirspor Fethiyesporni 3-0 hisobida magʻlub etdi va guruhlarga qoʻshilishdi[13].
Galatasaroy kubok guruhlarida Antalyaspor, Elazığspor va Tokatspor bilan birgalikda B guruhiga joylashdi. Galatasaroy guruhdagi birinchi oʻyinida 2-liga jamoasi Tokatsporni 2:0 hisobida magʻlub etdi va dastlabki uch ochkoni qoʻlga kiritdi[14]. Ikkinchi oʻyinda Turkiya oliy ligasi jamoalaridan biri Antalyaspor bilan 1-1 hisobida durang oʻynadi va bir ochko qoʻlga kiritdi[15]. Jamoa uchinchi oʻyinida Elazığspor bilan toʻqnash keldi va maydondan 1-0 hisobida yutqazdi va guruhdagi yagona magʻlubiyatini tan oldi[16]. Guruhdagi toʻrtinchi oʻyinda u yana Elazığspor bilan toʻqnash keldi va raqibini 3-0 hisobida magʻlub etdi[17]. Beshinchi uchrashuvida u Tokatsporni 3-0 hisobida magʻlub etishga muvaffaq boʻldi[18]. Oʻz guruhidagi soʻnggi uchrashuvida Antalyaspor bilan toʻqnash kelgan Galatasaroy 0-0 hisobida durang oʻynadi va guruhni Antalyaspordan keyin ikkinchi oʻrinda tugatdi va yarim finalga oʻz nomini yozdirib qoʻydi[19]. Eskişehirspor A guruhida Bursaspor, Akhisar Belediyespor va Sivasspor bilan bellashdi[20]. Birinchi Akhisar Belediyesporga oʻz uyida 2-0 hisobida yutqazdi[21] va ikkinchi oʻyinda safarda Sivassporga qarshi oʻyinda xuddi shu hisobda gʻalaba qozondi[22]. Uchinchi uchrashuvda u safarda Bursasporga 4-1 hisobida yutqazdi va guruhdagi ikkinchi magʻlubiyatini qabul qilib oldi[23]. Toʻrtinchi uchrashuvida yana Bursasporga qarshi oʻynagan Eskişehirspor raqibini 1-0 hisobida magʻlub etdi va ochkolarini oltitaga yetkazdi[24]. Beshinchi uchrashuvida u Akhisar Belediyespor bilan mehmonda 1-1 hisobida durang oʻynadi[25]. Guruhdagi soʻnggi oʻyinda oʻz uyida Sivassporni qabul qilgan Eskişehirspor 1-0 hisobidagi gʻalaba bilan maydonni tark etdi va Bursaspordan keyin ikkinchi oʻrinni egallab, yarim finalga yoʻl oldi[26].
Galatasaroy A guruhi yetakchisi Bursaspor bilan birinchi oʻyinda 2-2 hisobida durang oʻynadi[27]. Yarim finalning ikkinchi oʻyinida, safarda 2-0 hisobida magʻlub boʻlganiga qaramay, u 5 ta gol urishi bilan uchrashuvni oʻz foydasiga burdi va Bursasporni jami 7-4 hisobida magʻlubiyatga uchratdi va finalda oʻynash huquqini qoʻlga kiritdi[28]. Eskişehirspor B guruhini peshqadam sifatida yakunlagan Antalyaspor bilan bellashdi[29]. Qizil chaqmoqlar yarim finalning birinchi oʻyinida oʻz maydonida 1-0 hisobida yutqazib, ikkinchi oʻyinda 3-1 hisobida gʻalaba qozondi va kubokning ikkinchi finalchisiga aylandi[30].
Eskişehirspor finalga qadar 12 uchrashuv oʻtkazdi. U ushbu uchrashuvlardan 8 gʻalaba, 1 durang va 3 magʻlubiyatni qoʻlga kiritdi. U oʻynagan oʻyinlarida 25 gol urdi va 10 gol oʻtkazib yubordi. Galatasaroy soʻnggi oʻyindan oldin jami 10ta oʻyin oʻtkazdi. Ushbu uchrashuvlarning 5 tasida gʻalaba, 4 ta durang qayd etdi va faqat bir marta yutqazdi. Oʻyinlarda raqiblar darvozasiga 22 ta gol urdi va oʻz darvozasidan 8 ta gol olib chiqdi. Final uchrashuvigacha Anri Bienvenu Eskişehirsporda 5 ta gol urib jamoasining eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. Galatasaroyda Selchuk Inan 4 ta gol bilan jamoasining soʻnggi yoʻlida eng koʻp gol urgan futbolchi boʻldi.
Galatasaray | Tur | Eskişehirspor | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Raqib | Natija | Saralash bosqichi | Raqib | Natija | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻynamadi | Ikkinchi saralash bosqichi | Çıksalınspor | 7-0 (U) | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Uchinchi saralash bosqichi | Alanyaspor | 2-0 (U) | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Gaziantep Bş. Bld. | 2-2 (6-5 Pen.) (U) | Toʻrtinchi saralash bosqichi | Belediye Vanspor | 4-1 (U) | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Balıkesirspor | 4-0 (U) | Beshinchi saralash bosqichi | Fethiyespor | 3-0 (U) | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Raqib | Natija | Guruh jadvali | Raqib | Natija | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tokatspor | 2-0 (U) | 1-tur | Akhisar Belediyespor | 0-2 (U) | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Antalyaspor | 1-1 (M) | 2-tur | Sivasspor | 2-0 (M) | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Elazığspor | 0-1 (M) | 3-tur | Bursaspor | 1-4 (M) | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Elazığspor | 3-0 (U) | 4-tur | Bursaspor | 1-0 (U) | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tokatspor | 3-0 (M) | 5-tur | Akhisar Belediyespor | 1-1 (M) | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Antalyaspor | 0-0 (U) | 6-tur | Sivasspor | 1-0 (U) | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
B guruhning ikkinchisi
|
Yakuniy reyting | A guruhning ikkinchisi
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Raqib | Umumiy | 1-oʻyin | 2-oʻyin | Raqib | Umumiy | 1-oʻyin | 2-oʻyin | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Bursaspor | 7-4 | 2-2 (E) | 5-2 (D) | Yarim final | Antalyaspor | 3-2 | 0-1 (E) | 3-1 (D) |
Hakamlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turkiya futbol federatsiyasi (TFF) Hüseyin Göçekni final uchrashuvining hakami etib tayinladi[31]. Uchrashuvda Göçekning yordamchilari sifatida Orkun Aktaş va Kemal Yılmaz tanlangan boʻlsa, toʻrtinchi hakam sifatida Mete Kalkavan tayinlandi. Istanbul mintaqasida bosh hakam boʻlgan va menejmentlik bilan shugʻullanadigan Göçek Turkiya oliy ligasida 2004-yildan beri ishlaydi. 2008-yilda FIFA hakami boʻlgan Göçek, ushbu bahsga qadar hech qanday kubog finalini boshqarmagan edi. Göçek 2013-14-yilgi Turkiya oliy ligasida 17 ta, UEFA Chempionlar Ligasida 3 ta, UEFA Yevropa Ligasida 1 ta oʻyin boshqardi, ammo Turkiya kubogida birorta oʻyin boshqarmadi.
Oʻyindan oldin
[tahrir | manbasini tahrirlash]Şanlıurfa Yoshlar Xizmati va Sport Viloyat Direktori Ertuğrul Yıldız, 2014-yil Turkiya Kubogi final uchrashuvi Şanlıurfa GAP stadionida oʻtkazilishini maʼlum qildi[32]. TFF mutasaddilari final uchun koʻrib chiqilayotgan GAP stadionida bir nechta sinovlarni oʻtkazgan boʻlsalar-da[33], Eskişehirspor bu shahar juda uzoq ekanligi sababli Anqara, Izmir yoki Koʻniyada boʻlib oʻtadigan oʻyin uchun federatsiyaga murojaat qildi[34]. 2014-yil 21-aprelda Turkiya futbol federatsiyasi rasmiy veb-sahifasi orqali 2014-yil 7-may kuni Koʻniya Otaturk stadionida boʻlib oʻtadigan Turkiya kubogi finalining oʻyinini eʼlon qildi[35]. Final oʻyiniga qadar oʻn ikki xil shaharda boʻlib oʻtgan Turkiya kubogi finali birinchi marta Koʻniyada oʻtkazildi[36]. Shundan soʻng stadion finalga tayyorgarlik koʻra boshladi[37].
2014-yil 22-aprelda TFF tomonidan tashkilot yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Ushbu uchrashuvda final oʻyini uchun chiptalar ₺40, ₺60 va ₺100 etib belgilandi[38]. Chiptalar federatsiyaning rasmiy veb-saytida va Eskişehir Ataturk stadioni va Koʻniya Otaturk stadioni kabinalarida sotuvga qoʻyildi[39]. Yigʻilishda qabul qilingan qaror bilan kubok marosimini oʻyin oxirida protokol tribunasida oʻtkazishga qaror qilindi[38]. 29-aprel kuni TFF tomonidan barcha chiptalar sotilganligi haqida xabar berildi[40]. 5-mayda Turkiya futbol federatsiyasi Galatasaroyning talabiga binoan stadion kassalarida ₺100 lik 550 chipta sotuvga chiqarilganligini maʼlum qildi[41]. Xuddi shu sanada federatsiya tomonidan nogiron fuqarolar, gʻoziylar va hamrohlar uchun chiptalar savdosi boshlanganligi eʼlon qilindi[42]. Boshqa tomondan, oʻyin paytida xavfsizlikni taʼminlash uchun Karaman, Aksaray va Mersin viloyatlaridan kuchaytirilgan xavfsizlik kuchlari olib kelindi[43].
Eskişehirspor jamoasi 5-may kuni oʻyin boʻlib oʻtadigan Koʻniyaga yetib keldi[44]. Galatasaroy esa 6-may kuni Koʻniyaga 33 kishidan iborat toʻliq tarkib bilan, koʻplab muassasa rahbarlari va xodimlari, jumladan fizioterapevtlar, massajchilar va oshpazlar bilan keldi[45]. Oʻsha kuni Dedeman Konya Hotel&Convention Centerda Galatasaroy jamoasi sardori Sabri Sarioglu va Eskişehirspor jamoasi sardori Sezgin Koşkun va ikkala jamoa murabbiylari bilan qoʻshma matbuot anjumani boʻlib oʻtdi[46]. Uchrashuvdan soʻng, Eskişehirspor murabbiyi Ertuğrul Sağlam Galatasaroy ustozi Roberto Manchiniga 26-raqamli Eskişehirspor formasini sovgʻa qildi[47].
Finalga chiqqan ikki jamoaning futbolchilari oʻyin boshlanishidan yarim soat oldin maydonga chiqib, qizib olish mashqlarini bajarishdi. Chempion jamoaga beriladigan kubok maydonga ikki kishi boshchiligida olib keltirildi. Uchrashuv boshlanishidan oldin maydonda tashkilot va ikkita finalchi jamoa logotiplari tushirilgan bayroqlar osib qoʻyildi. Manchini final uchrashuvi boshlanishidan oldin Ertuğrul Sağlamga Galatasaroy formasini sovgʻa qildi[48]. Ikkala jamoa murabbiylari ham matbuot vakillari uchun esdalik fotosuratini olishdi. Eskişehirspor muxlislari oʻyin oldidan mashʼalalarni yoqishdi. Oʻyin boshlanishidan oldin yaqinda vafot etgan Bursasporning sobiq prezidenti Ibrohim Yozichining xotirasiga bir daqiqa sukut saqlandi. Galatasaroy jamoasini sariq-qizil rangli forma bilan, Eskişehirspor jamoasi qizil-qora chiziqli forma bilan maydonga tushdi[49].
Oʻyin
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tarkibni tanlash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Galatasaroy soʻnggi oʻyinga 33 kishidan iborat toʻliq tarkib bilan Koʻniyaga keldi[50]. Galatasaroyda jarohat olgan Dide Drogba va Oydin Yilmaz va Aykut Erçetin, Berk İsmail Ünsal, Emre Can Coşkun, Eray İşcan, Gökhan Zan, Guillermo Burdisso, Izet Hajrović, İbrahim Coşkun, Lucas Ontivero, Oğuzhan Kayar, Salih Dursun, Umut Gündoğan va Veysel Sarı ushbu oʻyinda Manchini tomonidan oʻyinga jalb qilinmadi. Ufuk Ceylan, Hamit Altıntop, Ceyhun Gülselam, Umut Bulut, Emmanuel Eboué, Koray Günter va Emre Çolak oʻyinni zaxiradan maydonga tushib davom ettirdi.
Eskişehirsporda esa Diego Ângelo va Onur Bayramoğlu jarohatlari tufayli, Bertul Kocabaş, Deniz Topçu, Gökhan Siverek, Hasan Acar, Henri Bienvenu, Okan Aydın, Servet Çetin va Sinan Ören esa texnik direktor Sağlamning qaroriga muvofiq oʻyinda qatnashmadilar. Jamoada Kayacan Erdoğan, Dedê, Serol Demirhan, Erman Kılıç, Erkut Şentürk, Aytaç Kara va Necati Ateşlar zaxiradan maydonga tushib oʻyinni davom ettirdilar.
Xulosa
[tahrir | manbasini tahrirlash]Galatasaroy 2014-yil 7-may kuni Koʻniya Otaturk stadionidagi Eskişehirspor bilan boʻlgan bahsda Wesley Sneijderning 70 daqiqada urgan goli evaziga gʻalaba qozondi va Turkiya kubogini 15-marta oʻz jamoasi muzeyiga olib ketdi[51]. Uchrashuv Eskişehirspor jamoasining oʻyinni boshlab berishi bilan boshlandi. 6-daqiqada Felipe Melo raqib jarima maydonchasida Eskişehirspor oʻyinchisi Rahim Luval bilan boʻlgan toʻqnashuvda yerga yiqildi va penaltini kutdi. Ammo hakam Hüseyin Göçek oʻyinni davom ettirdi. 9-daqiqada Galatasaroy sardori Sabri Sarıoğluning oʻng qanotda jarima maydonchasi ichiga yetkazib bergan toʻpini himoyachi kutib oldi. Bu vaziyatda oʻyinchilar hakamga toʻp oʻyinchining qoʻliga tekkanini aytishdi ammo hakam oʻyinni davom ettirishga qaror qildi[52]. 16-daqiqada Galatasaroy oʻyinchisi Burak Yilmaz tomonidan jarima zarbasini amalga oshirildi va Eskişehirspor darvozaboni Rud Boffin toʻpni burchakka chiqarib yubordi. 21-daqiqada Galatasaroy chap qanot oʻyinchisi Alex Telles jarima maydonchasiga toʻpni uzatib berdi va Burak Yilmaz toʻpga boshi bilan samarasiz zarba berdi, natijada toʻp darvoza yonidan maydon tashqarisiga oʻtib ketdi[53]. 34-daqiqada Galatasaroy jamoasi muxlislari yoqqan mashʼalalarini maydonga otdilar. Uchrashuv hakami Hüseyin Göçek maydonda koʻrib boʻlmaydigan tutun bosganligi sababli oʻyinni taxminan uch daqiqaga toʻxtatdi[54]. Uloqtirilgan mashʼalalar oʻyin maydonidan tozalanishi bilan uchrashuv yana boshlandi. Eskişehirspor oʻyinchisi Diomansy Kamara Galatasaroy jarima maydonchasiga oʻng tomondan kirib bordi va darvozani nishonga oldi, ammo darvozabon Fernando Muslera toʻpni ikki harakat bilan oʻz nazoratiga oldi va gol urilishiga yoʻl qoʻymadi. Uchrashuvning birinchi boʻlimida boshqa diqqatga sazovor vaziyatlar boʻlmadi va ikkala jamoa 0:0 hisobida tanaffusga chiqishdi.
Uchrashuvning ikkinchi qirq besh daqiqasi Galatasaroyning toʻpni tepib berishi bilan boshlandi. Eskişehirspor ikkinchi boʻlimni Özgür Çekning oʻrniga Necati Ateşni maydonga tushirishi bilan boshladi. 51-daqiqada Eskişehirspor oʻyinchisi Cristóbal Jorquera jarima maydonchasidagi Kamara bilan oʻynadi, ammo Kamara toʻpni darvozaga tepishga kech qoldi va xavf bartaraf etildi[55]. Uchrashuvning eng muhim vaziyatlaridan biri 56-daqiqada Galatasaroy darvozasida boʻlib oʻtdi. Eskişehirsporning oʻng qanotdan foydalangan burchak zarbasida Aurélien Chedjou jarima maydoni oʻrtasida darvoza oldida teskari zarba berdi. Darvoza toʻriga toʻgʻri yoʻnalayotgan toʻpni Yekta Kurtuluş darvoza chizigʻi ustidan qaytarib, maydon tashqarisiga chiqarib yubordi[56]. 62-daqiqada Eskişehirspor muxlislari tomonidan maydonga otilgan mashʼalalar sababli oʻyin biroz muddatga toʻxtatildi[57]. Uchrashuvning 70-daqiqasida Melo jarima maydonchasi tashqarisida Selçuk İnan bilan birga Eskişehirspor himoyasidan toʻpni olib oʻtdi va jarima maydoniga yetkazib berdi. Selçuk İnanning jarima maydonchasidan yoʻllagan zarbasi himoyadan qaytdi va Sneijder oldiga keldi. Gollandiyalik futbolchi toʻpni darvozaga joylab qoʻydi va jamoasini 1:0 hisobida oldinga olib chiqdi[57]. Uchrashuvning qolgan qismida gol urilmadi va Galatasaroy 1:0 hisobida gʻalaba qozondi va 15-marta Turkiya kubogini boshi uzra koʻtardi[51].
Tafsilotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Futbol boʻyicha 2014-yilgi Turkiya kubogi | ||||
---|---|---|---|---|
7-may, 2014-yil 20:00 Final |
Galatasaroy | 1–0 | Eskişehirspor | Koʻniya Otaturk stadioni, Koʻniya Tomoshabinlar: 22,456 Hakam: Hüseyin Göçek Turkiya |
Sneijder 70' | Tafsilot |
|
|
2013-2014-yilgi Turkiya kubogi chempioni |
---|
Galatasaroy Oʻn beshinchi chempionlik |
Statistikalar
[tahrir | manbasini tahrirlash][60] | Galatasaray | Eskişehirspor |
---|---|---|
Urilgan gol | 1 | 0 |
Jami zarbalar | 12 | 15 |
Darvozaga borgan zarbalar | 5 | 2 |
Toʻpga egalik qilish | %43 | %57 |
Burchak toʻpi | 7 | 3 |
Follar | 20 | 18 |
Ofsayt | 2 | 3 |
Sariq karta | 1 | 2 |
2-sariq karta & qizil karta | 0 | 0 |
Qizil karta | 0 | 0 |
Oʻyindan keyin
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turkiya va dunyo matbuotining sarlavhalari[61][62]
„Galatasaroyda Sneijder, Manciniga kubokni hadya qilayapti.“ „Kubok Manciniga, Galatasaroy bayram qilayapti“ „Chempion.“ „Chempion Galatasaroy.“ „Kuboklarning xoʻjayini Galatasaroy“ |
Oʻyinning soʻnggi hushtagi chalingandan soʻng stadionda tantanalar boshlandi. Galatasaroy futbolchilari maydon oʻrtasiga yigʻilib, xursandchilik qilishdi. Keyin ular tribunaga chiqib, muxlislar bilan xursandchilik qilishdi. Barcha futbolchilar kubok marosimi uchun stadion tribunasiga chiqishdi. Chempion Galatasaroyda jamoa sardori Sabri Sarıoğlu kubokni Yoshlar va sport vaziri Akif Çağatay Kılıçning qoʻlidan oldi. Qisqa vaqt ichida stadion tribunasida xursand boʻlgan futbolchilar, Galatasaroy madhiyasi bilan oʻyin maydoniga tushganlaridan soʻng kubok bilan esdalik uchun rasmga tushishdi. Keyinchalik, Galatasaroy muxlislari joylashgan tribunaga kubok bilan borgan futbolchilar quvonchlarini shu yerda davom ettirishdi. Eskişehirspor futbolchilari ikkinchi oʻrin medallarini vazir Kilich va Milliy taʼlim vaziri Nabi Avjidan olishdi[63].
Eskişehirspor ustozi Ertuğrul Sağlam uchrashuv yakunida oʻtkazilgan matbuot anjumanida raqib jarima maydonchasi oldida samarali harakat qila olmagani uchun magʻlubiyatga uchraganliklarini aytdi va kubokni yutgan Galatasaroyni tabrikladi[64]. Galatasaroy ustozi Roberto Mancinini har bir final oʻyini kabi bu uchrashuv qiyin va charchaganiga qaramay gʻalaba qozongan bunga loyiqligini aytdi[65]. Uchrashuvda chempionlikni keltirgan golni urgan gollandiyalik futbolchi Wesley Sneijder ushbu golni kim urganligi muhim emasligini va golni rafiqasi Yolanthe Cabauga va uning oilasiga taqdim etganligini aytdi. Shuningdek oʻz quvonchini muxlislari bilan boʻlishish uchun final bahsidagi rasmlarini oʻzining Instagram sahifasiga joyladi[66]. Jamoa sardori Sabri Sarıoğlu Galatasaroy jamoasiga, Oydin Yilmaz va Brumaga kubokni topshirgan boʻlsa[67], Selchuk Inan muxlislarga kubokni taqdim etdi[68]. Oʻyindan keyin matbuot aʼzolarining ovozi bilan Sneijder oʻyin qahramoni sifatida tanlandi va oʻz mukofotini Galatasaroy vitse-prezidenti Özkan Olcaydan oldi[51][59]. Koʻplab muxlislar Istanbuldagi Otaturk aeroportida Koʻniyadan qaytib kelgan Galatasaroy delegatsiyasini barabanlar va naylar hamrohligida kutib olishdi. Muxlislar, futbolchilar va jamoa texnik rahbarlari kubok bilan esdalik rasmlarga tushishdi[69].
Roberto Mancini Galatasaroy bilan birinchi marta kubok finaliga yoʻl oldi va birinchi marta kubok oʻyinida gʻalaba qozondi[70]. Izet Hajrović, Alex Telles, Guillermo Burdisso, Lucas Ontivero, Koray Günter, Umut Gündoğan, Emre Can Coşkun, Oğuzhan Kayar va Salih Dursunlar ilk marotaba Galatasaroy formasida rasmiy kubokni qoʻlga kiritdilar. Eng oxirgi marta 2006-2007-yilgi kubok bahslarida fransuz Jean Tigana boshchiligidagi Beshiktosh jamoasi chet-ellik murabbiy bilan kubok bahslarida gʻalaba qozongandan 7 yil oʻtib Roberto Mancini kubokda gʻalaba qozondi[71]. Kubokda chempionlikka erishgan Galatasaroy tashkilotdagi tushumning 60 foizini oʻz seyfiga qoʻyib, jami 2 million 800 ming dollar daromad oldi[72], klub esa ushbu daromadning 500 ming dollarini final oʻyinida gʻalaba qozonganlarga bonus sifatida tarqatdi[73]. Galatasaroy murabbiyi Roberto Mancini finaldagi gʻalaba tufayli 500,000 yevro mukofot oldi[74].
Eskişehirspor esa 43 yildan soʻng yana kubok finaliga chiqdi, ammo magʻlubiyatga uchradi[75]. Umumiy hisobda jamoa uchinchi marta kubok finalida magʻlubiyatga uchragan. Eskişehirspor kubokni qoʻldan boy berishiga qaramasdan Galatasaroyning Yevropa chempionlar ligasida ishtiroki tufayli guruhga saralash bosqichidan qatnashdi[76]. Eskişehirspor final oʻyinida qatnashganligi uchun 740.000 lira pul mukofotini qoʻlga kiritdi.
Koʻniya Otaturk stadioni oʻyin boshlanmasdan toʻrt soat oldin muxlislar uchun ochildi. Uchrashuvni 9 ming 600 ta Galatasaroy muxlislari va tribunadan shuncha Eskişehirspor muxlislari kuzatib borishdi. Uchrashuv uchun 200 dan ortiq matbuot vakili akkreditatsiyadan oʻtgan. Jami 22.456 tomoshabin oʻyinni tomosha qildi[77]. 2014-yilgi Turkiya Kubogi final uchrashuvi, Turkiyadagi rasmiy noshirlik tashkilotlarida jonli efirchi ATV yordamida jami oʻn sakkizta kamera orqali jonli efirda berildi[78]. Reytingi 11,17% va tomoshalar ulushi 28,65% boʻlgan ushbu uchrashuv mamlakatdagi kunning eng koʻp tomosha qilingan dasturiga aylandi[79]. Final oʻyinini Germaniyaning Quyi Saksoniya viloyati hokimi Stephan Weil[80], Yoshlar va sport vaziri Akif Çağatay Kılıç[81], Turkiya Futbol Federatsiyasi vaziri Yıldırım Demirören[82], Sport bosh menejeri Mehmet Baykan[83] va Eskişehirspor klubi prizidenti Mesut Hoşcan stadionning vip-maydonida kuzatib bordi. Ünal Aysal esa federatsiyadan olgan 30 kunlik qoidabuzarligi tufayli uchrashuvni tribunadan kuzatib borolmadi. Bundan tashqari, jarohatlariga qaramay jamoasi bilan Koʻniyaga olib kelingan Galatasaroy futbolchisi Didier Drogba uchrashuvni tribunadan kuzatib bordi[84]. Ikki jamoa muxlislari oʻrtasida kubok finalidan oldin va keyin boʻlgan kurashda 6 kishi kesuvchi asboblar bilan jarohat olgan, 1 kishi kaltaklangan va 1 kishi avtobusning ostida oyogʻini bosib qolib jarohat olgan[85].
Oʻyinga bildirilgan reaksiyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoamizga sovrinlarni olib kelganimizdan juda xursandmiz. 10 ta oʻyindan keyin charchagan boʻlishingiz mumkin, ammo men barcha futbolchi doʻstlarimni tabriklayman. Har kim qoʻlidan kelganicha harakat qildi. Biz kubokni yutishga loyiq edik.[86]
— Galatasaroy jamoasi murabbiyi Roberto Mancini
Jarohati tufayli final oʻyinida oʻynay olmagan Didier Drogba GS TV telekanaliga bergan intervyusida uchrashuvda maydonga tusha olmaganidan afsusda ekanligini va ular uzoq vaqt yutilmagan sovrinni qoʻlga kiritishganini aytdi[87]. Jarohati tufayli oʻynay olmagan yana bir futbolchi Oydin Yilmaz uchrashuv oxirida kubok uning uchun muhim ekanligini aytdi[88]. Galatasaroy prezidenti Ünal Aysal kubok chempionati gʻoliblariga oʻz minnatdorchiligini va tabriklarini bildirdi[89]. Klub kengashi aʼzosi va matbuot kotibi Shukrü Ergun, uzoq tanaffusdan soʻng Turkiya kubogida gʻalaba qozonganliklari muhim ahamiyatga ega ekanligini aytdi[90].
Eskişehirspor prezidenti Mesut Hoşcan klubning rasmiy saytida kubokni Eskişehirsporga olib kelishni juda istashlarini, ammo maydonda ustun oʻyin namoyish etishganiga qaramay, bunga erisha olmaganliklarini aytdi[91]. Galatasaroy Sport Klubi rasmiy veb-sayti orqali kubokni yutgan futbol jamoasi futbolchilari va texnik jamoasini tabrikladi[92]. Prezident Recep Tayyip Erdoğan Ünal Aysalga tabrik yoʻlladi[93]. Bosh vazir Abdullah Gül ham tabrik yoʻlladi[94]. Bundan tashqari, Jumhuriyat Xalq partiyasi prezidenti Kemal Kılıçdaroğlu[95], Turkiya Buyuk Millat Majlisi Spikeri Cemil Çiçek[96] va Yoshlar va sport vaziri Akif Çağatay Kılıç[97] Galatasaroy chempionligini nishonladilar. TFF prezidenti Yıldırım Demirören ikkala jamoani tabrikladi[98].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „İl ve İlçe Merkezlerinde 5 Günlük Taxmin“. Mgm.gov.tr. 2014-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-sentyabr.
- ↑ „Galatasaray-Eskişehirspor maçı bilet fiyatları belli oldu“. skorer.milliyet.com.tr. 2014-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-sentyabr.
- ↑ „Türkiye Kupası finallerinden çarpıcı notlar“. Ajansspor.com. 2014-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-sentyabr.
- ↑ „Galatasaray ile Eskişehir finalde ilk kez rakip“. bloomberght.com. 2014-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-sentyabr.
- ↑ „Finale nasıl geldiler?“. Ajansspor.com. 2014-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-sentyabr.
- ↑ 6,0 6,1 „Eskişehirspor - Galatasaray Takımları Aralarındaki Bütün Maçlar“ (deadlink). Mackolik.com. 16 haziran 2014da asl nusxadan arxivlangan. (Archive.is saytida 2014-06-16 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Galatasaray 3 - 0 Eskişehirspor“. Galatassaray.org. 8 şubat 2014da asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Kupada rakibimiz Çıksalınspor“. Anadolugazetesi.net. 22-sentabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-dekabr.
- ↑ „Es-Es yoluna devam ediyor“. Sabah. 2-may 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Galatasaray kabustan geç uyandı“. Sporx. 2-may 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Eskişehirspor-Belediye Vanspor: 4-1“. Skorer.milliyet.com.tr. 30-aprel 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-dekabr.
- ↑ „Galatasaray'dan Balıkesirspor'a 4-0'lık tarife“. Spor.internethaber.com. 30-aprel 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-dekabr.
- ↑ „Es-Es turladı“. NTVSpor.net. 30-aprel 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Aslan kazanmasını bildi!“. NTVSpor.net. 30-aprel 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Galatasaray, Antalyaspor ile 1-1 Berabere Kaldı“. Spor.haberler.com. 30-aprel 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-dekabr.
- ↑ „Aslan kupada kayıp: 1-0“. Fanatik.com.tr. 30-aprel 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-dekabr.
- ↑ „Galatasaray Elazığspor maçı özeti golleri izle 3-0 (GS Elazığ maç özeti)“. Haber.stargazete.com. 30 nisan 2014da asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Galatasaray Tokatspor'u 3-0 mağlup etti“. Spor.bugun.com.tr. 30 nisan 2014da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-dekabr.
- ↑ „Galatasaray 0 - 0 MP Antalyaspor“. Galatasaray.org. 2-martda asl nusxadan arxivlangan. (Wayback Machine saytida 2014-03-01 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Kupada kuralar çekildi“. NTVSpor.net. 30 nisan 2014da asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Eskişehirspor - Akhisar Belediyespor: 0-2“. skorer.milliyet.com.tr. 2014-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Ziraat Türkiye Kupası'nda Eskişehirspor Sivasspor'u yendi“. spor.bugun.com.tr. 2014-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-dekabr.
- ↑ „Bursaspor 4-1 Eskişehirspor“. stargundem.com. 2014-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-dekabr.
- ↑ „Ziraat Türkiye Kupası: Eskişehirspor - Bursaspor: 1-0“. Cnnturk.com. 2014-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Akhisar fırsat tepti“. Sabah.com.tr. 2014-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-dekabr.
- ↑ „Eskişehirspor 1-0 Sivasspor / Eskişehir Bienvenu ile turladı“. tr.eurosport.com. 2014-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Galatasaray 2 - 2 Bursaspor“. Hurriyet.com.tr. 2014-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Bursaspor: 2 - Galatasaray: 5“. Zaman.com.tr. 2014-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Eskişehirspor - Medical Park Antalyaspor: 0-1“. Cnnturk.com. 2014-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Eskişehirspor finalde“. Fotomac.com.tr. 2014-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-dekabr.
- ↑ 31,0 31,1 31,2 „Ziraat Türkiye Kupası Finali'ni Hüseyin Göçek yönetecek“. Tff.org. 2014-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „ZİRAAT TÜRKİYE KUPASI FİNAL MAÇI ŞANLIURFA’DA“. milliyet.com.tr. 29 nisan 2014da asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Final için stat incelendi“. Amkspor.com. 30 nisan 2014da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-dekabr.
- ↑ „Es Es'in istediği oldu“. Fanatik.com.tr. 2014-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-dekabr.
- ↑ „Ziraat Türkiye Kupası Finali Konya'da oynanacak“. 29 nisan 2014da asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Final ilk kez Konya'da oynandı!“. Sporx. 2014-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Kupa finali Konya'da“. Fanatik.com.tr. 30 nisan 2014da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-dekabr.
- ↑ 38,0 38,1 „Ziraat Türkiye Kupası Finali Organizasyon Toplantısı yapıldı“. tff.org. 22 nisan 2014da asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „İnternet üzerinden ZTK Finali bilet satışı sona erdi“. tff.org. 29 nisan 2014da asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Ziraat Türkiye Kupası Finali bilet satışı sona erdi“. tff.org. 2014-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Ziraat Türkiye Kupası Finali'ne 550 bilet“. tff.org. 2014-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „ZTK Finali'nde engelli vatandaşlarımız ve gazilerimizin biletleri“. tff.org. 2014-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Türkiye Kupası tarihinde bir ilk“. Yenisafak.com.tr. 2014-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Eskişehirspor, Konya'ya gitti“. Posta.com.tr. 2014-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-dekabr.
- ↑ „Galatasaray tam kadro gitti..“. Ajansspor.com. 2014-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Ziraat Türkiye Kupası Finali öncesi basın toplantısı düzenlendi“. Tff.org. 2014-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Sağlam'dan Mancini'ye büyük jest!“. NTVSpor.net. 2014-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Mancini jeste, jest ile cevap verdi!..“. Sporx. 2014-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „İşte final formaları“. AMK. Amkspor.com. 2014-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-dekabr.
- ↑ „G.Saray'ın kupa kafilesi belli oldu! Sürpriz...“. Sporx. 2014-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 51,0 51,1 51,2 „Ziraat Türkiye Kupası'nda şampiyon Galatasaray, Eskişehirspor 0-1 Galatasaray“. Tff.org. 2014-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „G.Saray'da penaltı isyanı! Hem de 2 kez...“. Sporx. 2014-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „9 yıl sonra Türkiye Kupası G.Saray'ın“. Gercekgundem.com. 2014-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Finale meşale damgası! Dakika 34'te...“. Sporx. 2014-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Ve Türkiye Ziraat Kupası Galatasaray'ın oldu“. Turkiyegazetesi.com.tr. 2014-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „MAYIS ÇİLEĞİ“. Milliyet.com.tr. 2014-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 57,0 57,1 „Kupa Aslan'ı“. Yenisafak.com.tr. 2014-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 58,0 58,1 „Eskişehirspor 0-1 Galatasaray“. Mackolik.com. 2014-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-sentyabr.
- ↑ 59,0 59,1 „Türkiye Kupası finalinin en iyisi o!“. 2014-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 12-sentyabr.
- ↑ „Eskişehirspor 0 - 1 Galatasaray İstatistik“. Sporx. 2014-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Çizme de Galatasaray'ı alkışladı“. Posta. Posta.com.tr. 2014-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. (Wayback Machine saytida 2014-05-08 sanasida arxivlangan)
- ↑ „8-may 2014 - Gazete Manşetleri“. Ajansspor. 2014-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Türkiye Kupası Galatasaray'ın“. A Haber. Ahaber.com.tr. 2014-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Sağlam: "Talihsizlik..."“. Sporx. 2014-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Mancini'den yine TFF tepkisi!..“. Sporx. 2014-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Sneijder: "Golü kimin attığı..."“. Sporx. 2014-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Sabri, kupayı o 2 isme armağan etti!..“. Sporx. 2014-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Selçuk İnan: "Kupayı taraftara..."“. Sporx. 2014-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Galatasaray'a coşkulu karşılama“. Eurosport. Tr.eurosport.com. 2014-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Mancini'den büyük başarı! Tüm takımlarda...“. Sporx. 2014-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Galatasaray'ın kupa alışkanlığı hayli şaşırtıcı“. Samanyoluhaber.com. 2014-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Galatasaray kupayı aldı ama zararda“. Haber7.com. Spor.haber7.com. 2014-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „500 bin $ prim“. Sabah.com.tr. 2014-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Mancini tek maçla cebini doldurdu“. Haber7.com. Spor.haber7.com. 2014-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „3. hüsran!“. Fanatik.com.tr. 2014-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. (Wayback Machine saytida 2014-05-08 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Eskişehirspor'a Avrupa tesellisi“. Fotomac.com.tr. 2014-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Galatasaray - Eskişehirspor Z.Türkiye Kupası Finali Lig TV Maç Raporu“. Lig TV. Ligtv.com.tr. 2014-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. (Wayback Machine saytida 2014-05-08 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Final 20.00'de ATV'de“. Fotomac.com.tr. 30 nisan 2014da asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Galatasaray - Eskişehirspor maçı atv'yi zirveye taşıdı!“. Star. 17 haziran 2014da asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Türkiye Kupası finaline Almanya'dan dev konuk!..“. Yenisafak.com.tr. 2014-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Bakan Kılıç da Konya'ya gitti“. Sporx. 2014-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Demirören, Türkiye Kupası final maçında!“. Sporx. 2014-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „9 yıllık özlem sona erdi“. Haberturk.com. Spor.haberturk.com. 2014-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Drogba, Konya'da tribünde olacak“. Sabah. Sabah.com.tr. 2014-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Ziraat Türkiye Kupası'nda ağır bilanço! 8 yaralı...“. Sporx. 2014-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Mancini'den yine TFF tepkisi!..“. Sporx. 2018-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-dekabr.
- ↑ „Drogba: "Oynamamak benim için..."“. 2014-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Aydın Yılmaz: "Final öncesinde..."“. Sporx. 2014-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „106 kişilik dev çıkarma“. Fanatik. Fanatik.com.tr. 2014-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Şükrü Ergün'den Melo'ya destek“. Akşam. Aksam.com.tr. 2014-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Mesut Hoşcan: Mücadele ettik ancak olmadı“. Sporx. 2014-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. (Wayback Machine saytida 2014-05-12 sanasida arxivlangan)
- ↑ „G.Saray şampiyonluğu kutladı!..“. Sporx. 2014-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Başbakan'dan Galatasaray'a kutlama“. Sporx. 2014-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Cumhurbaşkanı'ndan Galatasaray'a kutlama“. Sporx. 2014-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ , arxivsana= parametri ham koʻrsatilishi zarur. „Kılıçdaroğlu'ndan Galatasaray'a kutlama“. Sporx.
- ↑ „TBMM Başkanı'ndan Galatasaray'a kutlama“. Sporx. 2014-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Spor Bakanı'ndan G.Saray'a kutlama“. Sporx. 2014-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Türkiye Kupası'nda değişim sinyali!“. Sporx. 2014-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]